Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish
Qishloq xo’jalik parrandalari pasterellyoz kasalligiga qarshi gidrooksalyuminli farmol vaksinaning samaradorligini o’rganish natijalari
Download 327.01 Kb.
|
587f232e55f7d
Qishloq xo’jalik parrandalari pasterellyoz kasalligiga qarshi gidrooksalyuminli farmol vaksinaning samaradorligini o’rganish natijalari
Kasallik qo’zg’atuvchilari yuqtirilgandan so’ng nazorat guruhida kasallikning 2 - kunidan boshlab holsizlanish, patlarining xurpayishi, tana haroratining ko’tarilishi, nafas olish, yurak urishlarining tezlashishi kabi kasallanish belgilari kuzatildi. Kasallik alomatlari – ko’z va burundan suyuqlik oqishi, yo’tal, hansirash, qon aralash ich ketishi kuzatilib, tajriba davomida nazorat guruhidagi emlanmagan parrandalarning barchasi pasterellyoz bilan kasallanib o’ldi. Tajriba davomida o’lgan parrandalar patologoanatomik va bakteriologik tekshirildi. Ularda patalogoanatomik o’zgarishlardan ko’krak qafasida suyuqlik toplanishi, o’pkaning krupozli gemorragik yallig’lanishi, nuqtali va dog’li qon quyilishlar, xuddi shunday qon quyilishlar yurak va yurak klapanlarida ham borligini ko’rdik. Jigar va taloq bir oz kattalashgan, buyraklar yuzasida nuqtali qon quyilishlar va oshqozon, ichaklarda gemorragik yalliq’lanishlar, limfa tugunlarining bir necha bor kattalashganligini kuzatdik. Bakteriologik tekshirishlar natijasida tajribada kasallanib o’lgan parrandalar ichki a’zolaridan olingan patologik namunalardan pasterella kulturasi ajratib olindi. Ajratilgan pasterellalar go’sht peptonli bulonda loyqalanish va oqimtir cho’kma hosil qilib o’sdi. Probirka chayqatilganda loyqalanib, soch o’rimi ko’rinishida yuqoriga ko’tarildi. Go’sht peptonli agarda pasterellalar shudringsimon oqimtirko’kish rangda tovlanuvchi alohida – alohida mayda koloniyalar hosil qildi. Go’sht peptonli bulondan, go’sht peptonli agarda o’sgan koloniyalardan surtmalar tayyorlab, mikroskop ostida ko’rganda Gram manfiy yakka va juft tartibsiz joylashgan, mayda ovoid shaklli pasterellalarni ko’rdik. Romanovskiy Gimza usulida bo’yalganlarida pasterellalarning bipolyarligi yaqqol namoyon bo’ldi. 5% li qonli go’sht peptonli agarda koloniya atrofida kam miqdorda gemoliz zonasini paydo qildi. Emlangan parrandalar qon zardobida pasterellalarga qarshi antitelolar titri dinamikasini agglyutinasiya reaksiyasida o’rgandik. Bunda 10, 20, 60, 180, 360 chi kunlar tajribadagi parrandalardan qon olindi. Aggluytinatsiya reaksiyasini qo’yish uchun pasterellyozli antigenni 0,2% glyukoza va 10% normal zardob qo’shilgan go’sht peptonli agarda o’stirilgan pasterella kulturalaridan tayyorladik. Probirkalarni yoki matrasni yengil chayqatish harakatlari bilan agar yuzasida o’sib chiqqan pasterella kulturasi koloniyalarini fiziologik eritmada yuvib suspenziya tayyorladik. Keyin bakteriologik preparatlarning optik loyqalanish standarti bo’yicha suspenziya konsentrasiyasini 1 ml suyuqlikda 10 mlrd mikrob tanachasi miqdoriga yetkazdik. Doimiy aralashtirib turgan holda uning umumiy hajmiga 0,4% formalin qo’shib faolsizlantirdik. Antigenning sterilligini uni go’sht peptonli bulon, go’sht peptonli agar, Saburo agari, Kitt-Tarossi oziq muhitlariga ekib aniqladik. Qishloq xo’jalik parrandalarida pasterellyoz kasalligiga qarshi gidrookisalyuminli farmol vaksinaning immunogenlik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida o’rganish bo’yicha tadqiqotlar natijasida parrandalar qon zardobida pasterellalarga qarshi maxsus antitelolar titri tajriba guruhida o’rtacha 20 kunlikda 1:667, 60 kunlikda 1:1333, 180 kunlikda 1:2133, 360 kunlikda 1:1867 darajani tashkil etdi (7-jadval). Download 327.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling