Mavzu: Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, axborot xurujlaridan himoyalanish Reja
Download 221.52 Kb. Pdf ko'rish
|
t0M6Chc9K17SUNVTJQMmw1R3S6ACVPNm6weX6fpd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) YOshlar ruhiyatida milliy g‘urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi.
- Milliy birdamlik tuyg‘usi milliy ongning negizidir.
SHaxs g‘ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o‘zining yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-
ona qobil farzandlaridan, ustoz iste’dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog‘bon so‘lim bog‘idan, millat o‘z merosi, iste’dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo. Inson o‘z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O‘z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o‘z qobiliyatidan ortiq darajada g‘ururlanishi ham, o‘z-o‘zini erga urishi ham yaramaydi. O‘z- o‘zligicha qola bilgan odamning g‘ururi bus-butundir. O‘ziga ortiqcha bino qo‘ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog‘dorlik - bular takabburlikka kiradi. 2) YOshlar ruhiyatida milliy g‘urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi. Milliy g‘urur - bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o‘zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o‘rin oladi. Milliy birdamlik tuyg‘usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal ma’naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to‘laroq namoyon bo‘ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilayotgan iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko‘paygani sari O‘zbekiston bilan faxrlanish hissi kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas’uldirlar. Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o‘z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko‘zgusida idrok etadigan, nafs balosidan forig‘ yoshlar qo‘liga topshirishimiz lozim. Bu yoshlar har qancha g‘ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor halqga, millatga, Vataniga xizmat qilishni o‘zlarining burchi deb qarashlari, shunday e’tiqodga ega bo‘lishlari zarur. SHuning uchun yoshlarimizda milliy g‘ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular ma’naviyati yuksalishining garovidir. YOshlarimizning har biri milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini o‘zlari ham shakllantira oladilar. Milliy g‘urur, avvalambor, har bir millat vakilining o‘z xalqi tarixini, ma’naviy, axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti , san’ati va madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va o‘rganish, hurmat qilish bilan bog‘liq faxrlanish tuyg‘usi bo‘lgan millatning insoniy fazilatidir. Milliy g‘urur yoshlarni o‘z kuchi, qobiliyati va iste’dodini milliy va umuminsoniy manfaatlar yo‘lida safarbar qilishga chaqiradi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. Milliy iftixor, eng avvalo, o‘zligini anglash, milliy ravnaqni ta’minlash yo‘lidagi hatti-harakat, o‘z millati istiqboli oldida mas’ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o‘tmishini yaxshi bilgan, uni qadrlay oladigan va ayni paytda, uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil insondir. Aks holda, milliy iftixor hissi shunchaki maqtanchoqlik vositasiga aylanib qolishi mumkin. Dunyoda 200 dan ortiq millatlar bo‘lsa, har bir millat o‘ziga xos fe’l-atvoriga egadir. SHuning uchun ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o‘xshamagan urf-odatlarga ega bo‘lishadi. Jumladan, o‘zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy hayot-ning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul qilishgan. SHunday hislatlarga egalarki, ba’zan bu faqat «o‘zbekona fazilat» deb yuritiladi. Milliy iftixor tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab turgan zaminga, fuqaroligiga daxldor bo‘lgan mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli bo‘lgan yoshlar o‘z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Demak, bunday xalq o‘z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi. Milliy g‘urur, milliy o‘z-o‘zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini boyitadi, to‘ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. Nazorat uchun savollar: 1. Shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirishni ijobiy tomonlari nimadan iborat? 2. Ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni o‘quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishni maqsadi nima? 3. Pedagogik jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishdan maqsad nima? 4. Axborot xurujlaridan himoyalanish Download 221.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling