Oʻzbekiston Respublikasi Mavzu: Alkinlarning olinishi xossalari


Download 0.73 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1527884
  1   2   3   4
Bog'liq
Gulshanoy 2023

Oʻzbekiston Respublikasi

Mavzu: Alkinlarning olinishi xossalari.

Alkinlar — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3-C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3-CH2-C≡CH va hokazo. Xalqaro nomenklatura boʻyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning -an qoʻshimchasi oʻrniga -in qoʻshimchasi qoʻyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanlar va kalsiy karbiddan olinadi. 

Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʼzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi. Alkinlar va ularning hosilalaridan kundalik hayotda, texnikada keng qoʻllaniladigan: sirka aldegidi, sirka kislotasi, benzol, polivinilxlorid, poliakrilonitril, vinilatsetilen, sintetik kauchuk va boshqa moddalar olinadi.

Alkinlarning nomlanishi alkenlarga oʻxshash. Xalqaro nomenklatura boʻyicha alkinlarni nomlashda [[alkanlarning -an suffiksi -in suffiksiga almashtiriladi. Uch bog' asosiy zanjirga kirishi kerak. Uglerodlar karrali bogʻ yaqin joylashgan chekkadan boshlab raqamlanadi.

Alkinlarning radikallari boshqa uglevodorodlarning radikallariga oʻxshab nomlanadi: CH≡C- "etinil". Alkinlarning gomologik qatori: Etin (atsetilen): C2H2 Propin: C3H4 Butin-1: C4H6 Pentin-1: C5H8 Geksin-1: C6H10 Geptin-1: C7H12 Oktin-1: C8H14 Nonin-1: C9H16 Detsin-1: C10H18


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling