Mavzu: paypaslagichlilar ( tentaculata ) va pogonoforalar ( pogonophora ) tana shakli; ko’payishi; rivojlanishi


Download 330.84 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi330.84 Kb.
#1483711
1   2   3   4
Bog'liq
zoologiya 1 Davronova Moxichexra

Ko‘payishi.
Mshankalar jinsiy va jinssizko‘payadi. Jinssiz ko‘payish kurtaklanishdan iborat. Koloniya kurtaklanish natijasida hosil bo‘ladi. Kurtaklanadigan koloniyaning biror joyida dastlab bo‘rtiqcha hosil bo'ladi. Bo‘rtiqcha cho‘zilib kurtakka aylanadi; uning ayrim qismlaridan ichak, nerv gangliysi, paypaslagichlar va boshqa organlar rivojlanadi. Hosil bo ‘lgan yangi individlar ona organizmidan ajralib ketmasligi tufayli koloniya hosil bo‘ladi.
Chuchuk suv mshankalarida tashqi kurtaklanish bilan bir qatorda ichki kurtaklanish ham sodir bo‘ladi. Buning natijasida statoblastlar deb ataladigan mshankalarning qishlovchi stadiyasi hosil bo‘ladi. Statoblastlar tashqi tomondan ikki qavat qobiq bilan o'ralgan mezoderma hujayralaridan iborat. Kuzda koloniya yemirilib, ulardan statoblastlar chiqadi. Bahorda statoblastlar qobig'i yorilib, mshankalar kurtaklanish orqali yangi koloniyalar hosil qiladi. Mshankalar ichki kurtaklanishining mohiyati va biologik ahamiyati ko‘p jihatdan g ‘ovaktanlilar gemmulasiga o'xshaydi.
Rivojlanishi.
Kо‘pchilik mshankalarning lichinkasi oetsiy yoki gonozoidlar ichida rivojlanadi. Embrion zarar oziqni ona organizmidan oladi. Bir qancha mshankalarning embrional rivojlanishi davrida poliembrioniya sodir bo‘ladi. Buning natijasida bitta tuxum hujayradan 100 yoki undan kо ‘proq lichinka rivojlanib chiqadi. Ko‘pchilik turlarining lichinkasida ikki tavaqali chig‘anog‘i bo'ladi. Lichinka sifonaut deb ataladi. U kiprikchalari yordamida birmuncha vaqt suzib yuradi. Lichinka qorin tomonidagi so‘rg‘ichlari yordamida substratga yopishib oladi. Uning organlari o‘zgarib, qaytadan hosil bo‘ladi va voyaga yetgan hayyonga aylanadi.
POGONOFORALAR (POGONOPHORA) TBPI
Pogonoforalar asrimizning boshlarida fanga ma’lum bo‘lgan. 1914 yilda fransuz zoologi Kolleri pogonoforalarning birinchi vakili (Siboglinum) ni aniqlab berdi. Uning ikkinchi vakili Lamellisabella 1933 yilda topildi. Zoologlar dastlab pogonoforalami chuvalchanglar guruhiga kiritishgan. Faqat shved olimi Ioganesson bu hayvonlami mustaqil sinfga
ajrataib, pogonoforalar nomini beradi. Pogonoforalar tuzilishini va embrional rivojlanishining asosiy xususiyatlarini rus olimi
A. B. Ivanov (1955, 1960) batafsil о ‘rganib ularga, mustaqil tip sifatida tavsif bergan.
Pogonoforalar-ikkilamchi tana bo'shliqli hayvonlar. Dengizning juda chuqur (3-10 ming m) qismida o‘troq hayot kechiradi. Ulaming tanasi 15 sm dan 1,5 m gacha uzunlikdagi nay ichida bo‘ladi. Bu nay hay von terisidagi bezlaraing suyuqligidan hosil bo‘ladigan tiniq va yupqa xitindan iborat.Pogonoforalar nayining yuqori qismi loydan chiqib turadi. Ko‘pchilik turlarining tanasi uzun va ingichka, yo‘g‘onligi mm ning bir necha ulushidan boshlab 0,5 m gacha bo‘ladi. Tashqi tuzilishi. Gavdasi uzun va ipsimon bo‘lib, to‘rtta birlamchi bo‘g‘imlardan iborat. Birinchi tana bo‘g‘imi qisqa, ikkinchisi uzun, uchinchisi va to‘rtinchisi juda cho‘zilgan bo‘ladi. Birinchi bo‘g ‘imida paypaslagichlari, ikkinchi bo‘g‘imida kutikuladan hosil bo‘lgan ikkita qiyshiq
pushtachasi (suvliq) joylashgan (209-rasm). Uchinchi bo‘g‘im tana deyiladi. Bu bo‘g‘im sirtida juda ko‘p xitin plastinkalar bo‘ladi. Plastinkalar hayvon harakatlanganida nay devoriga tayanish uchun xizmat qiladi. Oxirgi to'rtinchi tana bo‘g‘imida mayda qillar bo‘ladi. Bu qillar yordamida hayvon loyni kovlaydi. Pogonoforalaming to‘rtinchi tana bo‘g‘imida boshlang‘ich ikkilamchi bo‘g‘imlar ham bo‘ladi. Tana devori bir qavat bezli epiteliy hujayralardan va ulami qoplab turadigan kutikuladan iborat. Epiteliy ostida yupqa halqa muskullar va ancha qalin bo ‘ylama muskullar hamda ichki (peritonal) epiteliy qavatlari
bo'ladi.

Download 330.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling