Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish
Download 327.01 Kb.
|
587f232e55f7d
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnoz va differensial diagnoz Bakteriologik diagnostika
Patologoanatomik o’zgarishlar. Parrandalarda pasterellyoz holati asosan sepsis tarzida; yani terilarda, teri osti klechatkalarida, ichki yuza yog’larida nuqtali qon quyilish tarizida kechadi. Asosan yurak atrofida uchraydi. Doimiy belgilari serozli perikardit, kataral – gemorragik duadenit va jigarning ba’zi bog’lamlarining shikastlanishi. Kurkalarda asosiy belgilari bir yoki ikkitaraflama pnevmoniya
(o’pka taranglashadi, to’q jigar ranga kiradi), jo’jalarda esa birinchi kun hayotida – o’tkir kataral pnevmoniya tarzida o’tadi. Yarim o’tkir pasterellyozda fabrinozli perikardit va perigepatit tarzida o’tadi. Surunkali pasterellyozda tovuqlarda sirg’alarining o’zgarishini, parrandalarning charchoqligi va tuxumdonlarning shamollashi tarzida o’tadi. Diagnoz va differensial diagnoz Bakteriologik diagnostika: qon va ichki organlarning surtmalarni mikroskopda ko’rish. Pasteurella multocidakulturasini ajralishi. v) Kulturani identifikasiyalash g) Kulturani virulentligini aniqlash. Kulturani laboratoriyaga tushgan patologik materiallardan ekishga tayorgarlik ko’riladi. Parenximatoz organlardan mazok – izlar, suspenziya va yurak qonidan mazok tayorlanadi. Tayorlangan mazoklar Leffler ko’k rangi bilan bo’yaladi. So’ngra mikroskop ostida ko’rilganda pasterellyoz alomatlari ko’rinadi, yani biqutb- tayoqchalarning aylana hosil qilgan shakllari. Qo’zg’atuvchilarni ajratish va identifikasiya qilish uchun ekish usuli qo’llaniladi. Ekish usuli ichki organlar hisoblangan – qon, jigar va o’pkalar juda oddiy hisoblangan go’sht – pepton suyuqligi (GPS) yoki go’sht pepton quyuqligiga (GPQ) 5-10% aminopeptid -2 qo’shilmasi yoki ot, qora-mollarning zardoblari qo’shilib ekiladi. Yana go’sht – pepton qo’shilmasiga 20% li tuxum sarig’idan tayorlangan qo’shilmada ham ekiladi. (Yani 1 ta tuxum sarig’i 200 ml li fiziologik eritmaga rastvorga qo’shiladi). Ekilgan qo’zg’atuvchilar termostatda +37OC, +38O C 18-24 soat davomida paydo bo’la boshlaydi. Virulentli pasterellar biologik namunalarda yani jo’jalarda, tovuq va oq sichqonlarda aniqlanadi. 90-120 kunli jo’ja va tovuqlarning bug’un ichiga 18-24 soat davomida 0,5 ml li GPS jo’natiladi va pasterellyoz yuqtiriladi. 18 – 72 soat ichida ular o’limi kutiladi. So’ngra ularning barcha organlari, yani yuragi, jigari kul – oq rang to’qimalar hosil qilingani ko’rinadi. Serozli perikardit, kataral – gemorragik duodenit paydo bo’ladi. Oq sichqonlarning teri ostiga 0,2 ml li pasterella suyuqligi yuboriladi. Oq sichqonlarga pasterell GPS yuqtirilgandan keyin 18-72 soat davomida o’lish holati kechadi. O’lgan parrandalar va sichqonlardan olingan patologik materiallardan toyingan qo’shilmalar yoki toza pasterell biologik namunasi musbat hisoblanadi. Katta miqdorda qo’llaniladigan antibiotik xo’jaliklarda, pasterellyoz bilan kasallangan parrandalarga kuchsiz virulentli pasterella kulturasi qo’llashadi. Virulentlikni aniqlash uchun 1-2 kunlik jo’jalarni intraorbital yo’li orqali kasallik yuqtiriladi yoki 90-120 kunlik katta tovuqlarga intravenoz orqali kasallik yuqtiriladi. Yuqtirish uchun 18-24 soatlik pasterella kulturasi qo’llaniladi. Intraorbital yo’li orqali yuqtirishda 0,1 ml li pasterella kulturasi parrandalarning ko’ziga yuboriladi. Chap qo’lning ko’rsatkich barmog’i bilan boshi fiksatsiya, oyog’i kaft bilan ushlab turiladi. So’ngra kasallangan jo’jalar 5 kun nazorat ostiga olinadi. O’lgan jo’jalarda jigar anemiyasi, o’pka shishadi, pnevmoniya jigarga qon qotishi kuzatiladi. Qon tomiri orqali yuborilgan pasterella kulturasi miqdori 1 ml tashkil etadi. Har bir kultura bilan 2-3 tovuq va jo’jalarga yuqtiriladi. Kasallik 3 kun davomida rivojlanadi va 7-10 kungacha davom etadi. O’lgan parrandalarda patologoanatomik o’zgarishlar kuzatiladi. Ular asosan o’tkir pasterellyozga tegishli qo’zg’atuvchidir. Download 327.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling