Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja


YOshlarda milliy g‘urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish


Download 221.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi221.52 Kb.
#1062033
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd

YOshlarda milliy g‘urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish. 
1) Milliy g‘urur va milliy or-nomus. Milliy g‘urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‘z-o‘zini 
anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z xalqining 
jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘zga millatlar 
oldidagi qadr-qimmati
, obro‘-e’tiboridan 
faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha. 
Bu tuyg‘u quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: millatning yutuqlari, obro‘-e’tibori bilan 
faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o‘z eliga, millatiga jonkuyar bo‘lish; o‘z 
millatining moddiy, ma’naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an’analari, qadriyat-larini 
hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‘z millatiga mehr-muhabbatini amaliy 
faoliyatda namoyon qilish. Mustaqillik kishilar milliy g‘ururini oshirib, uni xalq, Vatan, ajdodlar 
xotirasi oldidagi mas’uliyatini his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda. 
Muayyan davrdagi milliy g‘oya, milliy mafkura, ya’ni jamiyatning asosiy maqsadini ideallar
demokratik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirish masalasi ham juda muhimdir. Bu jarayon millatni o‘z 
qobig‘ida o‘ralashib qolish xavfidan ozod etadi, unga jahon miqyosida tafakkur yuritish 
imkoniyatini beradi. Insoniyat uchinchi ming yillik sivilizatsiyasida shunday taraqqiyot yo‘lini 
qo‘lga kiritdi. 
Mustaqillikkacha bo‘lgan tushuncha, tasavvur hamda kechinmalarimizdan bugungi ruhimiz, 
ma’naviyatimiz naqadar katta farq qilishi hammaga ayon. Buni har kim o‘ziga o‘zi beradigan 
«Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik?» degan javobdan, anglab olsa bo‘ladi. 
YOshlar ma’naviyatini oshirish masalalarining birlamchi yoki ikkilamchi vazifalari yo‘q. Ularning 
barchasi bir yo‘la hamda doimiy diqqat-e’tibor markazida turmog‘i kerak. SHuning uchun ta’lim-
tarbiya, bilim va dunyoqarashga katta ahamiyat berilmoqda. 
Biz bugun fuqarolarning erkinligi va mustaqil tafakkuriga asoslangan jamiyat qurayotgan ekanmiz, 
yoshlarimizga jamiyatda mutlaq erkinlik bo‘lmasligini, mustaqil fikrlash mas’uliyatsizlik va 
burchni unutish emasligini tushuntirib borishimiz zarur. 
Fuqaro erkinligi va yangi ijtimoiy tuzum tomonidan kafolatlansa-da, fuqarolarning jamiyat 
manfaatlariga mos kelmaydigan mutlaqo erkin xatti-harakatlarning kafolati emas. «Men mutlaqo 
erkin fuqaroman, mustaqil tafakkurli insonma, bilganimni qilaman» qabilida yashash tarzini 
o‘zgartirish insonning ijtimoiy va milliy mohiyatiga ega aqidadir. 


SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotin-
qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
Farmoni va 21 iyun kuni Oqsaroyda ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni hal etish yo‘llariga 
bag‘ishlangan majlisda ta’kidlanganidek, «YOshlar o‘rtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik, 
giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishda, farzandlarimizni bunday balo-qazolardan asrash uchun 
kurashda, doimo sezgir va ogoh bo‘lib yashashda hokimliklar, vazirlik va idoralar, xususan, Oliy va 
o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy 
harakati, «Oila» markazi, keng jamoatchilik, barchamiz mas’ulmiz»
1

SHuning uchun yoshlar tarbiyasi va bu tarbiya zaminida ularning ma’naviyatini harakatga 
keltiruvchi mustaqillik g‘oyalari, milliy qadriyat-larni asrab-avaylash va rivojlantirish tuyg‘usi, 
Vatan istiqboli yo‘lida halol va pok mehnat qilish singari milliy mafkuraning o‘zak tomirlarini 
singdirish yotadi. 
Bugun yoshlar mustaqillik tufayli «or», «andisha», «nomus», «vij-don», «insof», «g‘urur», kabi 
tushunchalarning haqiqiy ma’nosini anglab etmoqdalar. 
Or. Or - bu nomunosib yoki ep ko‘rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus 
qilish tuyg‘usidir. Bundan tashqari, o‘z o‘rnida hazar qilish yoki bo‘lmasa, obro‘-e’tibor, faxrlanish 
ma’nolarini ham bildirishi mumkin
6


Download 221.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling