Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja
YOshlar ma’naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy g‘oyaviy tarbiya vositalari
Download 221.52 Kb. Pdf ko'rish
|
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd
YOshlar ma’naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy g‘oyaviy tarbiya vositalari.
1. YOshlar ma’naviyatiga tahdidlar va milliy g‘oya. Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne’mati o‘zligimizni anglab etish bo‘ldi. O‘zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‘oya, milliy mafkuradan bahramand bo‘lishdir. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. YOshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. «Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga» urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo‘lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o‘ylashga undaydi. Foyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlan-masligi mumkin. CHunki g‘oya inson ongi, tafakkurida shakllanadi. SHunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ul-lanishi, shuningdek, «din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma’naviy yuksalishning jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma’rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak». Milliy g‘oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo‘lida yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko‘z o‘ngida kuchimiz, mavqeimiz va o‘rnimiz shunchalik baland ko‘tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq emasmiz, mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e’tibor uyg‘otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‘l bermaydi. Download 221.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling