Mavzu: Paxta to'qimachilik klaster. Ipakchilikda klaster usuli


Download 128.14 Kb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi128.14 Kb.
#1557856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ibrohim

2021-yilda 106 ming gektar maydonda 25 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Respublikada 2020-yilda jami 96 ta paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari faoliyat yuritadi.
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari tomonidan 2020-yilda 906 313 gektar yer maydoniga paxta xom ashyosi yetiriladi. Bu Respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtiradigan umumiy yer maydoning 87,7 %, tashkil etadi.
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta xom ashyosi yetishtirish davrida ilgʻor zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda paxta hosildorligini qoʻshimcha 10 sentnerga oshiradi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari yuqori unumli paxta hosili olish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:

  • chigit ekiladigan yer maydonlarini oziqlantirish uchun xorijdan (Rossiya, Qozogʻiston) fosforli oʻgʻitlar hamda agrotexnik ishlovlar berish davrida zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy prpearatlar Xitoy, Turkiya, Rossiya, AQSH, Avstraliya, Shvetsiya va boshqa davlatlardan xarid qilinmoqda,
    chigit ekish uchun Xitoy, AQSH, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy boʻlgan 6, 8, 10, 12 qatorli xarid qilingan pnevmatik chigit ekish seyalkalarida amalga oshirilmoqda.

  • paxta ekilgan yer maydonlarining sugʻorilishi qiyin boʻlgan joylarda zamonaviy tomchilatib soʻgʻorish texonlogiyalarini joriy etgan holda sugʻorish ishlari amalga oshirilmoqda va gektridan 50-60 sentnerdan paxta yetishtirishga erishilmoqda.

Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta terishni zamonaviy usullaridan foydalanilmoqda, jumladan, AQSH (John Deere), Germaniya (Case), Xitoy va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalarida terib olinmoqda.
Qishloq xo‘jaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayondagi ko‘p bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha ma’lumot berildi. Natijaning qanday bo‘lganligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ma’lumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini e’tirof etishimiz mumkin. Qishloq xo‘jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bu yilgi mavsumda ham paxta-to‘qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo‘l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o‘tgan yillarga nisbatan oshib bormoqda. Zamonaviy klasterlik faoliyati bu raqobatbardosh samarali iqtisodiyotning shakllantirilishi, zamonaviy iqtisodiy vositachisi, u yaratilgan mahsulotlarning iste’molchilarga yetib borishini, ishlab chiqarish hajmining o‘sishini, sog’lom ishlab chiqarish munosabatlari hamda samaradorlikni ta’minlovchi tuzilmadir. Ushbu yutuqlarga erishishning bosh mezoni kaster faoliyatini jahon tajribalariga tayanib, mavjud hududiy hamda tashqi ilmiy salohiyatdan foydalanishdadir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani "Agro To‘rtko‘l tekstil cluster" MChJ" Agro To‘rtko‘l tekstil cluster" MChJ ning fermer va ularga aloqador tashkilotlar bilan uchrashuvda "Agro To‘rtko‘l tekstil cluster" MChJ bilan paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bajarilishining umumiy miqdoriy ko‘rinishi.
Milliy iqtisodiyotimiz uchun yangi bo‘lgan, sanoatning ilg‘or turi klaster sxemasini yaratish va joriy etish asosida paxta xomashyosini etishtirish masalasi bu dolzarb masala. Paxta sanoat klasteri hozirgi kunda faqat paxta xom-ashyosini qayta ishlash bilan emas, ular paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklarga dalalarni shudgorlashdan boshlab paxta hosilini tergungacha davr ichida qanday muammolarga duch kelayotgan bo‘lsa, ushbu muammolarni yechimini birgalikda topishga yaqindan o‘z yordamlarini ko‘rsatyapti. Bu esa kelajakda ikki tomon ham o‘z maqsadiga erishishiga, ya’ni paxta hosildorligining baland bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu yuqoridagi jadvalda o‘z aksini topgan, ya’ni jami tayyorlangan paxta xom-ashyosi 2021-yil reja bo‘yicha 48030 tonna, tayyorlangan paxta xom-ashyosi 48063 tonnaga, yani 100.07 % ga bajarilgan. 2022-yil hozirgi kungacha 49840 tonna rejalashtirilgan, 49953 tonna paxta xom-ashyosi topshirilgan, ya’ni 100.23 % ga bajarilgan.

Download 128.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling