Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Pasterella qo’zg’atuvchisining mikroskop ostida ko’rinishi


Download 327.01 Kb.
bet5/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
587f232e55f7d

Pasterella qo’zg’atuvchisining mikroskop ostida ko’rinishi.

Hozirgi paytda qo’zg’atuvchining serologik turini aniqlash mamlakatimizning va chet mamlakat olimlarining oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi.
1.1. Parrandalarning pasterellyoz kasalligi patamarfologiyasi
Pasterellyoz (gemorragik septisemiya)-ko’pchilik qishloq xo’jalik, uy va yovvoyi sut emizuvchi hayvonlar, parrandalar moyildir. Pasterellyoz kasalligi bilan odamlar ham kasallanadi. Parrandalar va quyonlar o’rtasida kasallik odatda epizootiya xolida namoyon bo’ladi. Pasterellyozga yilqilar va go’shtxo’r hayvonlar biroz chidamli. Pasterellyoz kasalligining o’tkir gemmoragik septisemiya tipida namoyon bo’lishini katta yoshdagi qoramollarda P.multocida V tipi chaqiradi.
Afrika sharoitida esa P.multocida E tipi, yosh qoramollarda, buyvollarda
P.multocida V tipi va parrandalarda P.multocida A tipi kasallik chaqiradi.
Pasterellyozning sporadik kechishi enzootik pnevmoniya tipida buzoqlarda
P.multocida A tipi va P.haemolitica, cho’chqalarda P.multocida A va D tipi va
P.haemolitica kasallik chiqaradi. Parrandalar o’rtasida pasterellyozning yuqishida ularda parazitlik qiladigan Dermanussus gallinaye va Agrgas persicuskanalar alohida ro’l o’ynaydi, qaysikim, ular organizmida qo’zg’atuvchi 60 kungacha saqlanishi mumkin. Nosog’lom parrandachilik xo’jaliklarida kasallik manbai va uzatuvchi bo’lib parranda boquvchilar, yovvoyi qushlar, hashoratlar, sichqon va kalamushlar xisoblanadi. Kasallanish o’lim darajasi pasterellalar virulentligiga, parrandalarning immunologik holatiga, saqlash va oziqlantirish, sog’lomlashtirish tadbirlarining o’z vaqtida olib borilishiga bog’liq. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 2-3 kungacha. Parandalarning yoshiga, chidamliligiga,
qo’zg’atuvchining miqdoriga va virulentligiga bog’liq.
Rasmda Dermanussus gallinaye va Agrgas persicus kanalari keltirilgan.

Pasterellyoz ba’zi yarim o’tkir va surunkali yoki virus ham bakterial
infeksiyalarning kechishini og’irlashtirib, ikkilamchi kasallik ko’rinishida o’tishi mumkin. Undan keladigan iqtisodiy zarar juda katta bo’lib, parrandalarning o’lishi va kasallikka qarshi kurashish tadbirlariga sarflanadigan xarajatlardan iborat.
Kasallik surunkali kechganda parranda shamollab yo’taladi, bug’unlari shishadi. Bunday hollarda parrandalar yaxshi parvarish qilib boqilsa kam o’ladi, lekin kasallanib tuzalgan parrandalar o’sish va rivojlanishdan ortda qoladi hamda pasterella tashuvchi va ajratuvchi manba bo’lib qoladi.
Pasterellyoz kasalligiga parandalarning barcha turdagilari va barcha yoshdagilari birday kasallanishi mumkin: tovuqlar (tuxum qo’yadigan va go’sht uchun boqiladiganlari), kurkalar, o’rdaklar, g’ozlar, tustovuqlar, bedanalar, kaftarlar va ko’p yovvoyi qushlar.
Infeksiyani tarqatuvchi – asosan kasal va oldin kasal bo’lib o’tkazgan qushlar, kemiruvchilar (sichqon, kalamush) yovvoyi qushlar, kasal tovuqlardan olingan tuxumlar va qurt – qumurisqalar hisoblanadi.
Kasallik o’lgan qushlar murdasi va kasallangan qushlar go’shtlaridan, qon va tayor go’shtli mahsulotlaridan olishi mumkin. O’lgan parrandalar murdasida Pasteurella multocida tez ko’payadi va o’zining virulentlik (havodan o’tish) xususiyatini kuchaytiradi. Sog’ tovuqlar o’lgan tovuqlarning murdasini cho’qishi orqali to’g’ridan to’g’ri kasallik qo’zg’atuvchisi bilan olaqada bo’ladilar va shu orqali yuqumli holatlari kelib chiqadi. Kasallangan parrandalarga nisbatan o’lgan parrandalardan yuqish alomati 8-10 barobar yuqori bo’ladi.
Kasal parranda pasterellyoz qo’zg’atuvchisini o’zidan chiqqan axlati tufayli tashqi havoni, emni, suvni, yerni, xonani va parrandalarni saqlash uskunalarini zararlaydi.
Pasterellalar xonalarda 72 kungacha, chirigan tovuq murdalarida 4 oygacha, suv, tuxum pustlog’ida, patlarda 25 kungacha, sug’oriladigan va shudgar yerlarda 5 sm chuqurlikda 60 kungacha, 15 sm gacha -120 kun, 30 sm gacha chuqurlikda
140 kungacha yashash darajasi saqlanib qoladi. Quyoshning tug’ridan tug’ri nuri 8-
10 daqiqada pasterellalarni o’ldiradi.
Pasterella tarqatish asosan parrandalarni (yoki boshqa hayvonlarning) pasterellyoz bilan kasallangandan keyin, tirik attenuatsiyalangan vaksinalarni qo’llanilgandan keyin paydo bo’lishi mumkin.
Tuxum orqali qo’zg’atuvchini yuqtirishi pasterellyozning o’tkir va yarim o’tkir holatida deyarli hech qanaqa xavfli emas. Chunki tuxumdagi embrionlar pasterellalarga yuqumliligi yuqoridir va 9-11 inkubatsiya kunlarida ular xalok bo’ladilar. Kasallangan embrionlardan paydo bo’lgan jo’jalar asosan klinik tamondan sog’lom bo’ladi, ammo ular pastrellalarni tarqatuvchi hisoblanadi.
Kasallikning xo’jaliklarda ekzogen holatida – yani xo’jalikka tashqaridan qo’zg’atuvchilarni olib kirish va endogen holatida - yani xo’jalik ichida pasterellyozni qo’zg’atuvchilarning borligi tufayli paydo bo’lishi mumkin. (emishlar, biologik va fiziologik stress holatlarida, zootexnik holatning buzilishlarida).
Pasterellyoz xo’jalikda o’tkir holatda, yarim o’tkir holatida va surunkali holatlarida o’tishi mumkin.
O’tkir holatdagi pasterellyoz Pasteurella multocidani yuqori virulentli holatni chaqiradi. Kasallik va o’limlik holat yuqori darajada bo’ladi. Kasallikning 5-7 kunlarida o’limlik darajasi 80-90 % ga oshadi.
Yarim o’tkir va davriy – doimiy holatda qo’zg’atuvchilar virulentligi, o’lim holati kamayadi. Kasallik juda sekin rivojlanadi. O’lish holati bunday paytda 30 % ni tashkil etadi.
Bu holat asosan tovuqlarning tuxum qo’yish davrida boshlanishi mumkin. Xo’roz parrandalarda esa intensiv ish davrida (yani urug’lantirish).
Pasterellyozning jahon bo’yicha keng tarqalganligini va katta iqtisodiy zarar yetkazishini S.I.Djupina, A.A.Kolosov (1992), J.Martig et al (1976),
S.G.Dorofeyeva (1988), Bain R.V.S. et al.(1982), A.N.Panin, R.V.Dushuk (2007,
2012) kabi olimlar ta’kidlaganlar.
S.I.Djupina, A.A.Kolosov (1992) G’arbiy Sibirda buzoqlarning respirator kasalliklarini o’rganib, ularda pasterellyoz gemorragik septisemiyaning enzootiya ko’rinishida o’tishini aniqlashgan. Ularning bergan ma’lumotlari bo’yicha kasallikni Pasteurella haemolytica va multocidalar chaqiradi. Kasallik xurujlari bahor-yoz mavsumlarida paydo bo’lib, ayniqsa iyun-iyul oylarida bakteriyani transmissiv o’tkazuvchi – so’na pashshalar chaqqan vaqtida kasallik yanada avj oladi.
S.G.Dorofeyeva (1988) ma’lumotlari bo’yicha Moskva oblasti xo’jaliklarida buzoqlarning respirator kasalliklarni 91,89% hollarda Pasteurella haemolytica va multocida lar chaqiradi. Shundan 32,43% hollarda Pasteurella haemolytica ning o’zi, 54,05% hollarda Pasteurella multocida bilan birgalikda kasallik chaqirgan.
Xo’jalik bu kasallikdan katta iqtisodiy zarar ko’rgan.
J.Martig et al. (1976) Shveytsariyada buzoqlarning respirator kasalliklari katta iqtisodiy zarar yetkazgani va uning etiologiyasida pasterellalarning ham roli katta ekanligi haqida xabar beradi.
A.N.Panin, R.V.Dushuk (2007, 2012) ma’lumotlari bo’yicha Pasteurella multocida yirik shoxli 26 hayvonlar va buyvollarda gemorragik septisemiyani chaqiradi va katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Kasallik yilning barcha fasllarida uchraydi, ayniqsa kuz, bahor, qish fasllarida noqulay sharoitlar ta’sirida ko’proq paydo bo’ladi. Pasterellyoz qo’zg’atuvchisining asosiy manba’si kasal parrandalar va bakteriya tashuvchilardir. Ularda pasterellalar yuqori nafas olish organlari-burun yo’llari, traxeya, o’pka va hazm tizimida joylashib, so’lak, tezak, siydik orqali ajralib chiqadi. Infeksiya aerogen kasal parrandalar bilan kontaktda va oziqa, suv orqali alimentar yo’llar bilan o’tadi. Sitdikov A.K., Burluskiy I.D., (1980), Konopatkin A.A., (1984),0 Parmanov M.P., (1996), V.V.Makarov va boshq., (2009).
V.P.Urban., I.L.Naymanov (1984) ma’lumotlarida kasallikning paydo bo’lishida birinchi manba - bakteriya tashuvchi parrandalardir. Autoinfeksiya kuzatilishi ham mumkin. Bunda ma’lum faktorlar ta’sirida bakteriya tashuvchanlik, infeksiya paydo qiladi. Yosh parrandalarga hayotining birinchi kunlarida qo’zg’atuvchi katta yoshdagi bakteriya tashuvchi parrandalardan o’tadi. Endogen infeksiyada birinchi kasal parrandalar paydo bo’lganda, asosan yangi ochib chiqqan jo’jalar kasallanadi. Ular endi yuqori virulentli qo’zg’atuvchilarning juda xavfli manbasi bo’lib qoladi. Ular qo’zg’atuvchini tashqi muhitga ko’p miqdorda ajratib, har xil yoshdagi rezistentligi mustahkam parrandalarni ham zararlashga qodir bo’lishadi.
Ekzogen qo’zg’atuvchi parrandalar organizmiga asosan nafas olish organlarining shilimshiq qavatlaridan o’tadi deb hisoblaydi.
Qishloq xo’jalik parrandalarning pasterellyoz kasalligi butun dunyo bo’yicha keng tarqalgan va parrandachilikga katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Bu haqida internet ma’lumotlarida, V.P.Urban., I.L.Naymanov (1984) , Shegidevich E.A., (1984), Abdusattarov A.A., (1988), Pirojkov M.K. va boshq. (2011), Dushuk R.V., (1991), va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida keng yoritib berilgan.
Yosh parrandalarning yuqumli oshqozon ichak kasalliklarining etiologik tarkibini O’zbekiston sharoitida Surxondaryo viloyatida o’rganib chiqib, uning tarkibida ajratilgan 12 tur mikroorganizmlari ichida pasterellyoz 1,5%ni tashkil etganini aniqlandi Z.J.Shopulatova (2009)., A.Abdusattorov, (1988).
O’zbekistonning parrandachilik fabrikalarida pasterellyoz tez-tez uchrab turmoqda. S.A.Abdalimov, J.N.Parmanov (2004), ilmiy tekshirishlari natijasida oxirgi yillarda parrandalar orasida kasallik ko’plab uchrashi aniqlanib, tasdiqlandi.
Ularning oxirgi 8-10 yil ichida olib borgan tadqiqotlariga ko’ra Respublikamizning Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm va Qoraqolpog’iston Respublikasi parrandachilik fabrikalarida pasterellyoz keng tarqalgan va asosan uy parrandalarni kasallantiradi. Jami parrandalar va jo’jalardan 50ga yaqin ajratib olingan shtammlar o’rganildi. Natijada pasterellyozning 40% multosida turi bilan, 60% hollarda esa gemolitika turi bilan chaqirilishi aniqlandi. Multosida turining ko’proq A seroguruhi, gemolitika turining esa A ham T bioturlari uchrashi aniqlandi.
A.V.Ryasnova (1985) respirator kasallik belgilari bilan majburiy so’yilgan parrandalardan ajratilgan oltita P.multocida shtammining patogenligini 16ta quyon, 56ta dengiz cho’chqasi, 30 ta oq sichqonda o’rgandi. Kultura laboratoriya hayvonlariga har xil usullarda yuborildi. Kulturani intraperitonial usulda yuborishda, boshqa usullarga qaraganda yaxshi natija olishdi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho’chqachasi zararlashga ko’proq moyil ekanligi aniqlandi.
R. Gaynutdinov, M.V.Xaritonov, (2008), I. G’aniyev, B.A. Elmuradov (2008) va boshqa tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishlarida erkin yashovchi parrandalar Pasteurella multocida tashuvchisi ekanligini aniqlashdi. Mikrob uchun qulay sharoitlarda sog’lom parrandalar orasida pasterellyoz rivojlanib, tarqalishini yoritib berishgan. Bakteriya tashuvchanlik katta yoshdagi parrandalarda juda keng tarqalib, u 9,2%ni tashkil etgan. O’rtacha sog’lom parrandalar orasida bakteriya tashuvchilar 3,9%, nafas olish organlari zararlangan kasallarida esa 4,6%ni tashkil etganligini aniqlashdi. Ularning bergan ma’lumotlarida, infeksiya manbaini aniqlash, ayniqsa kasallik bir-biridan juda uzoqda bo’lgan tumanlarda paydo bo’lgan hollarida juda qiyin.
Kasallik sporadik va enzootik kechadi. Nosog’lom parrandachilik fermalarida 1%dan 60%gacha parrandalar kasallanadi. Ularning fikricha pasterellyoz uchun-stasionarlik xarakterlidir barcha mavsumda, yirik shoxli mol va cho’chqalar, kasallikka moyil ayniqsa onasidan ajratilgan va bo’rdoqiga qo’yilganlari esa ko’proq moyildir. Yirik shoxli hayvonlarda kasallanish 2,3%dan 4,6%ni, letallik esa 76%gacha bo’lib, o’rtacha ko’rsatkichi 32%ni tashkil etgan.
Qo’ylar pasterellyozida epizootik holat uncha yuqori bo’lmagan o’rtacha ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: kasallanish-0,6% va letallik 39,1%. Ba’zi yillarda letallik 100%gacha bo’lgan.
Cho’chqalarda pasterellyoz havfli yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilishi kerak. Ba’zi yillarda kasallanish 10000ta, cho’chqadan 128tani, letallik esa 47,4%ni tashkil etgan.
Epizootik jarayonning yuqori va o’rtacha ko’rsatkichlari: kasallanish 30,6%, letallik 23,8%ni tashkil etgan.
Qozog’iston xo’jaliklarida otlarda pasterellyoz birinchi marta 1964 yilda chiqib, keyingi vaqtlarda har yili uchrab turibdi. Nosog’lom punktlar hisobi bo’yicha pasterellyoz otlar infeksion patologiyasida 15,6%ni, ularning kasallanishi-23,3%ni va letallik 48,3%ni tashkil etgan.
L.A.Rabovskaya (1980), E.A.Shegidevich (1984), J.M.Parmanov (2001) va qator olimlar olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida pasterellyoz qo’ylar paragripp-3, mikoplazma va boshqa viruslar keltirib chiqargan asosiy kasalliklarini og’irlashtirib, birga uchraydi. Bu esa qo’ylarning zotiga, tug’ish muddatiga bog’liq, lekin pasterellalarning o’zi ham mustaqil holda parrandalarda ham kasallik chaqirishi mumkin. Kasallik ichki organlarni septik zararlash va bronxopnevmoniya ko’rinishlarida namoyon bo’ladi.
Pasterellyoz spontan – tashuvchanlik natijasida paydo bo’ladi yoki kasal va kasallanib tuzalgan hayvonlardan o’tadi. Inkubasion davri 15 sutka bo’lishi mumkin. Kasallikning rivojlanishi va qanday kechishi hayvonning ahvoli va qo’zg’atuvchining virulentligiga bog’liq. Hayvon organizmining himoya vositalari har xil sabablar bilan kuchsizlanib qolganda pasterella tashuvchanlikdan kasallikning yaqqol klinik belgilari namoyon bo’lgan davrga o’tadi. Kasallik o’tkir kechganda qo’zg’atuvchi qonda va parenximatoz organlarda intensiv rivojlanadi.
Patologik jarayonlarning rivojlanishida qo’zg’atuvchining endotoksinlari, kapsula hosil qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tabiiy sharoitlarda pasterellyoz nafas yo’llari orqali havo-tomchi usulida, yoki alimentar yo’l bilan, kasal parrandalarning ajratmalari bilan ifloslangan oziqani yeyish orqali, yoki pasterellyozdan o’lgan, majburiy so’yilgan parrandalardan tayyorlangan zararsizlantirilmagan oziqa mahsulotlari orqali yuqadi. Parrandalar teri yuzasining buzilishi orqali ham zararlanishi mumkin.
Yuqori virulentli pasterellalar bilan zararlanganda infeksiya o’tkir va o’ta o’tkir septik jarayonlar bilan kechadi. Virulentligi pastroq pasterellalar bilan zararlanganda yoki parranda organizmining chidamliligi yuqori bo’lganida kasallik uzoqroq vaqt davom etadi. Konopatkin A.A., (1984), Parmanov M.P., (1996), Makarov V.V. i dr., (2009), Pavlovich S.A., (2009).



Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling