Mavzu: pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari


Download 398.91 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2020
Hajmi398.91 Kb.
#105617
  1   2
Bog'liq
7777Page Maker


Mavzu: PAGEMAKER DASTURI VA UNDA ISHLASH ASOSLARI

Page Maker dasturi uchun matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Matn muharrirlari matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun maxsus tuzilgan dasturdir. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda yozish qiyinchilik tug`diradi, yoki matnning bir qismini ramkaga olish yoki bo`lmasa ustunlar orasida vertikal chiziqlar chizish kabi ishlarni bajarisn mumkin emas. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlash uchun maxsus tuzilgandir. Bu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlarni qabul qilib, sahifaning yakuniy ko`rinishni tayyorlaydi. Matnni tahrir qilishda o`zingiz yaxshi bilgan ixtiyoriy matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Microsoft Windows ga tegishli Write dasturi matnni tahririash uchun juda qulaydir. Matnni tayyorlashda Word muharririning imkoniyati kengroqdir. Word muharriri Windows bilan ishlashga, ham Page Maker dasturi bilan ishlashga moslashtirilgandir

Kompyuter xotirasiga yozilgan matnni ko`zdan kechirib o`qib chiqish ko'p vaqt talab qilmaydi. Ko`pgina matn muharrirlari sintaksis xatolarni tekshitruvchi dasturlarni o`z ichiga oladi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga tuzatishdan oldin albatta uning xatolarini tekshirish lozimdir. Chunki, nashriyot dasturida tuzatilgan matnni qayta matn muharririga uzatish mumkin emas, Word matn muharririda turli shriftlardan foydalanish imkoniyati bor. Shuning uchun matnni tahrirlab bosib chiqarishda shu matn muharrirlaridan foydalanish mumkin.

Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o`ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin quyidagilami qabul qiladi:



  • shriftlar (garnitura va kegl), interlinyaj, bosh harf va kichik harflar. qo`shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi;

  • matn muharririda o`rnatilgan chap chegara o`zgarishsiz qoladi. Page Maker matn satrini ustun kengligida ajratadi;

  • matnning chap va o`ng chegaralari Page Maker dasturi o`rnatgan
    ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Misol uchun, matnli faylda chap
    chegara 1 duym qilib berilgan bo`lsa, u holda Page Maker matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidan 1 duym joy qoldiradi;

  • Enter yoki Return klavishalari paragraming oxiri deb qabul qilinadi;

  • tabulatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi. Page Maker da ustunning l ta satridagi tabulatsiya simvollarining soni 20 tadan oshmasligi kerak. Har bir qatorning oxiri karetkani qayrish simvoli bilan belgilanadi.

Siz ishlatgan shrift o`rnatilgan printerda bo`lmagan taqdirda Page Maker dasturi o`sha shriftni eslab qoladi. Matnni bosib chiqarishda o`sha shriftga ko`rilishi yaqin bo`lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printemi almashtirib kerakli shrift bilan matnni bosib chiqarish mumkin.

Page Maker 2 Mbaytgacha bo`lgan matnii fayllarni qabul qiladi, lekin vaqtdan yutish maqsadida katta hajmli fayllarni hajmi 64 Kbaytgacha bo`lgan bir nechta fayllarga bo`lish tavsiya qilinadi. Windows muhitidagi Clipboard sohasi 64 Kbaytgacha bo`lgan fayllar bilan ishlashga mo`ljallangandir. Matnlarni ko`pincha Page Maker dasturining o`zida formatlash qulay hisoblanadi.



Maxsus simvollar

Ba`zi bir maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo`lmasa, siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to`plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klaviaturasini bosib turgan holda 0 raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali kiritiladi. Maxsus simvollarga savdo markazining belgisi, mualliflik huquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash belgisi, ochilgan va yopilgan qo`shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifbening o`ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar shu ishlatilayotgan matn muharririda bu belgilar bo`lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original-maketni tayyorlayotgan vaqtda Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin.



  1. Page Maker dasturini ishga tushirish

Buning uchun WINDOWS tizimida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk bo`limiga bosaladi, dasturlar ro`yhatidan Adobe bo`limiga tegishli Page Maker nomini tanlanib sichqoncha chap knopkasini bitta bosiladi.

Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) tavsiyanomasini ochib, undagi New (Новый - yangi) buyrug`ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot oynasi paydo bo`ladi.



Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o`lchamining qiymatlari kiritiladi. Target Printer resolution (Разрещение – bosib chiqaruvchi qurilma klaviyatura) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o`rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, qiymati 2450 bo`lishi mumkin, agar lazerli printer bo`lsa, qiymati 300 yoki 600 bo`lishi mumkin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu ishni Dosument Setup (Параметры документа - hujjat parametrlari) muloqot oynasidagi Compose to printer (parametr uchun tayyorlash) ro`yxati yordamida bajararniz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer bo`lishi mumkin. Lekin ko`p hollarda yuqori sifatli surat teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi qurilmani oldindan aniqlash RM dasturi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida ma'lumot beradi. Agar qurilma turi davomida o`zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko`rinishi o`zgarib ketishi mumkin. Muloqot oynasida hamma parametrlarni o`rnatib bo`lgach OK klaviaturasida sichqoncha knopkasini bitta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko`rinishi paydo bo`ladi.

Sahifaga kerakli ma`lumotlar yozilganidan so`ng, uni xotirada saqlash kerak. Buning uchun File tavsiyanomasining Save (Сохранить-saqlash) yoki Save as (Сохранить как…- qaysi ko`rinishda saqlash...) buyrug`ini tanlanadi. yoki Ctrl+S klaviaturalarini bosiladi. Yangi hujjatni saqlanmoqchi bo`linsa ekranda muloqot oynasi ochiladi. Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot oynasini yopish mumkin. Agar hujjatning muqobil (alternativ) variantini boshqa nom bilan saqlamoqchi bo`lsa, Save as (Сохранить как...-qaysi ko`rinishda saqlash...) buyrug`ini tanlash kerak.



  1. Xotiradagi hujjatni o`qish

Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun File tavsiyanomasining Open (Открыть-ochish) buyrug`idan foydalanamiz. (файл-fayl) tavsiyanomasining Recent Publications (последные публикации - oxirgi nashrlar) buyrug`i yordamida xotiradagi oxirgi va nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan ishlashni tugatgandan so`ng uni yopish uchun File tavsiyanomasining Close (закрыть-yopish) buyrug`idan foydalanamiz.

Hujjat bo`ylab surilish

Page Maker dasturida hujjat sahifalari bo`ylab surilishning uch xil usuli bor. Kerakli sahifa raqamini ko`rsatib o`tish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug'idan foydalanamiz. Ekranda paydo bo`lgan muloqot oynasida kerakli sahifa raqami kiritiladi. Shablon-sahifaga o`tish uchun esa Layout (Maket) tavsiyanomasining Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug`ini tanlash yoki Ctrl-klavishlarini bosish mumkin. Hujjat sahifalarini ketma-ket ko`rish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug`ini tanlash vaqtida Shift klaviaturasini bosib turish kerak. Page Maker ketma-ket 1-sahifadan boshlab hujjat sahifalarini ko`rsata boshlaydi. Ko`rsatishni to`xtatish uchun sichqoncha knopkasini bosish kifoya.



Hujjat sahifalarini bildiruvchi piktogrammalar.
Keyingi sahifaga o`tishning eng sodda usuli F12 klaviaturasini bosishdir. F12 bosilsa, bitta avvalgi sahifaga qaytamiz. Agar siz ko`proq sichqonchani ishlatishni ma`qul ko`rsangiz, hujjat sahifalari bo`ylab surilishning yana bir usuli bor. Hujjat oynasining chap tomondagi quyi burchagida sahifa ko`rinishidagi piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. o`ngroqdagi piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi.

Sahifani akslantirish ko`rinishini o`zgartirish

Kompyuter ekranida sahifa ko`rinishini kattalashtirish uchun tavsiyanoma buyruqlaridan, klaviaturadan va sichqonchadan foydalanish mumkin.



  1. Yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinata chizg`ichlarini akslantirish

Buning uchun Layout (Maket) tavsiyanomasining Guides and Rulers (Направляющие и Линейка - yo`naltiruvchi chiziqlar va chizg`ich) buyrug`ini tanlash kerak. Chizg`ichdagi birliklar tizimini File (Fayl) tavsiyanomasidagi Preferences (Установки) buyrug`i yordamida o`rnatish mumkin.

Shablon-sahifalar

Page Maker o`z ichida bir nechta shablon-sahifalardan foydalanadi. Shablon-sahifalarda hujjatning hamma sahifalari uchun umumiy bo`lgan elementlai oldindan o`rnatilgan bo`ladi. Shablon-sahifaga o`tish uchun quyi chap burchakdagi shablon-sahifa piktogrammasida sichqoncha knopkasini bosish kerak.



Tavsiyanomaning Layout (Maket) bo`limidagi View (Ko`rinish) punktining ost tavsiyanomasini ochamiz va kerakli o`lchovni tanlanadi. Agar tanlash vaqtida Alt klaviaturasini bosib turiisa, tanlangan ko`rinish o`lchovi hujjatning hamma sahifalari uchun o`rinli bo`ladi. Ko`rinishni o`zgartirishning eng qulay usullaridan biri sichqoncha yordamida o`zgartirishdir. Sichqoncha o`ng knopkasi bir marta bosilsa, sahifa tabiiy ko`rinishda (100%) akslanadi (v naturalnuyu velichinu). Agar Shift bilan birga o`ng klaviatura bosiisa, 200% li akslantirish o`rnatiladi. Agar ekranda kattaiashtirilgan holat o`rnatilgan bo`lsa. o`ng klaviaturani bosib Fil in Window (To`liq sahifa) holatiga o`tiladi. Agar Ctrl+bo`sh joy klaviaturalari birgalikda bosilsa, sichqoncha ko`rsatkichi o`rta-sida «+» belgili lupa ko`rinishini oladi. Lupali ko`rsatkich bilan sichqoncha knopkasi har gal bosilganda akslantirish ko`rinishi kattalashaveradi. Kichiklashtirib ko`rsatish uchun esa Alt+Ctrl+bo`sh joy klavishlari birgalikda bosiladi. Bu holda sichqoncha ko`rsatkichi «-» belgili lupa ko`rinishiga o`tadi.

Download 398.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling