Mavzu: pedagogik fanlarni o’qitish shakllari reja: kirish asosiy qism
Download 41.97 Kb.
|
PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy bilim
- Tekshiruvi
Bilim – nazariy va amaliy faoliyat natijasida о‘rgangan, esda saqlab qolingan, qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir.
Bilimmlar о‘z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur va yuzaki, moslanuvchan va shablonli, mustahkam va mustahkam bо‘lmagan turlariga bо‘linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosil bо‘ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. Chunki, nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) yetaoli darajadagi xususiyatlarni texnika va texologiyalardan hodisasini (yavleniy) va ularning obyektiv munosabatini bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, hodisasini va boshqalarning tо‘g‘ridan tо‘g‘ri amaliy faoliyatga kiritilganligini bildiradi. Malaka – bu о‘quvchining avtomatik ravishda yо‘naltirilgan holda birorta ishni baholash qobiliyatidir. Kо‘nikmalar: aqliy (xotira va fikrlash), sensorli (qabul qilish kо‘nikmasi), dvigatelli harakati (psixomotorli) va volevoyli. Kо‘nikma - yangi sharoitda insonning (mutaxasisning) ishni sifatli, keraklihajmda va ajratilgan – belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir. Kо‘nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi bо‘lib, bu kо‘nikma о‘qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi. Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bо‘lgan shaxsning shaxsiy –psixologik sifati belgisidir. Qobiliyat tug‘ma bо‘lmasdan uning kо‘zga tashlanishi yoki ajralib turishi muhitga, о‘rganishga, tarbiyaga bog‘liqdir. qobiliyatning tug‘ma kо‘rinishi uning qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bо‘lgani uchun bular rivojlantirilsa, tо‘g‘ri yо‘lga solishsa qobiliyat yuqori chо‘qqiga chiqadi. Bilim, malaka va kо‘nikma, qobiliyat о‘zaro bog‘liq bо‘lib, ularni alohida-alohida baholash juda murakkab. О‘quvchilarning bilim, malaka va kо‘nikmalarini baholash ustozning, о‘qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham о‘qituvchi о‘quv sharoitida har bir о‘quvchini diqqat bilan kuzatib,о‘rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur. Umumta’lim, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy о‘quv yurtlardagi texnikaviy, texnologik fanlar bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarini baholash usulalri va shakli asosan birxildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya’ni amaliyotni, kasbiy yо‘naltirilganlik, malaka va kо‘nikmalarga bо‘lgan talabning kо‘prog‘i va boshqalar bilan bog‘liqdir. Mashinasozlik fanlarini о‘rganishda bilim, malaka va kо‘nikmalarni baholashning quyidagi turlari mavjud: Joriy – og‘zaki sо‘rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, о‘qituvchining kuzatib borishi, dasturli nazorat. Davriy – har bitta mavzuning о‘tgandan keyin tekshirib borish. Yakuniy – nazorat ishlari, zachetlar, imtihon va bitiruv ishlari. О‘quvchilarning bilim, malaka va kо‘nikmalarini nazorat qilishda uchta asosiy funksiya (vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, о‘rgatuvchi va tarbiyalovchi. Tekshiruvi – nazorat qiluvchi – о‘quvchilarning guruh о‘quvchilarining о‘zlashtirganlik darajasini belgilab borish (ya’ni bilimi, malakasi va kо‘nikmasi). О‘rgatuvchi – har bir о‘quvchining bilimi, malakasi va kо‘nikmasining tekshirish natijasida boshqa о‘quvchilar о‘zlarining bilim, malaka va kо‘nikmalarini taqqoslaydi va о‘ziga xulosalar chiqaradi. Shu bilan birga о‘qituvchi umumiy kamchiliklarga ham tо‘xtalib о‘tishi natijasida boshqa о‘quvchilarga saboq bо‘ladi. Download 41.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling