Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Download 327.01 Kb.
bet4/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
587f232e55f7d

Beshinchi bobida xususan veterinar osoyishtalikni va davlat veterinariya nazoratini ta’minlash;
20-modda. Profilaktika, tashxis qo’yish va davolash tadbirlari
21-modda. Laboratoriya tekshiruvlari
22-modda. Davlat veterinariya xizmati nazoratiostidagi tovarlarni ishlab chiqarish vaularning muomalada bo’lishi chog’idagi veterinariya talablari
23-modda. Biologik chiqindilarning muomalada bo’lishi va yo’q qilib tashlanishi chog’idagi veterinariya talablari
24-modda. O’zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli
kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish
25-modda. Davlat veterinariya nazorati obyektlari
26-modda. Epizootik monitoring
27-modda. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib qo’yish, yo’q qilib tashlash, zararsizlantirish (yuqumsizlantirish) va qayta ishlash
28-modda. Hayvonlar yuqumli kasalliklarining o’choqlari aniqlangan chog’dagi cheklovchi tadbirlar (karantin)
Oltinchi bobida esa yakunlovchi qoidalar;
29-modda. Davlat veterinariya xizmatiningta’minoti va moliyalashtirilishi
30-modda. Davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish bo’yicha
faoliyatga aralashishga yo’l qo’yilmasligi
31-modda. Nizolarni hal etish
32-modda. Veterinariya to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.


Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Respublikamiz qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan parrandachilikda shirkat va fermer xo’jaligi kabi boshqaruv shakllari yuzaga kelib, parranda bosh sonini oshirishda va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissalarini qo’shib, samarali faoliyat yuritmoqdalar. Lekin ularning to’laqonli faoliyat yuritishiga, bundan ham samaraliroq natijalarga erishishlariga veterinariya xizmatini ko’rsatishdagi mavjud muammolar va qishloq xo’jaligi parrandalarining yuqumli bakterial kasalliklarining uchrab turishi kabi salbiy omillar to’sqinlik qilmoqda.
Ayniqsa pasterellyozning geografik keng tarqalishi, barcha turdagi uy hayvonlari, ko’pgina yovvoyi hayvonlar va parrandalarning moyilligi, xo’jaliklar, hatto tuman chorvachiligiga ham katta iqtisodiy zarar yetishi mavjud diagnostik uslublar spetsifik va profilaktika hamda kasallikka qarshi kurashish choratadbirlarni takomillashtirishni talab etadi.
Patogen pasterellalar kasallanib sog’aygan va ular bilan kontaktda bo’lgan sog’lom parrandalar, shuningdek sinantrop parrandalar organizmida ham uzoq vaqt saqlanib, o’ziga xos stasionar epizootik o’choq paydo qiladi. Pasterella tashuvchanlik nosog’lom xo’jaliklarda qoramollar orasida 70%, qo’ylarda -50%, cho’chqalarda-45%, quyonlarda -50% va undan ortiq, parrandalarda 35-50% ga yetadi. Bu holat pasterellyozga qarshi kurash muammolarini yanada og’irlashtiradi hamda xo’jaliklarni pasterellyozdan sog’lomlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
O’zbekistonning parrandachilik bilan mashg’ul fermer va dehqon xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanyotgan xo’jaliklarida esa keyingi yillarda bu kasallik parrandalar orasida tez-tez uchrab turmoqda. Bu esa parrandachilik, xususan veterinariya oldida muhim muammolardan biridir. Shu sababli qishloq xo’jaligida parrandalarda uchrovchi pasterellyoz kasalligining hozirgi zamon diagnostika usullari, oldini olish va ularga qarshi samarali kurash chora-tadbirlarini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish juda dolzarb mavzu hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarning pasterellyoz kasalligi keng tarqalgan kasallik hisoblanib, spetsifik profilaktika ishlarini o’tkazish ularning kasal parrandadan ajratilgan patologik materialdagi shtammning serologik turini aniqlash zarur.
Buning uchun oddiy va qulay bo’lgan usulda shtamm ajratilgach, uning serologik turini aniqlash kerak bo’ladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asoslanib tanlangan mavzu veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi uchun dolzarb masala sanalib ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.





Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling