Mavzu: Ozuqa aralashmalari tayyorlashni mexanizatsiyalash. Reja


Turg‘un ozuqa tarqatgichlar


Download 1.76 Mb.
bet9/10
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1106228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3.-Ozuqa-aralashmalari-tayyorlashni-mexanizatsiyalash

Turg‘un ozuqa tarqatgichlar
  • Turg‘un ozuqa tarqatgichlar fermalarda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ayniqsa parrandachilikda bu turdagi ozuqa tarqatgichlar asosiy texnika vositasi hisoblanadi. Turg‘un ozuqa tarqatgichlar ishlatiladigan energiya vositasining turiga qarab mexanik, gidravlik, pnevmatik va gravitatsion ozuqa tarqatgichlarga bo‘linadi. Fermalarda asosan ayrim turdagi mexanik va gravitatsion ozuqa tarqatgichlar qo‘llaniladi.
  • Bu turdagi ozuqa tarqatgichlarga qirg‘ichli TVK-80A, TVK-80B va lentali KLK-75, KLO-75 transportyorli ozuqa tarqatgichlar kiradi. Turg‘un ozuqa tarqatgichlar elektr uzatmalari bilan jihozlangan bo‘lib, fermada ozuqa tarqatish jarayonini to‘la avtomatlashtirilgan holda boshqarish imkoniyatini yaratadi, nisbatan shovqinsiz ishlaydi va atrof muhitni ifloslantirmaydi. Bu rusumdagi ozuqa tarqatgichlar oziqlantirish oxurlariga o‘rnatiladi va ferma binolarida qo‘shimcha joy egallamaydi. Turg‘un ozuqa tarqatgichlar ozuqalarni qisqa vaqtda bir me’yorda, ancha aniqlik bilan tarqatadi. TVK-80A turg‘un ozuqa tarqatgichi (3.4.5a-rasm).
    • 3.4.5-rasm. TVK-80A, TVK-80B turg‘un ozuqa tarqatgichlarining texnologik sxemasi:
    • TVK-80A: 1-zanjirli uzatma; 2-harakat uzatish stansiyasi; 3-eletr dvigateli;
    • 4-qirg‘ichli transportyor; 5-oziqlantirish oxuri; 6-bunker.
    • Bu rusumdagi ozuqa tarqatgichi hayvonlar turadigan binolardagi oziqlantirish oxurining ichiga o‘rnatiladi va maydalangan dag‘al, shirali, konsentrlangan, aralashtirilgan ozuqalarni tarqatish uchun mo‘ljallangan. TVK-80A ozuqa tarqatgichi bunker, oziqlantirish oxuri, kurakli yopiq konturli zanjir, harakat uzatish va zanjirni taraglashtiruvchi mexanizmlardan iborat. Harakat uzatish mexanizmi elektr dvigateli, reduktor, zanjirli uzatmadan iborat bo‘lib, bunkerga qarama-qarshi tomonida maxsus ramaga o‘rnatiladi. Transportyor tezligi zanjirli uzatmadagi yulduzchalar orqali (0,11...0,44) m/s oralig‘ida rostlanadi. Transportyorning ishlash vaqti avtomatik ravishda boshqariladi. Qurilmaning texnik tavsifnomasi 3.4.3-jadvalda ko‘rsatilgan.

    • Download 1.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling