Mavzu: paypaslagichlilar ( tentaculata ) va pogonoforalar ( pogonophora ) tana shakli; ko’payishi; rivojlanishi


Download 330.84 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi330.84 Kb.
#1483711
1   2   3   4
Bog'liq
zoologiya 1 Davronova Moxichexra

Hazm qilish sistemasi.
Ichaklari hamma o ‘troq yashovchi hayvonlar singari taqasimon shaklda bo‘ladi. Og ‘iz teshigi paypaslagichlar chambari
ichida joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasi qisqahalqum, uzun qizilo‘ngach, xaltaga o‘xshash keng oshqozon va ingichka ichakdan iborat. Ichagi paypaslagichlaridan orqaroqda chiqaruv teshigi bilan tashqariga
ochiladi. Mshankalar turli mayda plankton organizmlar, xususan, bir hujayrali hayvonlar, suv o‘tlari, boshaylangichlilar bilan oziqlanadi.
Mshankalar tana yuzasi orqali nafas oladi. Qon aylanish sistemasi rivojlanmagan. Ayirish organlari bo‘lmaydi. Modda almashinuv mahsulotlari paypaslagichlaridagi fagotsit hujayralar yordamida paypaslagichlar yoki ichagi devoridan chiqarib turiladi.
Nerv sistemasi
Yagona halqumusti nerv gangliysidan va undan paypaslagichlari hamda boshqa organlarga ketadigan periferik nervlardan
iborat. Paypaslagichlari sirtida joylashgan sezgir tukchalar sezgi organlari hisoblanadi.
Jinsiy sistemasi - germafrodit. Jinsiy hujayralar ichki epiteliy ostidayoki tana devorida hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi organizm ichida urug’lanadi. Urug‘langan tuxum maxsus selomik teshik yoki kiprikli naycha orqali suvga chiqariladi. Ayrim mshankalarning zigotasi amyoba singari
harakatlanish xususiyatiga ega. Ko‘pincha urug‘langan tuxum hujayrasi terisi yuzasiga yopishib turadi yoki maxsus tuxum xaltasi – oetsiy ichiga tushib rivojlanadi.
Koloniyasining tuzilishi.
Mshankalar koloniyasidagi indi vidlar tuzilishi va funksiyasiga ко ‘ra bir necha xil bo‘ladi. Individlarning kо‘pchiligi
oddiy hujayralardan, ozroq qismi esa oetsiylardan iborat. Oetsiylar xaltaga o‘xshash bo‘lib, ulaming ichidagi bo'shliqda tuxumdan lichinka yetishib chiqadi. Ayrim mshankalar koloniyasida bir necha individlar tez o‘sib,
xumga o‘xshash shaklga kiradi. Gonozoid deb ataladigan bunday individlaming tana bo‘shlig‘ida uruglangan tuxum hujayrasidan poliembrioniya natijasida bir necha lichinkalar rivojlanib chiqadi. Koloniyada himoya vazifasini bajaradigan individlar - avikulyariylar ham bo‘ladi.
Avikulyariylar tashqi ko‘rinishdan qushning boshiga o‘xshash bo‘ladi. Bunday individlar oziqni tutib olib, o‘ldirish vayutish xususiyatiga ega.

Download 330.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling