Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Download 327.01 Kb.
bet11/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
587f232e55f7d

Differensial diagnoz
O’tkir pasterellyoz holatini Nyukasl kasalligi, streptokkoz, kolibakteryoz, stafilakokkoz, pulloroz – terlatma (tif) respiratorli mikoplazmoz bilan farqlash mumkin. Suvda suzuvchi parrandalarning pasterellyozini influensa bilan taqqoslash mumkin.
Pasterellyozni differensial tashhis qo’yish va Nyukasl kasalligida klinik belgilar, epizootologik ma’lumotlarini, patologoanatomik o’zgarishi va laboratoriya tekshirishlarini hisobga olish kerak. Nyukasl kasalligida parrandalar 15-20 kunlik paytida kasallanishi mumkin. Suvda suzuvchilar Nyukasl kasalligi bilan kasallanmaydilar. Antibiotiklar va sulfanilamidli dorilar esa o’limlik darajasini pasaytira olmaydi. Nyukasl kasalligining asosiy alomatlari paralich va diareya (najasi yoki yashil rangda) pasterellyozda esa paralich kuzatilmaydi, diareya esa qon qo’shilgan holda kuzatiladi.
Pasterellyozning differensial tashhisida boshqa yuqumli bakterial septik turidagi – kolibakterioz, strepto-va stafilakkoz pulloroz-terlatma (tif) larda qo’zg’atuvchilarning ajralishi va identifakatsiya asosiy yechim hisoblanadi.
Respiratorli mikoplazmoz qo’yidagicha tariflanadi:

  • traxeal xirillash

  • burun bo’shlg’idan so’laklarni oqishi

  • tomoq qismida shish paydo bo’lishi

  • infroorbital sinus va konyuktivlar

Yorganda qo’yidagilar kuzatiladi.

  • Kataral yoki kataral – fibrinozli rinit.

  • Sinusit, traxeit, pnevmoniya

  • Serozli yoki fibrinozli aerosakkullit.

Xulosa qilganda respiratorli mikoplazmoz pasterellyoz serologik va bakteriologik tekshiruvlardan keyin differensiyallash mumkin.
Spiroxetoz pasterellyozdan klinik belgilar bilan farqlanadi:

  • parrandalarda toji va sirg’asining oqarishi.

  • uyqu bosishi

  • markaziy asab tolalarini zararlanishi.

  • yurishi yomonlashadi.

  • jigar kattalashadi

  • buyrak kattalashadi

  • go’shti qaynatilgan go’sht rangiga kiradi.

Bu kasallik bilan kaftarlar va sichqonlar kasallanmaydilar.
Pasterellyozning differensial tashqisi o’rdak va g’ozlarning influensalarida quyidagilarni albatta etiborga olish kerak. Yosh parrandalarda o’tkir influensa juda og’ir o’tadi. Klinik simtomlar – ataksiya, patologoanatomik o’zgarishlar – o’pkani fibrinozli qoplama qoplaydi. Inflyensiya qo’zg’atuvchisi – Pfeifferella anatipestifer, sinonimi – Bactinfluensa anatum.



Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling