Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Download 327.01 Kb.
bet7/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
587f232e55f7d

Morfologiyasi. Organlardan va qondan tayyorlangan tamg’ali surtmalarni Gram usulida bo’yaganda qo’zg’atuvchi 0,3x1,5 mkm o’lchamdagi mayda, kalta, grammanfiy, uchlari qayrilgan tayoqchalar shaklida bo’ladi. Leffler, Romanovskiy – Gimza usullarida bo’yaganda ularning bipolyarligi (bakteriya hujayrasining uchlari intensiv bo’yaladi) yaxshi namoyon bo’ladi. Kulturadan tayyorlangan surtmalarda pasterellalar kokksimon yoki qisqa tayoqchalar shaklida bo’lib, bittadan, ikkitadan, ba’zan qisqa zanjirlar shaklida joylashadi. Kapsula hosil qiladi, harakatsiz.
Qo’zg’atuvchining kattaligi va shakli kelib chiqishiga bog’liq ravishda har xil bo’ladi: yirik shoxli mollardan ajratilgan kulturada, bir xilda cho’zinchoq shaklda; cho’chqalardan ajratilganda esa - ko’proq ovalroq shaklda; parrandalardan ajratilganida esa-yanada yumaloqroq shaklda bo’ladi.
Ishqorli agar va uglevodli suyuq oziq muhitlarda o’stirilgan pasterellalar surtmaga zanjircha shaklida joylashadi.
Kultural va biokimyoviy xususiyatlari. Pasterellalar aerob va fakultativ anaerob, optimal harorat 37-38 0C, pH 7,2 -7,4 da 24-28 soatda yaxshi rivojlanadi.
GPA, GPB larda, ayniqsa qonli GPA, zardobli GPA yoki GPB larda yaxshi o’sadi. Agarda mayda, tiniq, bo’rtiq, yumaloq koloniyalar paydo qiladi. Koloniyalar tashqi ko’rinishi bo’yicha 3 ta asosiy shaklda bo’ladi: silliq S-shakl, o’ziga xos fluoressensiyalanish xususiyatiga ega, GPB da esa bir xilda loyqalanish va shilimshiq cho’kma hosil qiladi, silkitib ko’rganda soch o’rimi shaklida ko’tariladi; M-shaklda GPA da yirik shilimshiq koloniyalar paydo bo’ladi, GPB da mukoid shtammlar 32 intensiv o’sib, ko’p shilimshiq cho’kma paydo qiladi; R – shaklda GPA da kengish koloniyalar paydo bo’ladi, GPB da dissosiirlangan pasterellalar muhitni loyqalantirmaydi, probirka tubida esa mayda yoki yirik donachali ushoqsimon cho’kma hosil qiladi.
Pasterllalar indol, vodorod sulfid hosil qiladi, Foges-Prokauera reaksiyasi manfiy, nitratlarni-nitritlarga aylantiradi. Glyukoza, saxaroza, fruktoza, sorbit, galaktoza, mannoza, mannit, ksiloza, tregalozalarni fermentatsiyaga uchratib, kislota hosil qiladi. Laktoza, dulsit, raffinoza, ramnoza, adonit, dekstrin, indulin, glisterin, salisin, maltoza, arabinozalarni fermentatsiya qilmaydi. Pasterellalarning bu xususiyatlari doimiy emas. Kislenko V.N. (2005)., Pavlovich S.A., (2009), Domaradskiy I.V. (1971).
Chidamliligi. Pasterellalar tashqi muhit ta’siriga uncha chidamli emas.
Pasterellalar quritishda, yuqori harorat va quyosh nurlari ta’sirida tez o’ladi. 70-900C da 5-10 min, 580C da 20 min da, 1-50Cda esa bir necha kunda, qaynatganda shu zahoti o’ladi. Past haroratlarda uzoq saqlanadi. Muzlatilgan tovuq jasadida yillab (Shapulatova Z.J., 2009,2013, Kislenko V.N., 2005), go’ngda, tuproq va chiriyotgan jasadda 1-3 oy saqlanadi tuproqda bir oy, tovuq tezagida ikki oy yashaydi.
Dezinfeksiyalovchi moddalardan – fenol, krezol, xlorli ohak, formalin va h.
k. lar kuchli ta’sir qiladi. Pasterellalar antibiotiklarga sezuvchandir.
Patogenligi. Qo’zg’atuvchining patogenligi har xildir, virulentligi ham o’zgaruvchandir. Ba’zan o’lgan parrandalardan 6-9 soatdan keyin olingan materialdan ajratilgan kulturalar, o’lgan zahoti olingan materialdan ajratilganlariga nisbatan 10 marta virulentligi kuchli bo’ladi (oq sichqonlarda). Qo’zg’atuvchining yangi ajratilgan shtammlari oq sichqon, quyon, kabutarlar uchun patogenlidir.
Laboratoriya sharoitlarida pasterellalar virulentligi pasayishi yoki yo’qolishi mumkin. Silliq koloniya shakli virulentli, shilimshiq koloniya shakli virulentligi past, kengish koloniya shakli esa – virulentligi kam yoki umuman patogen bo’lmaydi. Kapsula hosil qiluvchi shtammlari yuqori virulentli bo’ladi. Endotoksinlar hosil qiladi.

Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling