2.4. Pasterellyozning oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish
Parrandalar pasterellyoz kasalligining oldini olish va qarshi kurashish usullarini takomillashtirish maqsadida mahalliy pasterella kulturalaridan tayyorlangan pasterellyozga qarshi eksperimental gidrookisalyuminli farmol vaksinaning sifat ko’rsatkichlarini laboratoriyada tekshirdik. Vaksinadan surtmalar tayyorlab, Gram va Romanovskiy Gimza usullarida bo’yadik, mikroskop ostida pasterellalarning morfologiyasini o’rgandik.
Sterilligini aniqlash uchun vaksina namunasini go’sht peptonli bulon, go’sht peptonli agar, 5% qon zardobi qo’shilgan go’sht peptonli bulon, go’sht peptonli agar, Suslo agari, Kitt-Tarossi oziq muhitlariga ekib, ekmalarni 370C va 280 C haroratda termostatda 10 kun davomida saqladik.
Zararsizligini aniqlash uchun vaksinani 10 bosh oq sichqonga terisi ostiga
0,5 ml dan, 40 bosh jo’janing terisi ostiga 0,1 ml dan in’eksiya qildik. Tajribadagi parrandalar 10 kun davomida kuzatildi.
2-Jadval
Qishloq xo’jalik parrandalari pasterellyoz kasalligiga qarshi gidrookisalyuminli farmol vaksinaning zararsizligi
Guruhlar
|
Parranda turi
|
Soni (bosh)
|
Vaksina miqdori
|
Yuborish usuli
|
Kuzatish muddati
|
Natijalar
|
Tajriba
|
Oq sichqon
|
10
|
0,5 ml
|
Teri ostiga
|
10 kun
|
Salbiy o’zgarishlar kuzatilmadi
|
Tajriba
|
Jo’ja
|
40
|
0,1 ml
|
Teri ostiga
|
10 kun
|
Salbiy o’zgarishlar kuzatilmadi
|
Natiyjada tajribadagi parrandalarda 10 kun davomida salbiy o’zgarishlar kuzatilmadi (5-jadval).
Vaksinaning samaradorligi va immun faolligini aniqlash bo’yicha tadqiqotlarni 60 bosh parrandalarda o’tkazdik. Parrandalarni ikki guruhga ajratib, birinchi guruhdagi o’ttiz bosh parrandalarga pasterellyozga qarshi tajriba vaksinasini birinchi marta 0,5 ml dozada, 14 kun o’tgach ikkinchi marta 1 ml dozada teri ostiga yuborib emladik. Ikkinchi guruh nazorat bo’lib, undagi parrandalarga vaksina yuborilmadi (6-jadval). Tajriba davomida parrandalar doimiy kuzatuvda saqlandi. Ularning umumiy ahvoli, tana harorati tekshirilib borildi. Vaksina bilan emlangan parrandalarda birinchi va ikkinchi kunlari tana harorati bir oz (0,5-1,00C) ko’tarildi, vaksina in’eksiya qilingan joy oz miqdorda shishdi va bu o’zgarishlar tajribaning 3-4 kunlari o’z holatiga qaytdi. Emlangandan keyin 360 kun o’tgach pasterellyoz 3-Jadval
qo’zg’atuvchisining LД 100 (25 mlrd. m.t.) miqdori bilan zararlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |