Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja


Download 221.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi221.52 Kb.
#1062033
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd

Andisha. Andisha - bu oqibatini o‘ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik 
hissidir. Andishali odam deganda, oqibatini o‘ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, or-nomusli, 
sharm-hayoli, iboli insonni tushunamiz. Odatda andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat 
bilan ish tutadi. 
Nomus. Nomus - bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o‘z mavqeini saqlash, 
ulug‘lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg‘ularini, oila va ajdodlar sha’niga dog‘ tushirmaslik 
ma’nosini ham ifodalaydi. Odatda, nomusli odam ma’naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni 
o‘ziga ep ko‘rmaydi. Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, degan naql 
ham bor halqimizda. 
Vijdon. Vijdon - bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l-atvori uchun oila, jamoat, 
jamiyat va 
Vatan
, millat oldida ma’naviy mas’uliyat his etishidir. 
Vijdon tug‘ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon - kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan 
ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq, deb hisoblovchilar ham mavjud. Vijdon ko‘p yoki oz bilimlilikka, boy 
yoki kambag‘al bo‘lishlikka, oddiylik yoki mashhurlik bilangina bog‘liq emas. 
Insof. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda, kishilarga 
munosabatda halollik, to‘g‘rilik, barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir. O‘zgani o‘z 
o‘rniga va shuningdek, o‘z o‘rniga o‘zgani xayolan qo‘yib ko‘rish ham insofga kiradi. To‘q ochni, 
boy kambag‘alni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog‘lom bemorni 
o‘z o‘rniga qo‘yib ko‘rolsa, va aksincha, ham xuddi shunday bo‘lsa, insoflilar safi kengayib boradi. 
Insof tushunchasi SHarq falsafasida shunday talqin etiladi. Insof - bu kishining ijtimoiy axloq 
me’yori nuqtai nazaridan o‘z hulq-odobini tartibga solishi va axloqiy baholashidir. Insof vijdonli 
odamning yoki ma’lum jamoatning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o‘z xulq-atvori 
uchun ma’naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to‘g‘ri bajarsa, unda ichki qoniqish 
paydo bo‘ladi, vijdon pok bo‘ladi, atayin noto‘g‘ri bajarsa, insofdan chiqqan bo‘ladi. Insof kishini 
biror ishni qilishga undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida bo‘ladi. 


Xullas, insof kishining jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida o‘z xatti-harakati bilan 
ma’naviy mas’uliyatini his etishining ifodasidir. 
Furur. Ona tilimiz asrlar bo‘yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal 
qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma’no va tushunchalarni, ularning eng nozik va harir 
jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin. YA’ni necha ming yillar davomida xalqimiz ongi 
to‘lishib boravergan, unda hosil bo‘lgan tushunchalarni o‘z tub so‘zlarimiz bilan ham, o‘rnida jahon 
tillariga oid so‘zlar bilan ham, yangi-yangi so‘zlar yaratish vositasi bilan ham ifodalangan. 
SHu tariqa til bisoti boyib kelgan. Tilimizdagi g‘urur, faxr va iftixor so‘zlarini olib ko‘raylik. Bular 
bir-biriga yaqin ma’nolarni anglatsa-da, ayni bir paytda, bir-biridan muayayn darajada farqlanuvchi 
tushunchalarni ham bildiradi. 

Download 221.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling