Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja
Download 221.52 Kb. Pdf ko'rish
|
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY MATERIAL
Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja : 1. Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish. Ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni o‘quvchi-yoshlarga ta'lim- tarbiya berishni maqsadi 2. Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanishga oid bilimlarni rivojlantirish, ta'lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni tashkil etish pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish NAZARIY MATERIAL Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish. Ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni o‘quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishni maqsadi Insonoliy va yetuk mavjudot sifatida o‘zining shirin orzulari, umidlari, o‘y xayollari og‘ushida yashaydi. U o‘z umrini mangulikka daxldor ishlar bilan bezash va ma'naviy yuksalish sari intilishga bag‘ishlaydi. Shu yo‘lda u tinimsiz mehnat qilishni istaydi. Xar bir inson o‘z ish joyida o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘l bilan ijod qiladi va mehnati natijalaridan zavqlanib yashaydi. Biroq xayot xamisha xam bir maromda kechmaydi, rejalar osonlikcha amalga oshavermaydi. Uning yo‘lida turli to‘siqlar va mashaqqatlar paydo bo‘ladi. Inson ularni yengib o‘tishi uchun kurashadi. U kurash uchun yaratilgan, zero xayot-kurashlar maydonidir. Bu kurash goho g‘alaba olib kelsa, goho g‘am tashvishlar olib keladi. Biroq irodali inson tushkunlikka tushmay kurashni davom ettiradi-bu uning insoniylik mohiyatida bor. Mohiyat esa kurash shaklini belgilaydi. Umr esa o‘taveradi. Afsuski umr abadiy emas. Inson xayoti Yaratgandan unga «qarzga» berilgan. Bularni o‘ylab u shoshiladi. Ezgu ishlar esa uzoq umr ko‘rishni sog‘lom bo‘lishni talab qiladi. Afsus insonning jismi temir emas-da. U tinimsiz mehnati jarayonida sarflangan kuch- quvvatini tiklashga muhtoj -turli xil kasalliklardan o‘zini asrashi kerak, to‘g‘rirog‘i asray bilishi lozim. O‘zini uzoq umr ko‘rishga, sog‘lom va farovon xayot kechirishga tayyorlash kerak. Buning yo‘li bormikan? Bu yo‘l sog‘lom turmush tarzi yo‘lidir. Sog‘lom turmush tarzi-bu iroda va faollikni tarbiyalash, zararli odatlardan voz kechishni tarbiyalashdir. Kasalliklarning oldini oladigan muhim vosita sog‘lom xayot tarzi hisoblanadi. Butun jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan e'lon qilingan, rad qilib bo‘lmas ba'zi dalillari ham sog‘lom turmush tarzining naqadar zarur va muhim bosqich ekanligini ko‘rsatadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, inson salomatligining «sifatli o‘tish» va uzoq umr ko‘rishi: - 50 foizdan ortiqrog‘i sog‘lom turmush tarziga; - 20 foiz irsiy omillarga; - 20 foizi atrof muhitga; -8-10 foizi tibbiy xizmat vositalari ulushiga to‘g‘ri kelar ekan. Sog‘lom xayot tarzi- uzoq vaqtgacha ijodkorlik bilan uzoq umr ko‘rishning muhim vositalaridir. Ana shu sog‘lom xayot tarzini tutib turishimizga nima halaqit beradi? Shunisi qiziqki bizning o‘zimiz halaqit beramiz. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, har bir inson o‘z tana a'zolarining zahiraviy imkoniyatlarini oshirish uchun, ularni muntazam ravishda chiniqtirib, tarbiyalab borishi lozim. Salomatlik zahiralarini yaratish uchun sog‘lom turmush tarzining quyidagi qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi: 1. Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish. Xaftasiga organizmga kamida 6 soat jismoniy yuklama berish. 2. Aqliy va jismoniy mehnatni me'yorda olib borish. Mehnat bilan dam olishni galma-gal va mazmunli tashkil qilish. 3. Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishning tashkil etish. 4. Zararli odatlardan yuz o‘girish. 5. Organizmni chiniqtirish. 6. Toza xavoda xar kuni kamida 2-3 soat bo‘lish. 7. Kun tartibiga qat'iy amal qilish (8 soat uxlash). 8. Ehtiyoj tug‘ilganda turmush tarzini va ishni o‘zgartirish. 9. Turmush, ishdan va o‘qishdan qanoatlanib yashash. Xayotdan zavqlanib yashash. Salomatlik-bu nafaqat kasallik yo‘qligi balki to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikdir. Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (Avisenna) ming yil avval insonning jismoniy, ma'naviy ruhiy va tibbiy holati uyg‘unligini sog‘lom turmush tarzi sifatida belgilab bergan. Shuning uchun, sog‘lom turmush tarzi tushunchasi-bu nafaqat jismoniy farovonlikka intilish, balki ma'naviyatga, hotirjamlikka intilishdir, uning oqibati sog‘liqni tibbiy jihati bilan belgilanadi. Respublikamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shakllantirish tizimi yaratildi. Asosiy maqsad esa, insonlarning o‘z salomatligiga bo‘lgan ma'suliyatini oshirish, salomatlikka eng oliy qadriyat sifatida qarashni shakllantirishdir. Bu maqsadga erishish na faqat tibbiyot xodimlari shuningdek barcha jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishni talab etadi. Salomatlik va tibbiy statistika instituti quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi: - Xalq ta'limi vazirligi - Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi - Xokimiyatlar - Mudofaa va ichki ishlar vazirliklari - Maxala jamg‘armasi - Qamolot yoshlar ijtimoiy harakati - «Sog‘lom avlod uchun» hayriya jamg‘armasi - «Oila» jamg‘armasi - Diniy boshqarma - OAVlari - Xotin-qizlar qo‘mitasi - Madaniyat ishlari va sport vazirligi Sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida shakllantirish va kasalliklarni oldini olish mavzularida dunyo tajribalarini o‘rganish va samarador usullarini amaliyotga tatbiq etish borasida MDH, Salomatlik va tibbiy statistika instituti ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlikda faoliyat olib boradi. Maqsad: aholiga ma'lumot berish, salomatlikni saqlash va mustaxkamlash masalalari bo‘yicha jamoat fikrini shakllantirishdir. Quyidagi vazifalar institut tomonidan amalga oshirilmoqda: - Respublika va mintaqaviy televidenie bilan birgalikda qator ko‘rsatuvlar, videofil'mlar va videoroliklar tayyorlash. - Radioto‘lqinlar orqali sil, o‘tkir oshqozon-ichak infeksiyasi, OITS profilaktikasi, donorlikni targ‘ib etish, zararli odatlarni oldin olish, STT masalalariga bag‘ishlangan bir qator eshittirishlarni efirga uzatish. - Matbuotda «Sog‘lom turmush tarzi» mavzusida maqolalar chop etish. - Respublika va maxalliy ro‘znoma hamda junallarda sog‘lom xayot tarzi mavzulariga bag‘ishlangan sahifalar tashkil etish va maqolalar bilan boyitib borish. Salomatlik va tibbiy statistika instituti asosiy faoliyatilaridan biri bu ko‘rgazmali axborot materiallari ishlab chiqish, chop etish va tarqatishdir. Salomatlik va tibbiy statistika institutining Internet-resurslari mavjud. Quyidagi Saytlar yaratilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda: Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlik va tibbiy statistika instituti Asosiy muammolar 1. Tizimda kadrlarga bo‘lgan ta'minotni yaxshilash; 2. Moddiy texnika ta'minotini yangi zamonaviy vositalar bilan boyitish; 3. Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash; 4. Targ‘ibot va tashviqot ishlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda chet el va mahalliy jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Salomatlik va tibbiy statistika instituti, tizimda isloh qilishni davom ettirib,quyidagi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan: 5. Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlari bo‘yicha vrach mutaxassislarni tayyorlash; 6. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish tadbirlarini yoritishda ommaviy axborot vositalari (televidenie, radio va matbuot)dan keng foydalanish; 7. Ijtimoiy tekshirishlarni kuchaytirish va baholash; 8. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha chet el mamlakatlari tajribalarini o‘rganish orqali xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash; 9. Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlari bo‘yicha 2008-2015 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasini tadbiq etish va uning bajarilishini ta'minlash. Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Mustaqilligimizni asrab-avaylab, uning qadriga yetadigan, o‘z bilimi va mehnati bilan uni mustahkamlab, mangulik poydevorini yaratadigan barkamol avlod tarbiyasi haqida qayg‘urar ekanmiz, diqqat markazimizda hamisha ana shunday sog‘lom dunyoqarashga ega yoshlarimiz kamol topadigan ma'naviy muhitni qaror toptirish muhim vazifa bo‘lib qoladi. Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining qoidasidir. Bola shaxsi faqat jamoadagina, uning ta'siridagina haqiqiy shaxs sifatida shakllanadi. Hozirgi sharoitda jamiyatning har bir a'zosi biror bir pedagogik jamoaning faol a'zosi bo‘lishi zarur. Jamoa–deb, muayyan ijtimoiy maqsadbirligiga qaratilgan uch yoki undan ortiq kishilarning birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi. Demak, pedagogik jamoa bu – ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan, o‘quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishni maqsad qilib olgan barcha pedagog- o‘qituvchilar birligi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchilar axil jamoa bo‘lib uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo‘ladi va muvaffaqiyati ta'minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog‘lom jamoada o‘quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi va tarbiya jarayonida o‘qituvchilarning tayanchiga aylanadi. O‘qituvchilarning nutq madaniyati va mahoratini tinmay oshirishlariga erishish, ularning tildan foydalanishda namuna sifatidagi fazilatlarni egallashlarini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarida eshittirish, ko‘rsatuvlar va materiallarni o‘zbek adabiy tili me'yorlariga amal qilgan holda, yuqori saviyada tayyorlash, boshlovchilar, jurnalistlarning nutq madaniyatini oshirish, reklamalar tili aniq, mazmunli, davlat tilida bo‘lishiga, peshlavhalar davlat tili qonuni talablari asosida yozilishiga erishish lozim. Pedagogikada «tarbiya» tushunchasi keng va tor ma'noda qo‘llanishi mumkin. Keng ma'noda qo‘llanish deganda – kattaavlod vakillari o‘zlar to‘plagan hayotiy tajribalarini yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin. Tor ma'noda qo‘llanishi deganda – maxsusta'lim muassasalari orqali shaxsda aniq bilim, dunyoqarash, ichki xissiyotlarini, umuman hayotga tayyorgarligini rivojlantirish tushuniladi. Bu muqaddas Vatanda inson aziz bo‘ldi. Azizlanganlar esa azizlaganlarni azizlaydilar. Jahon bo‘ylab bolalarimiz erishayotgan yuksak marralar yuksak ma'naviyatning yengilmas kuch ekanligini tasdiqlamoqda. Shu bilan birga «... Ba'zi bir siyosatchi va nazariyotchilarning, oldin moddiy hayotni, keyin ma'naviy masalalarni o‘ylash kerak, degan mazmundagi fikrlari mutlaqo xato bo‘lib, yangi jamiyat, yangi hayot qurish jarayonida faqat zarar yetkazishi mumkinligini bugun hayotning o‘zi har qadamda tasdiqlab bermoqda» «Oldin moddiy hayot, keyin ma'naviyat» yo‘lini tutganlarning bu xatosi tufayli dunyoda «boy berilgan avlod» – “Lost generation”iborasini paydo bo‘ldi. Moddiy boylikni quvib ketganlar, uyidagi farzandlari tarbiyasini begonalarga berib qo‘ydilar. Vaqtlarini tejadilar. Ortiqcha 10 so‘m topdilar ham. Bugun esa jonsarak bo‘lib, bolalarini qayta tarbiyalashga 1000 so‘m sarflashmoqda. Lekin samara 10 so‘mlik bo‘layotir. Chunki vaqt boy berilgan. Mana sizga «oldin moddiy hayot, keyin ma'naviyat»ning ayanchli moddiy, ma'naviy oqibati. Tarbiyada boy berilgan imkoniyatlar begona siyosiy-moliyaviy guruhlarning ishtahasini ochib yubordi. Ular ham har kuni, uzluksiz ishlab, yoshlar qalbining «parabolik antennalari»ni o‘zga yurtlarga qaratib olishdi. Ularga qo‘shilib Internetning «Odnoklassniki», «Feysbuk», «V kontakte», “Instagramm”, “Telegram” ijtimoiy tarmoqlari yoshlarga ideal «ulashmoqda». Endi ular o‘z vataniga emas, xorij hayotiga ko‘proq daxldor bo‘lib qolishayotir. Boy berilgan avlodni «ushlab turish», o‘z Vataniga, millatiga, ota-onasiga «qaytarish» endi juda ko‘p mablag‘, vaqtni talab qilmoqda. Chunki qayta tarbiyalash tarbiyalashdan qimmat turadi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, tarakkiyot takdirini ma'naviy jihatdan yetuk yoshlar hal qiladi. Yoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash kobiliyati, ma'naviy barkamollik, mustakil tafakkur bilan birga shakllanishi lozim. Zotan, aqliy zakovat va ruhiy-ma'naviy salohiyat ma'rifatli insonning ikki kanoti bo‘ladi. Globallashuv jarayoni va til munosabatlari, davlat tilining mavqei, unga e'tiborni oshirishga ta'sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarning xususiyatlari, yoshlar til ma'naviyati va nutq madaniyatiga "ommaviy madaniyat"ning ta'sirini o‘rganish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Yoshlarni "ommaviy madaniyat" ta'siridan asrash milliy madaniyatimizning sofligi, qadriyatlar, an'analar, urf-odatlarimizning davomiyligi, umrboqiyligi uchun kurash hamdir. Keyingi 50 yil kommunikativ ta'sir modellarini rivojlantirib o‘tdi. Mafkuraviy kurash ommaviy tadbirlardan ilmiy texnologik asosga o‘tdi. Professionallashdi. «O‘nta uy bekasi yoki beshta vrachdan ko‘ra bitta jurnalistni qo‘lga kiritgan afzal», degan qoida amalga kirdi. Bugun axborotni qabul qiluvchi odamdan ko‘ra uni boshqalarga yetkazadigan «fikr liderlari»ning mafkuraviy qimmati oshgan. Download 221.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling