Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo’yiladigan talablar. Reja
Download 23.51 Kb.
|
Pedagogik dasturiy vositalar yaratilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
1. Dasturdagi tovushlarga qo’yiladigan talablar. PDVda foydalaniladigan biror tovush yoqimsiz, mazmundan uzoq bo’lmasligi kerak. Tovush o’quvchining diqqatini jamlashga yordamlashishi hamda mazmun bilan bog’liq bo’lishi zarur. Biror qoida yoki harakat usuli musiqiy asosga ega bo’lsa, u o’quvchi tomonidan yaxshi eslab qolinadi. 2. Interfeysning qulayligi prinsipi. Interfeysning oddiyligi muhim ko’rsatkich
hisoblanadi. Chunki shu tufayli o’quvchi asosiy faoliyatga tez va oson kirisha oladi. Interfeys ko’p hollarda piktogramma ko’rinishida bo’ladiki, bunda o’quvchining ko’rsatilgan variantlardan birini tanlashi qulay kechadi. Piktogrammalarni tanlash, ma‘lumotlarni kiritish va ekrandagi kadrlarni o’zgartirishda ham tugmachalar majmuidan, ham «sichqoncha»dan foydalanish imkoniyatini nazarda tutish lozim. Shuningdek, dasturning oddiy bo’lishiga, uni boshqarishda oz sonli tugmachadan foydalanilishiga, uni kompyuterda ishlash malakasi yuqori bo’lmagan o’quvchilar ham qiyinchiliksiz ishlata olishiga e‘tiborni qaratish kerak. III. Texnik talablar. PDV qandaydir rusumli kompyuterga mo’ljallab yaratilar ekan, ma‘lum darajada texnik talablarga javob berishi shart. Shunday talablar mazmunini ko’rib chiqamiz. 1. Dasturning universalligi. Albatta, PDVni yaratuvchi dasturchilar imkoniyati yuqori bo’lgan Pentium IV, Pentium V rusumli kompyuterlarda ishlaydi va dasturni shunday kompyuterda tuzadi. Biroq maktablarning barchasi ham bunday kompyuterlarga ega emas. Shuning uchun dastur tuzilayotganda uning kompyuter xususiyatiga to’la bog’liq bo’lmagan holda ishlay olishiga ahamiyat berish zarur. Zero, tezkor kompyuterda yaratilgan dastur quyi imkoniyatli kompyuterda kutilgan tezlikda bajarilmaydi. Pirovardda, samaradorlikni oshirishga emas, balki ta‘lim jarayoni natijasining pasayishiga olib keladi. 2. Dastur ishining uzluksizligi. O’quvchi o’zi uchun notanish vaziyatga tushgach, ixtiyoriy tugmachalarni bosadi va bu bilan ekranda qanday o’zgarish bo’lishini kutadi. Shu bois o’quvchi kiritgan ma‘lumot tezda qayta ishlanishi va unga tegishli xabar berilishi lozim. Dastur qandaydir ma‘lumotni uzoqroq vaqt izlayotganda yoki qayta ishlayotganda ekranda bu «harakat»ni tushuntiruvchi yozuvni chiqarish va shu tarzda o’quvchini tinchlantirish kerak. Shunda ham o’quvchi tugmachalarni ketma-ket bosib ishni tezlashtirishga harakat qiladi. Bunday tugmachalarning jarayonga ta‘siri esa dasturdagi tegishli yo’llar bilan bartaraf qilinadi. Topshiriqlar: 1. Pedagogik dasturiy vositalar talablari haqida ma’lumot bering 2. Dars jarayonida pedagogic talablardan qanday foydalanish mumkin. Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling