Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja


Download 221.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi221.52 Kb.
#1062033
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd



Mavzu: 
Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan 
himoyalanish 
 
Reja : 
 
1. Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish. Ta'lim 
muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni o‘quvchi-yoshlarga ta'lim-
tarbiya berishni maqsadi
 
2. Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot 
xurujlaridan himoyalanish
 
Mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda pedagogik jamoada sog‘lom muhitni 
shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanishga oid bilimlarni rivojlantirish, 
ta'lim muassasasida uzluksiz metodik xizmatni tashkil etish pedagogik jamoada 
sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish
NAZARIY MATERIAL
Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish. Ta'lim 
muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni o‘quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya 
berishni maqsadi
Insonoliy va yetuk mavjudot sifatida o‘zining shirin orzulari, umidlari, o‘y 
xayollari og‘ushida yashaydi. U o‘z umrini mangulikka daxldor ishlar bilan bezash 
va ma'naviy yuksalish sari intilishga bag‘ishlaydi. Shu yo‘lda u tinimsiz mehnat 
qilishni istaydi. Xar bir inson o‘z ish joyida o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘l bilan ijod 
qiladi va mehnati natijalaridan zavqlanib yashaydi. Biroq xayot xamisha xam bir 
maromda kechmaydi, rejalar osonlikcha amalga oshavermaydi. Uning yo‘lida turli 
to‘siqlar va mashaqqatlar paydo bo‘ladi. Inson ularni yengib o‘tishi uchun kurashadi. 
U kurash uchun yaratilgan, zero xayot-kurashlar maydonidir. Bu kurash goho g‘alaba 
olib kelsa, goho g‘am tashvishlar olib keladi. Biroq irodali inson tushkunlikka 
tushmay kurashni davom ettiradi-bu uning insoniylik mohiyatida bor. Mohiyat esa 
kurash shaklini belgilaydi. Umr esa o‘taveradi. Afsuski umr abadiy emas. Inson 
xayoti Yaratgandan unga «qarzga» berilgan. Bularni o‘ylab u shoshiladi.
Ezgu ishlar esa uzoq umr ko‘rishni sog‘lom bo‘lishni talab qiladi. Afsus 
insonning jismi temir emas-da. U tinimsiz mehnati jarayonida sarflangan kuch-
quvvatini tiklashga muhtoj -turli xil kasalliklardan o‘zini asrashi kerak, to‘g‘rirog‘i 
asray bilishi lozim. O‘zini uzoq umr ko‘rishga, sog‘lom va farovon xayot kechirishga 
tayyorlash kerak. Buning yo‘li bormikan?
Bu yo‘l sog‘lom turmush tarzi yo‘lidir.
Sog‘lom turmush tarzi-bu iroda va faollikni tarbiyalash, zararli odatlardan voz 
kechishni tarbiyalashdir. Kasalliklarning oldini oladigan muhim vosita sog‘lom xayot 
tarzi hisoblanadi.
Butun jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan e'lon qilingan, rad qilib 
bo‘lmas ba'zi dalillari ham sog‘lom turmush tarzining naqadar zarur va muhim 
bosqich ekanligini ko‘rsatadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, inson salomatligining «sifatli 
o‘tish» va uzoq umr ko‘rishi:
- 50 foizdan ortiqrog‘i sog‘lom turmush tarziga; 


- 20 foiz irsiy omillarga;
- 20 foizi atrof muhitga;
-8-10 foizi tibbiy xizmat vositalari ulushiga to‘g‘ri kelar ekan.
Sog‘lom xayot tarzi- uzoq vaqtgacha ijodkorlik bilan uzoq umr ko‘rishning 
muhim vositalaridir. Ana shu sog‘lom xayot tarzini tutib turishimizga nima halaqit 
beradi? Shunisi qiziqki bizning o‘zimiz halaqit beramiz.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, har bir inson o‘z tana a'zolarining 
zahiraviy imkoniyatlarini oshirish uchun, ularni muntazam ravishda chiniqtirib, 
tarbiyalab borishi lozim.
Salomatlik zahiralarini yaratish uchun sog‘lom turmush tarzining quyidagi 
qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi:
1. Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish. 
Xaftasiga organizmga kamida 6 soat jismoniy yuklama berish.
2. Aqliy va jismoniy mehnatni me'yorda olib borish. Mehnat bilan dam olishni 
galma-gal va mazmunli tashkil qilish.
3. Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishning tashkil etish.
4. Zararli odatlardan yuz o‘girish.
5. Organizmni chiniqtirish.
6. Toza xavoda xar kuni kamida 2-3 soat bo‘lish.
7. Kun tartibiga qat'iy amal qilish (8 soat uxlash).
8. Ehtiyoj tug‘ilganda turmush tarzini va ishni o‘zgartirish.
9. Turmush, ishdan va o‘qishdan qanoatlanib yashash. Xayotdan zavqlanib 
yashash.
Salomatlik-bu nafaqat kasallik yo‘qligi balki to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy 
farovonlikdir.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (Avisenna) ming yil avval insonning 
jismoniy, ma'naviy ruhiy va tibbiy holati uyg‘unligini sog‘lom turmush tarzi sifatida 
belgilab bergan. Shuning uchun, sog‘lom turmush tarzi tushunchasi-bu nafaqat 
jismoniy farovonlikka intilish, balki ma'naviyatga, hotirjamlikka intilishdir, uning 
oqibati sog‘liqni tibbiy jihati bilan belgilanadi.
Respublikamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shakllantirish tizimi 
yaratildi. Asosiy maqsad esa, insonlarning o‘z salomatligiga bo‘lgan ma'suliyatini 
oshirish, salomatlikka eng oliy qadriyat sifatida qarashni shakllantirishdir. Bu 
maqsadga erishish na faqat tibbiyot xodimlari shuningdek barcha jamoat tashkilotlari 
bilan hamkorlikda faoliyat olib borishni talab etadi. Salomatlik va tibbiy statistika 
instituti quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi:
- Xalq ta'limi vazirligi
- Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi
- Xokimiyatlar
- Mudofaa va ichki ishlar vazirliklari
- Maxala jamg‘armasi
- Qamolot yoshlar ijtimoiy harakati
- «Sog‘lom avlod uchun» hayriya jamg‘armasi
- «Oila» jamg‘armasi
- Diniy boshqarma
- OAVlari


- Xotin-qizlar qo‘mitasi
- Madaniyat ishlari va sport vazirligi
Sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida shakllantirish va kasalliklarni oldini 
olish mavzularida dunyo tajribalarini o‘rganish va samarador usullarini amaliyotga 
tatbiq etish borasida MDH, Salomatlik va tibbiy statistika instituti ommaviy axborot 
vositalari bilan xamkorlikda faoliyat olib boradi.
Maqsad: aholiga ma'lumot berish, salomatlikni saqlash va mustaxkamlash 
masalalari bo‘yicha jamoat fikrini shakllantirishdir. Quyidagi vazifalar institut 
tomonidan amalga oshirilmoqda:
- Respublika va mintaqaviy televidenie bilan birgalikda qator ko‘rsatuvlar, 
videofil'mlar va videoroliklar tayyorlash.
- Radioto‘lqinlar orqali sil, o‘tkir oshqozon-ichak infeksiyasi, OITS 
profilaktikasi, donorlikni targ‘ib etish, zararli odatlarni oldin olish, STT masalalariga 
bag‘ishlangan bir qator eshittirishlarni efirga uzatish.
- Matbuotda «Sog‘lom turmush tarzi» mavzusida maqolalar chop etish.
- Respublika va maxalliy ro‘znoma hamda junallarda sog‘lom xayot tarzi 
mavzulariga bag‘ishlangan sahifalar tashkil etish va maqolalar bilan boyitib borish. 
Salomatlik va tibbiy statistika instituti asosiy faoliyatilaridan biri bu ko‘rgazmali 
axborot materiallari ishlab chiqish, chop etish va tarqatishdir.
Salomatlik va tibbiy statistika institutining Internet-resurslari mavjud. Quyidagi 
Saytlar yaratilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda:
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Salomatlik va tibbiy statistika instituti
Asosiy muammolar
1. Tizimda kadrlarga bo‘lgan ta'minotni yaxshilash;
2. Moddiy texnika ta'minotini yangi zamonaviy vositalar bilan boyitish;
3. Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash;
4. Targ‘ibot va tashviqot ishlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda chet 
el va mahalliy jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
Salomatlik va tibbiy statistika instituti, tizimda isloh qilishni davom 
ettirib,quyidagi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirgan:
5. Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlari bo‘yicha vrach mutaxassislarni 
tayyorlash;
6. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish tadbirlarini yoritishda ommaviy 
axborot vositalari (televidenie, radio va matbuot)dan keng foydalanish;
7. Ijtimoiy tekshirishlarni kuchaytirish va baholash;
8. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha chet el mamlakatlari tajribalarini o‘rganish 
orqali xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash;
9. Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlari bo‘yicha 2008-2015 yillarga 
mo‘ljallangan Konsepsiyasini tadbiq etish va uning bajarilishini ta'minlash.
Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan 
himoyalanish
Mustaqilligimizni asrab-avaylab, uning qadriga yetadigan, o‘z bilimi va mehnati 
bilan uni mustahkamlab, mangulik poydevorini yaratadigan barkamol avlod tarbiyasi 


haqida qayg‘urar ekanmiz, diqqat markazimizda hamisha ana shunday sog‘lom 
dunyoqarashga ega yoshlarimiz kamol topadigan ma'naviy muhitni qaror toptirish 
muhim vazifa bo‘lib qoladi.
Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish-barkamol shaxs 
tarbiyasining qoidasidir. Bola shaxsi faqat jamoadagina, uning ta'siridagina haqiqiy 
shaxs sifatida shakllanadi. Hozirgi sharoitda jamiyatning har bir a'zosi biror bir 
pedagogik jamoaning faol a'zosi bo‘lishi zarur.
Jamoa–deb, muayyan ijtimoiy maqsadbirligiga qaratilgan uch yoki undan ortiq 
kishilarning birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi.
Demak, pedagogik jamoa bu – ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan, 
o‘quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishni maqsad qilib olgan barcha pedagog- 
o‘qituvchilar birligi.
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchilar axil jamoa bo‘lib 
uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo‘ladi va 
muvaffaqiyati ta'minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog‘lom jamoada o‘quvchilarning fikri 
juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi va tarbiya jarayonida o‘qituvchilarning 
tayanchiga aylanadi.
O‘qituvchilarning nutq madaniyati va mahoratini tinmay oshirishlariga erishish, 
ularning tildan foydalanishda namuna sifatidagi fazilatlarni egallashlarini ta'minlash, 
ommaviy axborot vositalarida eshittirish, ko‘rsatuvlar va materiallarni o‘zbek adabiy 
tili me'yorlariga amal qilgan holda, yuqori saviyada tayyorlash, boshlovchilar, 
jurnalistlarning nutq madaniyatini oshirish, reklamalar tili aniq, mazmunli, davlat 
tilida bo‘lishiga, peshlavhalar davlat tili qonuni talablari asosida yozilishiga erishish 
lozim.
Pedagogikada «tarbiya» tushunchasi keng va tor ma'noda qo‘llanishi mumkin. 
Keng ma'noda qo‘llanish deganda – kattaavlod vakillari o‘zlar to‘plagan hayotiy 
tajribalarini yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin.
Tor ma'noda qo‘llanishi deganda – maxsusta'lim muassasalari orqali shaxsda 
aniq bilim, dunyoqarash, ichki xissiyotlarini, umuman hayotga tayyorgarligini 
rivojlantirish tushuniladi.
Bu muqaddas Vatanda inson aziz bo‘ldi. Azizlanganlar esa azizlaganlarni 
azizlaydilar.
Jahon bo‘ylab bolalarimiz erishayotgan yuksak marralar yuksak ma'naviyatning 
yengilmas kuch ekanligini tasdiqlamoqda. Shu bilan birga «... Ba'zi bir siyosatchi va 
nazariyotchilarning, oldin moddiy hayotni, keyin ma'naviy masalalarni o‘ylash kerak, 
degan mazmundagi fikrlari mutlaqo xato bo‘lib, yangi jamiyat, yangi hayot qurish 
jarayonida faqat zarar yetkazishi mumkinligini bugun hayotning o‘zi har qadamda 
tasdiqlab bermoqda»
«Oldin moddiy hayot, keyin ma'naviyat» yo‘lini tutganlarning bu xatosi tufayli 
dunyoda «boy berilgan avlod» – “Lost generation”iborasini paydo bo‘ldi. Moddiy 
boylikni quvib ketganlar, uyidagi farzandlari tarbiyasini begonalarga berib qo‘ydilar. 
Vaqtlarini tejadilar. Ortiqcha 10 so‘m topdilar ham. Bugun esa jonsarak bo‘lib, 
bolalarini qayta tarbiyalashga 1000 so‘m sarflashmoqda. Lekin samara 10 so‘mlik 
bo‘layotir. Chunki vaqt boy berilgan. Mana sizga «oldin moddiy hayot, keyin 
ma'naviyat»ning ayanchli moddiy, ma'naviy oqibati.
Tarbiyada boy berilgan imkoniyatlar begona siyosiy-moliyaviy guruhlarning 
ishtahasini ochib yubordi. Ular ham har kuni, uzluksiz ishlab, yoshlar qalbining 


«parabolik antennalari»ni o‘zga yurtlarga qaratib olishdi. Ularga qo‘shilib 
Internetning «Odnoklassniki», «Feysbuk», «V kontakte», “Instagramm”, “Telegram” 
ijtimoiy tarmoqlari yoshlarga ideal «ulashmoqda». Endi ular o‘z vataniga emas, xorij 
hayotiga ko‘proq daxldor bo‘lib qolishayotir. Boy berilgan avlodni «ushlab turish», 
o‘z Vataniga, millatiga, ota-onasiga «qaytarish» endi juda ko‘p mablag‘, vaqtni talab 
qilmoqda. Chunki qayta tarbiyalash tarbiyalashdan qimmat turadi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, tarakkiyot takdirini ma'naviy jihatdan yetuk 
yoshlar hal qiladi. Yoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani 
egallash kobiliyati, ma'naviy barkamollik, mustakil tafakkur bilan birga shakllanishi 
lozim. Zotan, aqliy zakovat va ruhiy-ma'naviy salohiyat ma'rifatli insonning ikki 
kanoti bo‘ladi.
Globallashuv jarayoni va til munosabatlari, davlat tilining mavqei, unga e'tiborni 
oshirishga ta'sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarning xususiyatlari, yoshlar til 
ma'naviyati va nutq madaniyatiga "ommaviy madaniyat"ning ta'sirini o‘rganish 
hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Yoshlarni "ommaviy 
madaniyat" ta'siridan asrash milliy madaniyatimizning sofligi, qadriyatlar, an'analar, 
urf-odatlarimizning davomiyligi, umrboqiyligi uchun kurash hamdir.
Keyingi 50 yil kommunikativ ta'sir modellarini rivojlantirib o‘tdi. Mafkuraviy 
kurash ommaviy tadbirlardan ilmiy texnologik asosga o‘tdi. Professionallashdi. 
«O‘nta uy bekasi yoki beshta vrachdan ko‘ra bitta jurnalistni qo‘lga kiritgan afzal», 
degan qoida amalga kirdi. Bugun axborotni qabul qiluvchi odamdan ko‘ra uni 
boshqalarga yetkazadigan «fikr liderlari»ning mafkuraviy qimmati oshgan.

Download 221.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling