Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish
Download 97.2 Kb.
|
Педагог.жараённи ривожл.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. STIMUL – O‘QUV- TARBIYA JARAYONINI MOTIVLASHTIRISHNING ASOSIY SHARTI SIFATIDA
- Qoida: Tarbiyalanuvchilar nimani xohlashayotgani haqida o‘ylang!
Ikkinchidan, darsda u yoki bu kashfiyotlar haqida gapirib berish; inson aql-zakovatining cheksiz imkoniyatlari haqidagi hikoyalar; mashhur kishilarning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni keltirish orqali.
Darsda hissiy-aqliy muhitni saqlab turishning uchinchi yo‘nalishi bu tarbiyalanuvchilarni ular uchun qiziqarli bo‘lgan ijodiy faoliyatga yo‘llashdir. Buning uchun darsda turli xildagi muammoli vaziyatlarni yaratish muhim ahamiyatga egadir. Muammoli vaziyat qandaydir tanish narsani o‘girib, uning yangi tomoni ko‘rsatib qo‘yilganga o‘xshash holatdir. Ana shu kutilmagan, tarbiyalanuvchini hayratga soladigan holat tarbiyachining keyingi tushuntirishi uchun juda muhimdir. Va nihoyat, tarbiyalanuvchilarning ijobiy his-tuyg‘ularini nazarda tutadigan to‘rtinchi yo‘nalish tarbiyachining o‘quv materialiga nisbatan hissiy munosabatini ifodalash shakli bilan bog‘liqdir. Shunday bo‘ladiki, tarbiyachi butun darsni juda yaxshi rejalashtirib chiqsa ham, dars yaxshi o‘tmaydi. Yosh tarbiyachilar shuni unutmasliklari kerakki, o‘quv materialining jonli, hissiy boy, obrazli qilib ifodalanishi tarbiyalanuvchilarni ham shu bilimlar bilan “kasallantiradi”, ya’ni ularni ruhlantiradi. Tarbiyalanuvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda tarbiyachidagi quvnoqlik, hazil-mutoyibani tushuna olish tuyg‘usi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarbiyalanuvchilar tarbiyachidagi muhim shaxsiy sifatlar sirasiga uning “quvnoq xulq-atvori”ni ham ajratib ko‘rsatishadi. Bu xususiyat tarbiyachiga sinfdagi ishchan muhitni saqlab turishga yordam beradi, hatto tarbiyalanuvchilar charchagan, diqqatlari tarqoq bo‘lgan holatda ham. Bunday holatlarda tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilariga qisqa dam olish daqiqasi o‘tkazishni yoki jamoa bo‘lib sevimli ashulalarini aytishni taklif qilishi, ba’zan esa qandaydir quvnoq va aqlli hikoyani aytib berishi mumkin. 3. STIMUL – O‘QUV- TARBIYA JARAYONINI MOTIVLASHTIRISHNING ASOSIY SHARTI SIFATIDA “Stimulus” qadimgi grekcha so‘z bo‘lib, ma’nosi hozir qo‘llaniladiganiga taqqoslaydigan bo‘lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho‘kiz va qoramollarni haydaydigan, uchi yo‘nib o‘tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar. Bugungi kunda esa “stimullashtirish” - “insonni qandaydir faoliyatga yetaklash, turtkilash” degan ma’noda qo‘llaniladi. Inson asli tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, eslatma bo‘lmasa, hatto ba’zan majburlash bo‘lmasa o‘rnimizdan ham qimirlay olmaymiz. Shunday zamonlar ham bo‘lganki, ishga, mehnatga nisbatan sovuqqonlik ishyoqmaslik, dangasalik deb atalgan hamda uni yengish uchun oddiy va tabiiy usul – majburlashning turli ko‘rinishlaridan foydalanishgan. Bu usul insoniy munosabatlar tarixida chuqur ildiz otgan. Yillar mobaynida “inson qalbi” deb nomlangan nozik matoning asosiy ipini topish uchun olimlar juda ko‘p mehnat qildilar. Vaqt o‘tishi bilan insonga samarali ta’sir etadigan munosabatlarning turli vositalari izlab topila boshladi, Natijada ularni majburlash borgan sari qiyinlashib qola boshladi. O‘z haq-huquqlari bilan himoyalangan ozod va mustaqil shaxs yangicha yondashuvlarni talab etadi. Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning ierarxiyasi, tizimidagi o‘rni to‘g‘risida uzoq bahslashish mumkin, qaysiki nazariyotchilarimiz asosan shu bilan mashg‘ul. Ammo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj va motivlardan ajralmagan holda, ularga asoslanadi. Shuni ta’kidlash joizki, inson odatda, bir yo‘la turli ko‘rinishdagi ehtiyoj va motivlar ta’siri ostida bo‘ladi hamda ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat qiladi. Shunday bo‘lishi ham mumkinki, bir nechta bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lgan ehtiyoj va motivlar maydonga chiqib qolishi, ular orasida ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin. Shunday vaqtda kishi ular orasidan o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan xatti-harakatlar yo‘nalishini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Insonning aynan u yoki bu yo‘lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar bajaradi. Demak, tanlashda, yo‘nalishni aniqlashda, to‘g‘ri qaror qabul qilishda va kerakli yo‘nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi. Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko‘rishadi va nimani istashadi?” degan savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi: Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda tanishib oladilar – o‘yinlar, hikoyalar, o‘zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday instinkning belgilaridir. Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo‘zg‘aluvchanlik, oxiri ko‘rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko‘rish, ushlab ko‘rish, tatib ko‘rishga intilish sababi ana shunda. Bolalar o‘zini ko‘rsatib turgisi keladi, o‘zi haqida, o‘z taassurotlari haqida gapirgisi, o‘rtoqlashgisi keladi. O‘z menligini tez-tez namoish etib turishi ana shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo‘ladi – bu bolalar ijodkorligi instinktidir. Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g‘ayrioddiy narsalarni to‘qib chiqarishni yaxshi ko‘rishadi. Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol o‘ynaydi. Shularni yaxshi tushunib olsak, tashqaridan olib kiriladigan soxta stimullarni qidirib yurishimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki barcha samarali stimullarni bola tabiatining o‘zidanoq topish mumkin. Tarbiyachilarning barcha xato va kamchiliklari ularning tarbiyalanuvchi xulq-atvorining haqiqiy motivlarini bilmaslikdan, u yoki bu xatti-harakatlarga yuzaki baho berishdan kelib chiqadi. Stimullashtirish sohasida tarbiyalanuvchilarni o‘rganish yangicha mazmun kasb etmoqda. Bugungi kunda mos stimullarni qidirib topish va to‘g‘ri qo‘llash maqsadida tarbiyalanuvchilarni o‘rganish talab etilmoqda. Tarbiyalanuvchilar o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish, tashkil etish va boshqarishning oltin qoidalari Qoida: Tarbiyalanuvchilar nimani xohlashayotgani haqida o‘ylang! Muayyan bir turdagi stimullarni tahlil etish uchun amerikalik professor G.Overstritning “Inson xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish” deb nomlangan kitobida keltirilgan fikrlarga e’tiborni qaratsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. G.Overstritning ta’kidlashicha, xulq-atvorimiz va xatti-harakatlarimiz zamirida biz uchun eng qimmatli bo‘lgan orzularimiz yotadi. Kimnidir u yoki bu ko‘rinishdagi xatti-harakatlarni bajarishga undashni o‘z oldigan vazifa qilib qo‘yganlar uchun eng yaxshi maslahat shunday: avvalo o‘z suhbatdoshingizni nimanidir qattiq istashga majbur qiling. Kimki buni uddalay olsa, butun dunyoni egallaydi, agar uddalay olmasa, yakkalanib qoladi. Download 97.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling