Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Pasterellyoz kasalligining profilaktikasi va qarshi kurash choratadbirlari


Download 327.01 Kb.
bet12/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
587f232e55f7d

1.4. Pasterellyoz kasalligining profilaktikasi va qarshi kurash choratadbirlari
Parrandachilik xo’jaliklarida pasterellyoz kasalligi chiqsa, cheklash o’rnatiladi. Kasal va gumon qilinganlar o’ldiriladi, gavdalari kuydiriladi. Ayrim vaqtda nosog’lom tovuqxonalardagi hamma tovuqlar o’ldiriladi. Tuxumlar formaldegit bug’uda dezinfeksiya qilinadi. Zararlanishga gumon qilingan parrandalar izolyatsiya qilinadi va emlanadi. Kasallik keng tarqalganda, emlashdan oldin shoshilinch profilaktika o’tkaziladi. Sog’lom parrandalar guruhiga antibiotiklar va sulfanilamidlar beriladi. Barcha kasal parrandalar olingach, binolar tozalanib, dezinfeksiya, deratizatsiya va yakunlovchi dezinfeksiya o’tkazilib, uning sifati bakteriologik tekshirilgach cheklash olinadi.
Qarshi kurash choralari:
Pasterellyoz kasalligiga qarshi kurash umumiy kompleks va maxsus qo’riqlovchi, tashkiliy xo’jalik va veterinariya - sanitariya tadbirlarini o’z ichiga oladi. Tovuq fermalarga kasallik qo’zg’atuvchi infeksiyani olib kirmaslik uchun qo’riqlash bo’yicha umumiy tadbirlar:
Ogohlantirish maqsadida yani o’latni tovuq fermalar maydoniga olib kirishdan va ularning ba’zi bir xonalariga olib kirishdan saqlangan holda veterinariya – sanitariya norma talablarini bajarmoqlik. (^-1982, I –bo’lim, II – bo’lim).
Kasallikka kurashish uchun eng ko’p qo’llaniladigan tadbirlarga etibor berish kerak:

  • asosiy etiborni kemiruvchilar guruhiga kiruvchi sichqon va kalamushlarga berish kerak. Ular kasallikni qo’zg’atuvchi asosiy omillardir. Sichqon va kalamushlar qishda tovuq fermalarda o’rnashib olishadi.

  • burgalar va qurt – qumirsqalar (pashsha, mushuk bitlari va kuyalar). Har doim dezinfeksiya qilib turish talab etiladi.

  • yovvoyi parrandalardan saqlanish kerak. Mana shularni oldini olish uchun fermalarda tadbirlar tuzilishi shart.

Ishlab - chiqarish xonalarida itlarni, mushuklarni va dekorotiv parrandalarni saqlash taqiqlanadi.
Inkubatordan chiqqan axlatlarni, o’lgan parranda, tovuq murdalarni to’plash va transportirovka qilish faqat yopiq omborxonalarda bajarilishi kerak. Ochiq joyda bu ishlarni bajarish qatiyan man etiladi.
Ichak tayoqchalariga qarshi barcha xonalar, uskunalar, taralar, transportlarni dezinfeksiya qilishni nazorat qilish.
Kasal parrandalarni har bir parranda saqlanadigan xonalarda ajratmoq talab etiladi. O’lgan parranda murdalari kuniga 2 marta chiqarib tashlanadi. Inkubatsiya
uchun sog’lom xo’jalikdan olingan va dezinfeksiyalangan tuxumlardan foydalaniladi.
Tovuq fermalarda kasallikka qarshi kurash tadbirlarini tuzish.
Fermada o’lat tarqatishini bilgandan darrov tadbirga asosan tezlikda kasal parrandalar o’ldiriladi va go’sht – suyak uni tayorlash uchun ishlatiladi qaytadan ishlov beriladi. Agar pasterellyoz bilan faqat bir xonada kasallik tarqalgan bo’lsa, shu xonadagi barcha tovuqlarni yo’q qilish tavsiya etiladi.
Kasallangan barcha parrandalarni ferma ichida olib yurish qatiyan man etiladi.
Keskin taqiqlangan davrda, eng asosiysi sanitariya – gigiena, veterinar – sanitariya va dezinfeksiya tadbirlarini fermadagi barcha parrandalar saqlanadigan xona kataklarni, inkubatorlarni, emish saqlaydigan joylarda bajarish lozimdir.
Qayta ishlash va go’shtli suyak unini ishlab chiqarishda barcha laboratoriya ishlari bajariladi va bu maxsulotlar tashqariga chiqarmasdan ferma ichida tovuqlar emiga qo’shilib beriladi.
Medikamektozli (dori – darmonli) terapiya:
Kasal tarqalgan xonadagi sog’lom tovuqlar, parrandalarga sulfanilamidli darmon (sulfademezin, norsulfazol natriy) yoki antibiotiklar beriladi.

  • Sulfademizin qo’shilmasi kuniga 1-2 marta yemlarga qo’shiladi. Bu terapiya 3-5 kun davom etiladi. 0,1 g katta parrandalar va o’rdak uchun, kurka va g’ozlarga 0,2 g miqdorda beriladi.

  • Norsulfazol natriy suvli qo’shilma qilib, yemga qo’shilib beriladi. Tovuqlarga 0,5 g, kurkalarga 1 g bir marta qabul qilishga kuniga 2-marta, 2-3 kun davomida.

  • Spofadezin yemga qo’shilgan holda birinchi 2 kun 50 mg da 1 kg lik tana og’irligi uchun, 3-4 kunlar – 25 mg dan 1 martadan beriladi.

  • Antibiotiklardan tetratsiklin va levometsin juda terapevt darmon hisoblanadi.


Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling