Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja


Download 221.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi221.52 Kb.
#1062033
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd

SHaxs g‘ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o‘zining yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-
ona qobil farzandlaridan, ustoz iste’dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog‘bon so‘lim 
bog‘idan, millat o‘z merosi, iste’dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo. 
Inson o‘z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O‘z 
qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o‘z 
qobiliyatidan ortiq darajada g‘ururlanishi ham, o‘z-o‘zini erga urishi ham yaramaydi. O‘z-
o‘zligicha qola bilgan odamning g‘ururi bus-butundir. 
O‘ziga ortiqcha bino qo‘ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog‘dorlik - bular takabburlikka kiradi. 
2) YOshlar ruhiyatida milliy g‘urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi. Milliy g‘urur - bu 
milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o‘zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his 
qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, 
madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o‘rin 
oladi. 
Milliy birdamlik tuyg‘usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal 
ma’naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to‘laroq namoyon bo‘ladi. 
Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy 
iftixor millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilayotgan iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko‘paygani sari 
O‘zbekiston bilan faxrlanish hissi kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha 
fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar 
mas’uldirlar. 
Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham 
mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o‘z ehtiyojlarini tafakkur 
tarozusida, imon ko‘zgusida idrok etadigan, nafs balosidan forig‘ yoshlar qo‘liga topshirishimiz 
lozim. Bu yoshlar har qancha g‘ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor halqga, 
millatga, Vataniga xizmat qilishni o‘zlarining burchi deb qarashlari, shunday e’tiqodga ega 
bo‘lishlari zarur. SHuning uchun yoshlarimizda milliy g‘ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va 
muntazam olib borish ular ma’naviyati yuksalishining garovidir. YOshlarimizning har biri milliy 
g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini o‘zlari ham shakllantira oladilar. 
Milliy g‘urur, avvalambor, har bir millat vakilining o‘z xalqi tarixini, ma’naviy, axloqiy 
qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning 


ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, 
adabiyoti
, san’ati va madaniyatini adolatli ravishda 
himoya qilish, chuqur his etish va o‘rganish, hurmat qilish bilan bog‘liq faxrlanish tuyg‘usi bo‘lgan 
millatning insoniy fazilatidir. 
Milliy g‘urur yoshlarni o‘z kuchi, qobiliyati va iste’dodini milliy va umuminsoniy manfaatlar 
yo‘lida safarbar qilishga chaqiradi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va 
shon-sharafi uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. 
Milliy iftixor, eng avvalo, o‘zligini anglash, milliy ravnaqni ta’minlash yo‘lidagi hatti-harakat, o‘z 
millati istiqboli oldida mas’ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o‘tmishini yaxshi bilgan, uni 
qadrlay oladigan va ayni paytda, uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil 
insondir. 
Aks holda, milliy iftixor hissi shunchaki maqtanchoqlik vositasiga aylanib qolishi mumkin. 
Dunyoda 200 dan ortiq millatlar bo‘lsa, har bir millat o‘ziga xos fe’l-atvoriga egadir. SHuning 
uchun ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o‘xshamagan 
urf-odatlarga ega bo‘lishadi. 
Jumladan, o‘zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy hayot-ning hamma jabhalarida 
muhim fazilat deb qabul qilishgan. SHunday hislatlarga egalarki, ba’zan bu faqat «o‘zbekona 
fazilat» deb yuritiladi. 
Milliy iftixor tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga 
mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab turgan 
zaminga, fuqaroligiga daxldor bo‘lgan mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli 
bo‘lgan yoshlar o‘z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. 
Demak, bunday xalq o‘z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. 
Milliy g‘urur, milliy o‘z-o‘zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, 
bir-birini boyitadi, to‘ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. 
Nazorat uchun savollar:
1. Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirishni ijobiy tomonlari 
nimadan iborat?
2. Ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni o‘quvchi-yoshlarga 
ta'lim-tarbiya berishni maqsadi nima?
3. Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishdan maqsad nima?
4. Axborot xurujlaridan himoyalanish 

Download 221.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling