Mavzu: paypaslagichlilar ( tentaculata ) va pogonoforalar ( pogonophora ) tana shakli; ko’payishi; rivojlanishi


Download 330.84 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi330.84 Kb.
#1483711
1   2   3   4
Bog'liq
zoologiya 1 Davronova Moxichexra

Selom.
Tanasining har bir bo‘g‘imi o‘z selomiga ega. Birinchi bo‘g‘im selomi toq, ikkinchi va uchinchi bo‘g‘im selomlari esa bir juftdan bo‘ladi.
Oziqlanishi.
Pogonoforalarning ichagi bo‘lmaydi. Paypaslagichlari oziq moddalarni yig‘ib, hazm qilish va so‘rish vazifasini bajaradi. Paypaslagichlari tanasi birinchi bo‘g‘imining uzun o'simtasidan iborat; ulaming ichki bo‘shlig‘i selomning davomi hisoblanadi. Paypaslagichlari tuban vakillarida 6-9 ta, boshqalarida 12 dan 200 tagacha, ba’zan bitta bo‘ladi. Paypaslagichlar halqa chambar shaklida tig‘iz joylashganligi tufayli ular o‘rtasidabo‘shliq hosil bo ‘ladi. Paypaslagichning ichki yuzasida juda ko‘p ingichka o‘simtalar - pinnullalar qator bo‘lib joylashgan. Pinnullalar paypaslagichlararo bo‘shliqda qalin to‘r hosil qiladi. Pinnullalar asosidagi kiprikchalaming harakati tufayli suv paypaslagichlar o‘rtasidagi bo‘shliq orqali o'tadi. Bu bo'shliq ichak, pinnullalar esa ichak vorsinkalari vazifasini
o‘taydi. Suvdagi turli oziq moddalar, xususan mayda plankton organizmlar va detrit pinnullalar hosil qilgan to ‘rda tutilib qoladi; shu yerda hazm bo'lib, pinnullalar orqali so‘riladi. Har bir pinnulla bitta yadroli uzun epiteliy hujayrasidan iborat. Pinnullaning ichida ingichka kapillyar naychasi boiadi. Pinnulla ichiga qon kelib turadi. Shunday qilib, oziq moddalar pogonoforalar tanasidan tashqarida hazm bo‘ladi.
Qon aylanish sistemasi
yopiq, orqa va qorin qon tomirlari bo'ladi.
Paypaslagichlarining asosida orqa qon tomiri kengayib, muskulli “yurak”ni hosil qiladi. Ayrim pogonoforalaming orqa qon tomiri ustida perikardiy pufakchasi ham bo‘ladi. Qon orqa qon tomirdan tananing oldingi tomoniga
oqadi. Orqa qon tomiridan paypaslagichlarga qon tomirlari ketadi. Paypaslagichlardan qon olib chiqadigan tomirlar tutashib, qorin qon tomirlarini hosil qiladi. Plazmasidagi gemoglobin tufayli qon qizil rangli
bo‘ladi.
Download 330.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling