Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


Download 327.01 Kb.
bet15/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
587f232e55f7d

Oldini olish chora – tadbirlari
Pasterellyozga qarshi profilaktika ishlari maxsus va umumiy turlarga bo’linishi mumkin.
Umumiy profilaktika choralari “yopiq” turdagi xo’jaliklarni, “to’la” yoki bo’m-bosh sistemasida, barcha yoshdagi parranda turlarini izolyatsiya qilish, dezinfeksiya sistemasini qattiq nazorat qilish, parranda murdalarini o’z vaqtida qayta ishlashni o’z ichiga oladi. Kasallik tarqalmaslik uchun yemlarni yopiq idishlarda tashish, GVK qozonlari murdalarini yoqish lozim.
Texnologiyani rivojlantirish uchun xo’jaliklarda parrandalarni kataklarda parvarish qilish, kasal parrandalar bilan aloqada bo’lmaslik profilaktikaning eng zo’r usulini qo’llash kerak.
.
2.2. Surxondaryo viloyati xo’jaliklarida parrandalar pasterellyoz kasalligining tarqalishi
Surxondaryo viloyatixo’jaliklarida parrandalarpasterellyoz kasalligining tarqalishini o’rganish uchun Surxondaryo viloyat veterinariya laboratoriyasi, Surxondaryo viloyat veterinariya boshqarmasining epizootik holat bo’yicha so’ngi 5 yillik hisobotlarini o’rganib, kasallik bo’yicha olingan ma’lumotlarni tahlil qildik.
Veterinariya bo’limi mutaxasislari yordami bilan olingan ma’lumotlar asosida tumanda veterinariya tizimining xizmatini tashkil etish va uning nazoratini, tuman profilaktik, epizootiyaga qarshi tadbirlar rejasini, tumanda epizootik holat va epizootik xaritalar o’rganildi.
1-jadvalda ko’rsatilganidek 2012-2016 yillarda parrandalarning pasterellyoz kasalligiga jami 510 bosh hayvon va parrandadan patologik material tekshirilgan bo’lib, shulardan 120 tasi (buzoq, qo’y, cho’chqa, jo’ja, echki, uloq) ijobiy natija bergan, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchisi – pasterella ajratilgan. Pasterellyoz bo’yicha 9 ta nosog’lom punkt qayd etilgan va xo’jaliklarga cheklov - chegaralash qo’yilgan. Nosog’lom punktlardagi ahvol bo’yicha olingan ma’lumotlar tahlilida xo’jalikda veterinariya sanitariya holati talabga javob bermasligi, ratsionni balanslashtirmaganligi (to’liq qiymatli oziqalar, makro-mikroelement va vitaminlar yetishmasligi), diagnostik tekshirishlarni reja asosida vaqtida o’tkazmaslik, parradalarning oldi-sotdi ishlarini nazorat qilinmasligini aniqladik. Bularning hammasi kasallikning epizootologiyasida muhim rol o’ynaydi.


Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling