Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo’yiladigan talablar. Reja


Download 23.51 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi23.51 Kb.
#1334755
  1   2   3
Bog'liq
Pedagogik dasturiy vositalar yaratilishi




Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo’yiladigan talablar.
Reja

  1. PDV ga qo’yiladigan talablar

  2. Metodik talablar

Kursini o’qitish uslubiyatini takomillashtirishdagi muhim yo’nalishlardan biri bu yangi o’quv predmeti bo’yicha yaxlit o’quv-uslubiy majmua (O’MK)ni yaratish hisoblanadi. IHTA kursi bo’yicha O’MKning alohida xususiyati shundaki, u o’z ichiga faqat darslik va uslubiy qollanmalar, oqish uchun kitoblar tizimini emas, shuningdek, PDVlarni qo’llash boyicha uslubiy qo’llanmalarni va nihoyat, PDVlarning o’zini ham qamrab oladi», deb yozadi A.A.Kuznetsov o’zining «O’rta maktabda informatikani o’qitish uslubiy tizimining rivojlanishi» mavzusidagi ma‘ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasida O’quv-uslubiy majmua tarkibiga tegishli bo’lgan PDVlarni yaratishdagi eng muhim masalalardan biri kompyuter bilan ishlayotgan o’quvchining o’zini his qilishi masalasi.
Kompyuterli mashg’ulotlarning o’quvchi organizmiga ta‘sirini o’rganishga qaratilgan qator tadqiqotlar olib borilgan. Ko’pgina tadqiqotlarda PDVlarga qo’yiladigan metodologik, didaktik, psixologik, texnik,fiziologik-gigienik talablar ko’rsatib o’tilgan.
Bizning tadqiqotimiz PDVlarni ta‘lim jarayonida qo’llash bilan mazkur talablarning qay darajada o’rinli ekanligini o’rganish va ularni to’ldirishga ham qaratildi.
A.S.Lesnevskiy PDVlarga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishda, birinchidan, didaktika prinsiplari mazmunidan; ikkinchidan, kompyuterning didaktik funksiyalaridan; uchinchidan, dastur vositasi tuzilishidan kelib chiqib yondashgan.
Tadqiqotlarda kompyuterli faoliyatning o’sayotgan organizmga ta‘siri va bu faoliyatni
o’quvchini charchatmagan holda tashkil qilishning eng maqbul sharoitlari o’rganilgan.
Tadqiqotlar xulosasi mashg’ulotlarni kompyuter yordamida tashkil qilish mumkinligini, biroq bunda belgilangan gigienik talablarga amal qilish lozimligini ko’rsatadi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo’yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:
ilmiylik, tushunarli, qat‘iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o’quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta‘minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o’rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to’ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko’rgazmalilik, faollashtirish (o’qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o’qitish natijalarini o’zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o’qitish, tarbiyalash,rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi. Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, ma‘lum bir faning o’ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o’zaro bog’liqliligi, o’zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga quyidagilar kiradi: idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv),
tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko’rgazmali-amaliy), diqqati (qat‘iyliligi, boshqaga ko’chishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko’rgazmalilik, o’z vaqtida qayta aloqa yordamida o’quvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda rag’batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olib, o’quv fani mazmuni hamda o’quv masalalari murakkablik darajasi o’quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o’quv materialini o’zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta‘sirlanishdan himoyalash) kiradi. Texnik talablarga quyidagilar kiradi: zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o’tkaziladigan manbalar kiradi.

Download 23.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling