2. Ozuqa sexlari. Vitaminli ko‘kat uni va donador ozuqa tayyorlash qurilmalari. Ozuqani qayta tayyorlash sexlari Ozuqani qayta tayyorlash korxonalari chorvachilik fermalari uchun ishlatiladigan barcha turdagi ozuqalarga qayta ishlov berish va berilgan retsept asosida ozuqa aralashmalari tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bajariladigan ish hajmi, ixtisoslashganligi, texnik va texnologik jihatdan takomillashganligiga qarab ozuqani qayta tayyorlash korxonalari o‘z navbatida shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi: ozuqa tayyorlash bo‘limlari; ozuqa sexlari; ozuqa (omuxta em) korxonalari. Ozuqa tayyorlash bo‘limlari. Kichik hajmdagi chorvachilik fermalari tarkibida yoki ozuqa sexidan uzoqda joylashgan chorvachilik fermasining bo‘limlarida ozuqa tayyorlash bo‘limlari tashkil etiladi. Bu joyda ma’lum texnika vositalari yordamida ixchamlashtirilgan usulda ozuqaga qayta ishlov berish liniyalari tashkil etilib ozuqa aralashmalari tayyorlanadi, masalan, qo‘ychilik fermalarining otarlarida. Ozuqa sexlari. Bu turdagi ozuqa tayyorlash korxonalari chorvachilik fermalari va komplekslarining tarkibiy qismi bo‘lib, fermada ishlatiladigan barcha turdagi ozuqalarga qayta ishlov beradigan va turli xil ozuqa aralashmasi tayyorlaydigan texnik majmuadir. Ozuqa sexlari turli xil alomatlari bo‘yicha sinflanadi (2.3.2- jadval). - Ozuqa sexining sinflanishi
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | - Tayyorlanadigan ozuqa turi
| | | | - Briketli
- ozuqa
- tayyorlash
| | | | | | | | | | | | | - 2.2.15- rasm. Ozuqa sexining tarkibiy sxemasi.
- Ozuqa sexlarining tarkibiy qismlari o‘z navbatida dag‘al, shirali, ildizmevali, konsentrlangan ozuqalarni qayta ishlash liniyalari, ozuqalarga kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shish liniyasi, suv bug‘i bilan ta’minlash liniyasi, ozuqalarni aralashtirish va bug‘lash liniyasi, tayyor ozuqa aralashmalarini saqlash va tarqatish liniyalaridan iborat bo‘ladi. Bu texnologik liniyalar parallel holda mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
- Ozuqa aralashmasini bug‘lash va aralashtirish liniyasi ozuqa sexidagi asosiy markaziy yig‘uvchi liniya hisoblanadi (2.2.15-rasm).
- Kichik hajmli bir necha turdagi chorvachilik fermalari uchun mo‘ljallangan universal ozuqa sexining texnologik sxemasi (2.2.16-rasm) konsentrlangan, shirali va dag‘al ozuqalarni qayta ishlash liniyalarini o‘z ichiga oladi. Barcha liniyalarda qayta tayyorlangan ozuqalarni me’yorlash, bug‘lash va aralashtirish liniyasiga jo‘natadi. Bu liniyada tayyor bo‘lgan ozuqa aralashmasi ozuqalarni tarqatish vositalariga yuklab beriladi.
- Qoramolchilik va qo‘ychilik fermalarida nisbatan yangi namunaviy loyihalar asosida KORK-15, KSK-5, KSO-5 ozuqa sexlari ishlab chiqilgan. Bu ozuqa sexlari katta hajmli fermalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib sexdagi barcha jarayonlar to‘liq mexnizatsiyalashtirilgan.
- 2.2.16-rasm. Ozuqa sexining texnologik sxemasi:
- A,B,V,G,D-konsentrlangan, ko ‘k massa, ildizmevalar tayyorlash va ozuqa aralashmasini yuklash liniyalari; 1,4-
- ta ’minlagichlar; 2,6,7 -transportyorlar;
- 3-maydalagich; 5-; 8-ildizmevali ozuqalarni yuvib maydalagich; 9- bunker;
- 10-yuklagich shneki; 11-yuklagich.
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | - Elektr dvigateli quvvati kVt
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Do'stlaringiz bilan baham: |