Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish
Pasterellyozning klinik belgilari, patanatomiyasi, diagnozi va differensial diagnostikasi
Download 327.01 Kb.
|
587f232e55f7d
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pasteurella multocida
- Yarim o’tkir va surunkali holatda
- Pasterellyoz surunkali kechganda
- Davriy – doimiy holatda
1.3. Pasterellyozning klinik belgilari, patanatomiyasi, diagnozi va differensial diagnostikasi
Pasterellyozning klinik belgilari, patanatomiyasi, diagnozi va differensial diagnostikasi masalalarini o’rganish bo’yicha E.L.Biberstien (1978), F.I. Ibadullaev., A.Abdusattarov., B.Kuliyev (1989), J.M.Parmanov (1996), J.M. Parmanov, B.A. Elmuradov (1996), B.A. Elmuradov, J.M. Parmanov, M. Maxmatkulov (1999), B.A. Elmuradov (2002), S.I.Djupina (2001) kabi tadqiqotchi olimlar ma’lumotlar berishgan. Pasterellyozning inkubatsion davri bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Barcha hayvonlarda va parrandalarda pasterellyoz o’ta o’tkir, o’tkir, yarim o’tkir va surunkali kechadi. Pasteurella multocida ning virulentligiga qarab, parrandalarning pasterellyozi inkubasiya davri bir necha soatdan 2-4 kungacha davom etadi. Parrandalar pastellyozning o’tkir holati klinik belgisi emdan qolishligi, diareya, tojlari va sirg’alarning ko’karishligi, xirillash va burun bo’shlig’idan suyuqlik oqishi qiyinlashadi. Umumiy charchoqlik kuchayadi va natijada parrandalar nabud bo’ladilar. Kasallikni klinik davri 18-72 soat davom etadi. Yarim o’tkir va surunkali holatda kechgandaham kasallik xuddi o’tkir holatdagidek kechadi yu, ammo klinik davr ancha cho’zilishi mumkin. Asta – sekin kamqonlik rivojlanadi, oriqlab, bug’unlari yallig’lanadi. Ayrim parrandalarda tojlari shishib qattiq bo’lib qoladi. Tojlari zararlanganda umumiy holati buzilmaydi. Pasterellyoz surunkali kechganda pnevmoniya, kuchsiz oriqlash, ayrim vaqtda bo’g’unlarda shish belgilari namoyon bo’ladi. Rinit, sunusit va burun teshigi atrofi va ko’zda ekssudat to’planish belgilari namoyon bo’ladi. Virulentlik (o’limlik holati ) ancha pasayadi. Davriy – doimiy holatda parrandalarda asosan xirillash, sirg’asining tolalari, tumshuq atroflarining shamollashi va bo’g’inlarining artriti kuzatiladi. Bu holatda diagnostika qilish ancha qiyinroq kechadi. Kasallik 5-8 chi kuni o’lim bilan tugaydi. Kasallik o’ta o’tkir kechganda odatda epizootiya kuzatiladi. Parrandalar birdan yiqiladi va qanotlarini bir necha marotaba qoqib, klinik belgilarsiz o’ladi. Kasallik ko’pincha o’tkir kechadi. Parrandalarda xolsiz, qanotlari osilgan holda o’tiradi, boshi qanoti ostiga olinadi. Burun teshiklaridan va tumshug’idan ko’pikli shilliq suyuqlik oqadi. Keyin kuchli ich ketish kuzatilib, ayrim vaqtda qon aralash bo’ladi. Tojlari ko’karib qoladi. Parrandalar qaltirashdan yoki uyquchanlikdan o’ladi. Qo’ylarda kasallik o’tkir kechganda, tana harorati 410 va undan yuqori bo’ladi. Tanasining oldingi qismi teri osti kletchatkasida shishlar rivojlanadi. Ko’pincha o’pkada fibrinoz plevropnevmoniya paydo bo’ladi. Kasallik 1-5 kun davom etib, odatda o’lim bilan tugaydi. Kasallikning surunkali kechishi fibrinoz plevropnevmoniya belgilarining yanada ko’proq namoyon qiladi. Kasal qo’ylar yo’taladi, nafas olishi qiyinlashadi, burnidan shilimshiq yiringli ajratma oqib, hayvon ozib, oriqlab ketadi I. G’aniyev B.A., Elmuradov (2008). A.Sitdikov., I.D.Burluskiy (1990), yosh hayvonlarda pasterellyozning o’ta o’tkir, o’tkir, yarim o’tkir va surunkali o’tishini klinik belgilari bilan yoritib bergan. Kasallik o’ta o’tkir kechganda hayvon tana haroratsi 40-420 ga ko’tariladi, yurak faoliyati buzilib, og’ir xastalanadi, qonli ich ketish paydo bo’ladi. Kasal hayvon bir necha soatdan keyin yurak xastaligi va o’pkaning shishidan o’ladi. O’tkir kechganda esa kasallik 2-3 kun davom etadi. Xolsizlanish, tana haroratsining 41-420gacha ko’tarilishi kuzatiladi. Bosh, bo’yin, hiqildoq, til, to’sh, oyoqlari teri osti kletchatkasida shishlar rivojlanadi, yarim o’tkir va surunkali kechganida kasallik yanada og’irlashib, o’pka kasalliklari, enterit belgilarini namoyon qiladi. Kaxeksiya va bo’g’inlarning shishishi kuzatiladi. V.P.Urban, I.L.Naymanov (1984), larning ishlarida har xil turdagi yosh hayvonlarda pasterellyozning kechishida ba’zi bir xususiyatlari bo’lishi haqida ma’lumotlar berilgan. Yosh buzoqlar hayotining birinchi kunlarida kasallanib, kasallik bexosdan, belgilarini namoyon qilmay paydo bo’ladi. Inkubatsion davri qisqa 1-2 kun. Birdan tana harorati 41-420ga ko’tariladi, hayvon xolsizlanib, ovqat yemay qo’yadi, nafas olishi tezlashadi, pulsi tezlashadi va qaltiray boshlaydi. Ko’p holatlarda ichi ketadi, tezagida shilimshiq, ba’zida qon aralash bo’ladi. 1-2 kundan so’ng hayvon tezda o’ladi. Keyinchalik kasallik yarim o’tkir kechib, konyunktivit, ko’zdan yosh oqish kabi belgilarni namoyon qiladi. Kasallikning rivojlanishi bilan nafas olish organlarining zararlanish belgilari paydo bo’ladi, burnidan avval seroz, keyin shilimshiq va shilimshiq-yiringli ajratmalar oqadi. Hayvon qanchalar yosh bo’lsa, shunchalik nafas olish organlarining zararlanish belgilari kam kuzatiladi. Yosh mollarda birinchi navbatda enterit belgilari paydo bo’ladi. Tezagi suyulib, shilimshiq va kamroq qon aralash bo’ladi. Qo’zilar 9-10-12 kunlari o’ladi. O’lishdan oldin qo’zilarning tana harorati normagacha, hatto 340Cga pasaygan. Qo’zilar koma holatiga tushib yoki tomir tortishish belgilari bilan o’lishgan. Parmanov J.M., Elmuradov B.A. (1996), lar kavsh qaytaruvchi hayvonlar pasterellyozi klinikasida, yirik shoxli mollarda o’tkir pasterellyozning shish shaklida barcha ko’rsatilgan belgilardan tashqari o’tkir kon’yuktivitning rivojlanishi, ko’krak shaklida jigar kabi bo’lib qolgan o’pka to’qimalarida nekroz o’choqlarining paydo bo’lishini yaqqol namoyon qiladi. Qo’ylar pasterellyozida ham kasallikning umumiy belgilariga o’tkir kechganda konyunktivit, yarim o’tkir kechganda keratit paydo bo’lishi haqida ma’lumot berilmagan. Download 327.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling