Mavzu: paradont kasalliklar tasnifini bolalarda tekshirish usullari
Download 480.65 Kb.
|
PARADONTzzzz
- Bu sahifa navigatsiya:
- «parodont»
Trimekain (mezokain) — kuchli og‘riqsizlantiruvchi vosita hisoblanib, uning novokainga nisbatan 2 marotaba tezroq ta’sir etishi, og‘riqsizlantiruvchi kuchi esa 2—2,5 marotaba ortiqligi aniqlangan. Og‘riqsizlantirish vaqti novokainga nisbatan 3 marotaba ko‘pdir. Bulardan tashqari trimekain moddasining bolaning ruhiy holatini barqarorlashtirish (sedativ) ta’siri ham e’tiborga loyiqdir.
2.PARADONT KASALLIGI TUSHUNCHASI Ushbu patologiya bolalarda salmog‘i jihatdan kariyesdan keyin o‘rin olgan stomatologik kasallik hisoblanadi. «Parodont» so‘zining lug‘aviy manosi «раго» — atrof, «dont» — tish m a’nosini, ya’ni tish atrofi m a’nosini anglatadi. Shunga muvofiq tish atrofini o‘rab turuvchi to‘qimalar, ya’ni milk, alveolyar suyak, tish sementi va periodontal tolalami uyg‘unlashtirgan holda «parodont» deb ataladi. Mazkur to‘qimalaming yallig‘lanishi esa parodontit deb atalali. 3.PARADONT BOLALARDA. Bolalarda ko‘pincha milk to‘qimasining shamollashi — gingivitni kuzatishimiz mumkin. Milklaming, ayniqsa tishlarni o‘rab turuvchi qirg‘oqlari (marginal), tishlar orasida joylashgan so‘rg‘ichsimon qismlari (papilla) ko‘proq yallig‘lanadi. Tishlar yorib chiqayotgan vaqtida ham milk to‘qimasida vaqtinchalik giperemiya holatini kuzatishimiz mumkin. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, og‘iz bo‘shlig‘i shaxsiy gigiyenasiga befarqbolalaming 80—85 % ida marginal gingivit va papillit holatlari hukm surar ekan Gingivit kasalligi o ‘z holicha kechuvchi bo‘lishidan tashqari oshqozon-ichak kasalliklari, yurak-qon-tomir kasalliklari, diabet, qon kasalliklari yoki boshqa sistemali kasalliklaming simptomi sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Paradontitning ikkinchi turi, bu birinchisiga nisbatan chuqur klinik ko‘rinish hosil qiladi, bunda jarayon suyak to‘qimasigacha yetib boradi. Bu holatda biz tishlar bo‘yin qismini milklardan tamoman ajragan, ya’ni tish — milk cho‘ntakchalarini ancha chuqurlashib barayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zan ushbu cho'ntakchalardan yiring ajrab chiqadi. Tishlar qimirlay boshlaydi. Milk esa ozgina mexanik ta’sirga ham tez qonaydigan bo‘lib qoladi Bunday bolalar og‘zidan qo‘lansa hid kelib turishi mumkin. Agarda, ushbu bolalarda tish-jag‘ anomaliyasi yoki deformatsiyasi mavjud bo‘Isa, yuqoridagi klinik manzara yanada chuqurroq tus olislii mumkin. Og‘iz shilliq qavatidagi ayrim anatomik nuqsonlar (milk yuganchalari yoki til osti yuganchasining kaltaligi, og‘iz dahlizi tubining sayozligi) ham parodontit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin . Download 480.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling