Mavzu: Paxta to'qimachilik klaster. Ipakchilikda klaster usuli
Avvalo, imzolangan bugungi hujjat, hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani bilan tabriklayman
Download 128.14 Kb.
|
Ibrohim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oxirgi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti, xususan, ipakchilik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni qanday baholaysiz Uning qaysi jihatlari sizda qiziqish uyg‘otmoqda
Avvalo, imzolangan bugungi hujjat, hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani bilan tabriklayman. — Rahmat! Hozir kuchli hayajondamiz. Bugungi amaliy kelishuvimiz o‘zbekistonlik hamkorlar uchun ham xayrli bo‘lsin.
— Ayting-chi, “Jampur Croup” kompaniyasi yangi yo‘nalish — ipakchilikni rivojlantirish uchun aynan O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qaror qilganining boisi nimada? — To‘g‘ri aytdingiz, biz uchun ipakchilik sanoati butunlay yangi soha hisoblanadi. Asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishga ixtisoslashtirilgan kompaniyamiz 35 yillik faoliyati davomida dunyoning ko‘plab davlatlarida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ishga tushirdi. Masalan, Xitoyda har xil rusumdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, donni qayta ishlash korxonalari uchun uskunalar, shuningdek, mineral o‘g‘itlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, kon-metallurgiya, gidroenergetika, transport, ayniqsa, dengiz transporti xizmatlari ko‘rsatish sohasida boy tajribaga egamiz. Demoqchi bo‘lganim, iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida faoliyat yuritayotgan bo‘lsak-da, ipakchilikda hali boshlovchimiz. Shuning uchun mazkur sohani chuqur o‘rgandik. Bu jarayonda e’tiborimizni O‘zbekiston ko‘proq tortdi. Sababi, yurtingizda pillachilik jadal sur’atlarda rivojlanib, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda yuqori natijalarga erishilmoqda. Qolaversa, jahon bozorida o‘zbek ipagiga bo‘lgan talab yil sayin ortyapti. Ayni paytda uning har bir kilogrammi 45-50 AQSH dollari atrofida baholanadi. — Oxirgi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti, xususan, ipakchilik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni qanday baholaysiz? Uning qaysi jihatlari sizda qiziqish uyg‘otmoqda? — Bilasizmi, O‘zbekistonda bugun olib borilayotgan shiddatli islohotlarni ipak qurtining pilla o‘rashidek mo‘jizaviy jarayonga o‘xshataman. Ipak qurti juda qisqa, atigi bir oy ichida mahsulot bergani kabi yurtingizdagi hozirgi jadal o‘zgarishlar tez orada yuqori samaralar berishiga ishonaman. O‘zbekiston pilla yetishtirish bo‘yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turishini, ipakchilik sohasida boy tajriba, yuqori salohiyat, eng asosiysi, qadimiz an’analarga ega ekanligini yaxshi bilardik. Ammo kompaniyamiz maxsus ishchi guruhi shu yil may oyida Toshkentga kelgach, investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, biznes yuritish uchun taqdim qilinayotgan imtiyozlar, ipakchilik sohasidagi tizimli o‘zgarishlarga yaqindan guvoh bo‘lib, O‘zbekiston katta imkoniyatlar mamlakati ekanligiga to‘liq ishonch hosil qildik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sohada davlat siyosatini yuritadigan uyushma tashkil etilgani, xorijlik investorlarga soliq imtiyozlari, viza yengilliklari berilgani biz kabi investorlar uchun juda katta qulaylikdir. — Soha mutaxassislarining e’tirof etishicha, ipakchilikka tikilgan sarmoya boshqa sohalarga qaraganda, tezroq foyda bera boshlaydi. Katta daromad ko‘rishni istagan tadbirkor esa tabiiyki,ko‘proq sarmoya tikadi. Shu ma’noda, siz ipakchilik sanoatiga qancha investitsiya kiritish, uni qaysi yo‘nalishlarga sarflashni mo‘ljallayapsiz? — Darhaqiqat, o‘rganishlarimizga qaraganda, agar biznes-reja pishiq bo‘lib, ish oqilona yuritilsa, loyiha uch yilda o‘zini to‘liq oqlaydi. O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti sharoitida bu jarayon yana ham tezlashishi mumkin. Sababi, ishchi kuchi, kommunal to‘lovlar BAA, Xitoy va boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda, juda arzon. Yana bir eng muhim faktor pillachilarning malaka va yosh toifasining maqbulligidir. Aytaylik, ushbu jabhada yetakchi hisoblangan Xitoyda pillachilarning o‘rtacha yoshi 65 ga teng bo‘lsa, yurtingizda ipak qurti parvarishiga, asosan, yoshlar jalb etilgan. Ular bir yilda 3 martagacha yuqori sifatli pilla yetishtirmoqda. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov bilan olib borgan muzokaralardan so‘ng ikkita loyiha ustida to‘xtaldik. Birinchisi, Toshkent viloyatidan “nol” xarid qiymatda yer olib, zamonaviy ipakchilik majmuasini bunyod etish bo‘lsa, ikkinchisi, Qashqadaryo viloyatida ishlab turgan qayta ishlash korxonasi faoliyatini rivojlantirishdir. Qaysi loyihani moliyalashtirmaylik, klaster usulini joriy qilish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Chunki bir kilogramm ipak 40-50 dollar atrofida sotilsa, ushbu xom ashyodan 11 pogon metr mato ishlab chiqarish mumkin. Shu hisobda, uning har pogon metri o‘rtacha 20 dollardan eksport qilingan taqdirda, bir kilogramm ipakni chuqur qayta ishlash evaziga uning tannarxiga 220 dollarga yetkaziladi. Xom ashyoga qo‘shimcha qiymat qo‘shadigan bunday tizimli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda o‘zbekistonlik hamkorimiz har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligi bizni xursand qilmoqda. Ayni paytda loyiha qiymati, quvvati, zarur bo‘ladigan mablag‘ hisob-kitob qilinyapti. Joylarda bo‘lib, pillaxona va ipakchilik fabrikalari bilan tanishgach, belgilanganidan ham ko‘proq investitsiya kiritish istagi tug‘ildi. Ipakchilik loyihasi O‘zbekistondagi investitsiyaviy faoliyatimiz ilk qadamidir. Tez orada Toshkent shahrida kompaniyamiz ofisini ochib, iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham sarmoya kiritish, yangi loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz. XULOSA
Foydalanilgan adbiyotlar https://uza.uz/oz/posts/prezident-ipakchilik-korxonasi-faoliyatini-ko-zdan-kechirdi-18-10-2019 https://yuz.uz/uz/news/klaster-tizimi--qishloq-xojaligida-yangi-imkoniyat--va-samaradorlik-omili https://yuz.uz/uz/news/klaster-tizimi--qishloq-xojaligida-yangi-imkoniyat--va-samaradorlik-omili https://uzts.uz/uzb/paxta-to-qimachilik-klasterlari/ WWW.fayllar.org.com WWW.referat.uz 1 M.Porter Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review. Available at: http://hbr.org/product/clusters-and-the-new-economics-of-competition/an/98609-PDF-EN 2 Настин А.А. Сельскохозяйственный кластер Дании. // «Экономика сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий», 2011, №4. -С. 45. 3 Глотко А.В. Инновационно-кластерная развития АПК. Материалы межрегион. научно-практ. конф. с междунар. участием «Проблемы и перспективы государственно-правового, экономического и социального развития субъектов Российской Федерации», 3-4 октября 2008 г., Горно-Алтайский край, РИО ГАГ. -С.104. 4 Тохчуков Р.Р. Предпринимательский агропромышленный кластер: теоретические основы создания и функционирования в системе АПК. // Современные научные исследования: электронный научный журнал, 19 апреля 2012 г., рубрика: «Экономика». http://www. sni-vak.ru/ info@sni-vak.ru 5 "The Use of Cluster Computing in Agriculture and Related Sectors" dagi Naiyuan Liu, Shengrui Wang va Fulu Tao tomonidan 2019-yilning "Journal of Imaging" da o'qilgan maqoladan olingan - https://www.mdpi.com/2313-433X/5/11/121 Download 128.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling