Mavzu: pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari
Download 17.47 Kb.
|
Mavzu pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Page Maker dasturini ishga tushirish
- Dosument Setup
Maxsus simvollar
Ba`zi bir maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo`lmasa, siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to`plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klaviaturasini bosib turgan holda 0 raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali kiritiladi. Maxsus simvollarga savdo markazining belgisi, mualliflik huquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash belgisi, ochilgan va yopilgan qo`shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifbening o`ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar shu ishlatilayotgan matn muharririda bu belgilar bo`lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original-maketni tayyorlayotgan vaqtda Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin. Page Maker dasturini ishga tushirish Buning uchun WINDOWS tizimida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk bo`limiga bosaladi, dasturlar ro`yhatidan Adobe bo`limiga tegishli Page Maker nomini tanlanib sichqoncha chap knopkasini bitta bosiladi. Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) tavsiyanomasini ochib, undagi New (Новый - yangi) buyrug`ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot oynasi paydo bo`ladi. Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o`lchamining qiymatlari kiritiladi. Target Printer resolution (Разрещение – bosib chiqaruvchi qurilma klaviyatura) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o`rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, qiymati 2450 bo`lishi mumkin, agar lazerli printer bo`lsa, qiymati 300 yoki 600 bo`lishi mumkin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu ishni Dosument Setup (Параметры документа - hujjat parametrlari) muloqot oynasidagi Compose to printer (parametr uchun tayyorlash) ro`yxati yordamida bajararniz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer bo`lishi mumkin. Lekin ko`p hollarda yuqori sifatli surat teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi qurilmani oldindan aniqlash RM dasturi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida ma'lumot beradi. Agar qurilma turi davomida o`zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko`rinishi o`zgarib ketishi mumkin. Muloqot oynasida hamma parametrlarni o`rnatib bo`lgach OK klaviaturasida sichqoncha knopkasini bitta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko`rinishi paydo bo`ladi. Sahifaga kerakli ma`lumotlar yozilganidan so`ng, uni xotirada saqlash kerak. Buning uchun File tavsiyanomasining Save (Сохранить-saqlash) yoki Save as (Сохранить как…- qaysi ko`rinishda saqlash...) buyrug`ini tanlanadi. yoki Ctrl+S klaviaturalarini bosiladi. Yangi hujjatni saqlanmoqchi bo`linsa ekranda muloqot oynasi ochiladi. Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot oynasini yopish mumkin. Agar hujjatning muqobil (alternativ) variantini boshqa nom bilan saqlamoqchi bo`lsa, Save as (Сохранить как...-qaysi ko`rinishda saqlash...) buyrug`ini tanlash kerak. Download 17.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling