Mavzu: Pedagogik fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja


-rasm. An`anaviy va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta`lim afzalliklari


Download 31.14 Kb.
bet5/6
Sana05.04.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1273608
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 Mavzu

1.2.1-rasm. An`anaviy va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta`lim afzalliklari

Zamonaviy texnologiyalar o’qitish usullarini ham takomillashtirishga ishonch hosil qilish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar ta`lim jarayoniga yangi terminlarni olib kiradi. Keyingi vaqtlarda elektron lektsiyalar, ya`ni elektsiya tushunchasi paydo bo’ldi. Elektsiya - bu komp`yuter tarmoqlari orqali tarqatiluvchi lektsiya materiallaridir. Elektsiya nafaqat ma`ruza matnlaridan balki o’quvchini bahslarga tayyorlashga xizmat qiluvchi o’quv materiallari, maqolalar, ularning qisqartmalaridan tashkil topishi mumkin.


Kommunikatsiya asosida «ko’pchilik-ko’pchilik» ta`limi – o’quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning o’zaro faolligi bilan xarakterlanadi. Jamoaviy yaquv bahslari va konferentsiyalarning o’tkazilishi bu metodning rivojlanishiga olib keladi. O’quv muloqotlari o’quvchilar-o’qituvchi va o’quvchilar-o’quvchilar shaklida bo’ladi. Bu metod sinxron va asinxron audio, audiografik, video va komp`yuter konferentsiyalari texnologiyalariga asoslanadi.
Komp`yuter kommunikatsiya texnologiyalari bahslar, modellashtirish, aqliy hujum, Del`fi metodi, forumlar, loyihalash guruhlari kabi o’qitish metodlaridan faol foydalanishga imkon beradi.
Pedagogik ta`lim muhitining samarasi, yangi texnologiyalar negizida o’qitish mazmunining rivojlanishiga, ta`lim muhiti interfaolligi rivojiga, ta`lim jarayonida o’quvchining faolligini rivojlantirishga, moslashuvchan o’quv jarayonining tashkil etilishiga bog`liqdir.
Zamonaviy komp`yuter va telekommunikatsiya texnologiyalari oliy pedagogik ta`lim mazmuni rivojlanishini ta`minlaydi. Bu texnologiyalar:
- ta`lim mazmunini tashkillashtirish;
- ta`lim mazmuniga oid elementlarni bog`lash;
- axborotlarning turli ko’rinishlaridan foydalanish;
- kurslarni darslar(mavzular) majmuasi ko’rinishida taqdim etish;
- darsni virtual harakatlar tizimi sifatida yaratish;
- o’quv materiallarini o’zlashtirishning ketma-ketligini ta`minlash;
- o’quv materiallari mazmunini o’quvchiga moslashtirish;
-turli sohalarda ta`lim mazmunini rivojlantirish (kurs yaratuvchilar, o’qituvchilar, metodistlar,o’quvchilar);
-o’quv maqsadlariga erishishda, professional bahslardan foydalanish uchun vosita bo’lib xizmat qiladi.
Zamonaviy texnologiyalar ta`lim beruvchilarning ham, ta`lim oluvchilarning ham faolligini oshiradi. Bunday faollik muhiti, o’zaro ijodiy hamkorlikning sifatini va samaradorligini yangi bosqichga ko’taradi.
Jadal sur`atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar o’quv jarayonining tez takomillashishini va yangi texnologik muhitga moslashishini taqozo etadi. Moslashuvchan o’quv jarayonini tashkil etish zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, o’quv materiallarini yaratishning turli:

  • komp`yuter o’rgatuvchi tizimlarining arxitekturasini yaratish;

  • amaliy o’rgatuvchi komp`yuter dasturlarini shakllantirish;

  • o’qitishning turli usullari va vositalari orqali aniq o’quv jarayonini shakllantirish bosqichlarida moslanuvchanlik printsipining bo’lishini talab etadi. Bunday printsip asosida tayyorlangan o’quv materiallari o’quvchining bilim darajasi, malakasi, psixologik xususiyatlari, o’quv guruhlarining o’ziga xos xususiyatlari va o’qitishning ijtimoiy-madaniy jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi.

O’quv jarayoni uchun texnologiyalarni tanlashda quyidagilarga muhim omillar sifatida e`tibor qaratish lozimligini alohida ta`kidlash mumkin:

  • o’quv jarayonida yangi texnologiyaning o’zi emas, balkim undan foydalanib ta`limning maqsadlariga erishishni ta`minlashning muhimligi;

  • eng zamonaviy va qimmat texnologiyalar bilan bir qatorda, arzon va an`anaviy texnologiyalar ham samara berishi mumkinligi;

  • o’qish natijalari telekommunikatsiya yoki axborot texnologiyalarining turiga qarab emas, balki kurslarni yaratish va uzatish sifatiga bog`liqligi;

  • texnologiyalarni tanlashda o’quvchining shaxsiy xususiyatlariga, alohida olingan fan sohasining o’ziga xos tomonlariga, o’quv mashg`ulotlari, topshiriqlari va mashqlarining mazmuniga e`tibor qaratish lozimligi;

  • texnologiyalarni tanlashda, eng samarali yo’llardan biri - bu mul`timedia yondashuvidir.

Ta`lim mazmunini va uning sifatini yaxshilash masalalari ustuvor yo’nalish sifatida qaralayotgan paytda ta`limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, uning rivojlanishiga va samaradorligining ortishiga zamin yaratadi.
Komp`yuterlarning ta`limda keng qo’llanilishi natijasida «ta`limning yangi axborot texnologiyalari» termini paydo bo’ldi. Umuman aytganda, har qanday pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyasidir, chunki ta`limda texnologik jarayonning asosini axborot va uning harakati (o’zgarishi) tashkil etadi. Bizning fikrimizcha, komp`yuterdan foydalanishga asoslangan ta`lim texnologiyalari uchun «komp`yuter texnologiyalari» termini munosibdir.
Komp`yuter texnologiyalari dasturiy o’qitish g`oyasini rivojlantiradi, komp`yuter va telekommunikatsiyalarning katta imkoniyatlari bilan bog`liq o’qitishning mutlaqo yangi texnologik variantlarini ochib beradi. Komp`yuter (yangi axborot) texnologiyalari – komp`yuter asosida o’quvchiga axborotlarni tayyorlash va etkazish jarayonidir. Komp`yuter texnologiyalari quyidagi variantlarda namoyon bo’lishi mumkin:

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling