Mavzu: Paxta to'qimachilik klaster. Ipakchilikda klaster usuli
Klaster tizimi — qishloq xo'jaligida yangi imkoniyat va samaradorlik omili
Download 128.14 Kb.
|
Ibrohim
1.3. Klaster tizimi — qishloq xo'jaligida yangi imkoniyat va samaradorlik omiliQishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko'lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e'tiborga molikdir. Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yo'lga qo'yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bo'lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada so'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 tsentnerga oshgani e'tiborga molik. Birgina viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2021-2025 yillar davomida umumiy qiymati 1 trln. so'mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qishloq hududlarida 2,1 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Masalan, O'rta CHirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Ko’kcha Textil” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bo'yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bo'lgan, qiymati 140 mlrd. so'mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish o'rni yaratilayapti. 2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham o'tgan davrga nisbatan mahsulot etishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. e'tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig'imi 10 ming tonnaga ega bo'lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yo'lga qo'yildi. Joriy yilda g'alla etishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga o'tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 tsentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yo'nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana 3 mingga yaqin ish o'rinlari yaratish rejalashtirildi. Yana bir e'tiborga molik jihat — klaster usuli yo'lga qo'yilganidan so'ng sohaga 762,2 mlrd.so'mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini ko'rish mumkin. Masalan, Quyi CHirchiq tumanini misol tariqasida oladigan bo'lsak, yillar davomida bu tumanda paxtachilikda biror yutuq va yuqori hosildorlikka erishilmagan. SHu sababli tumanda bugun fermer xo'jaliklari deyarli saqlab qolinmadi. Ayta olamizki, hozir bu tuman paxta etishtirish bo'yicha lider hududga aylandi. 2020 yil paxtadan 43 tsentnerdan hosil olinib, belgilangan reja 123 foizga bajarildi. YA'ni, respublika bo'yicha eng yuqori hosil olgan tuman sifatida e'tirof etildi. Tumanda mazkur sohada ilgari 1200 nafarga yaqin ishchi mehnat qilgan bo'lsa, klaster tomonidan bugun qariyb 8100 nafardan ziyod odamlarning bandligi ta'minlandi. Soliq tushumlari ham yiliga 8,7 mlrd. so'mdan 30 mlrd. so'mgacha ortdi. SHuningdek, joriy yil hosili uchun paxta maydonlarida tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish natijasida 4364 gektar paxta maydonlari uchun 39,1 mlrd. so'm subsidiya mablag'lari ajratildi. Viloyatda qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish borasida klaster tizimini yo'lga qo'yish o'z samarasini berayotganini inobatga olib, hozirda 8 ta tumandagi fermer xo'jaliklari klasterlarga biriktirilgan. Birgina Bekobod tumanida jami 12 ming 500 gektar maydonda paxta va 14 ming 800 gektarda g'alla etishitiriladi. SHundan 6700 gektar paxta, 5000 gektar g'alla maydoni klaster tizimiga ajratilgan. 250 dan ortiq fermer xo'jaliklari klasterlar bilan shartnoma tuzgan holda faoliyat olib bormoqda.Viloyat hokimning 2021 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan 2022 yil hosili uchun tumanda fermer xo'jaliklari boshoqli don etishtirish bo'yicha g'allachilik klasterlari bilan shartnomalar tuzishdi. Sababi, o'tgan mavsumda 165 ta fermer xo'jaligi g'allani davlatga sotish rejasini bajarishda belgilangan hosildorlikka erisha olmadi. Bu kabi holatlarni har bir tuman misolida ko'rish mumkin. Masalan, Bo'ka tumanidagi “MELEK DON AGRO” MCHJning jamg'arma tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag'laridan jami 37,5 mlrd so'mlik qarzdorligi mavjud bo'lib, shundan fermer xo'jaliklar oldidagi yakuniy hisob-kitoblardagi qarzdorligi 10 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. SHundan kelib chiqib, 14 ming 800 gektar maydon hududda faoliyat ko'rsatib keluvchi “SANTA GROUP AGRO” MCHJga biriktirilib berildi. Biz klaster faoliyatiga oid ba'zi bir raqamlarga to'xtalib o'tdik, xolos. Klaster tizimining joriy etilishi misolida sohada hali muammolar ko'pligini, ularni bartaraf etishda keng ko'lamli ishlar olib borilayotganini ko'rish mumkin. Ish bor ekan, muammolar ham yuzaga kelishi tabiiy. Bir so'z bilan aytganda, klaster tizimi nafaqat qishloq xo'jaligi, balki sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini qamrab olmoqda. Zamon talabiga mos odimlash esa hamisha barcha jabhalarda yutuq va samaralar garovi bo'lib kelgan. YA'ni, klasterlar boqimandalikka chek qo'yib, erkin va samarali mehnat qilishga undaydi. Ekspertlar hisob-kitoblariga koʻra, bugungi kunda dunyodagi ilgʻor davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga oʻtgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud boʻlib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida toʻliq klaster usuli tatbiq qilingan. AQSHda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi. Ularning eng mashhuri sizu bizga tanish boʻlgan “Silikon vodiysi”dir. 87 mingta kompaniya, 40 ta tadqiqot markazi va oʻnlab universitetlar faoliyat yuritadigan mazkur innovatsion klaster infratuzilmasiga 180 ta venchur firmasi, 47 ta investitsiya va 700 ta tijorat banki xizmat koʻrsatib keladi. Xoʻsh, nima uchun jahonning eng ilgʻor iqtisodiyotlari aynan klasterlashtirish yoʻlidan bormoqda? Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz raqobat muhitida yutib chiqishning eng oqilona yoʻlidir. Zero, bunday mexanizm har qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi, nafaqat muayyan hudud, balki davlatning xalqaro maydondagi raqobatdoshligini mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, innovatsion iqtisodiyotga oʻtishning muhim bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda ham mamlakat va jamiyatning mukammal innovatsion qiyofasini yaratishda klaster usulidan foydalanishga katta eʼtibor qaratilyapti. Bunga agrar sohadagi saʼy-harakatlar yaqqol misol boʻla oladi. Ayni paytda paxta-toʻqimachilik klasterlari soni koʻpayib borayotgani, kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi toʻliq klaster tizimiga oʻtishi, yangi tuzilayotgan klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor. Biz bu yoʻnalishdagi islohotlarning ahamiyati haqida mutaxassislar fikri bilan qiziqdik. Download 128.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling