Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish
Download 97.2 Kb.
|
Педагог.жараённи ривожл.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi qoida.
- Klaster (shoxchalar) usuli.
- Klasterni o‘tkazish tartibi
To‘rtinchi qoida. Ishga barcha tarbiyalanuvchilar u yoki bu darajada jalb etilishi lozim.
Beshinchi qoida. Tarbiyalanuvchilarning psixologik tayyorgarligiga e’tibor berish kerak. Gap shundaki, darsga kelganda tarbiyalanuvchilar birdaniga ishga kirishishga tayyor bo‘lmaydilar. Shuning uchun ham ularni tez-tez rag‘batlantirib turish kerak. Oltinchi qoida. Boshlang‘ich sinflarda bunday usullardan foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, deyarli barcha predmetlar bir tarbiyachi rahbarligida olib boriladi. Shuning uchun ham sinf sharaoiti, materiallar va usullarni shunday tanlash kerakki, bir darsdan ikkinchisiga o‘tish oson va qulay bo‘lsin. Masalan, bir xil metoddan barcha darslarda foydalanish mumkin bo‘lsin. Boshlang‘ich sinflarda interaktiv usulda o‘qitishning qulayligi shundaki, tarbiyalanuvchilar har doim bir sinf xonasida va bir tarbiyachi bilan ishlaydalar. Bu tarbiyachi uchun ham qulaylik tug‘diradi. Lekin, albatta, yil davomida partalarning o‘rnini o‘zgartirib, guruxlarga juftliklarga bo‘linib ishlab bo‘lmaydi. Interaktiv usullarning shunday turlari borki, ulardan hamma darslarda va hamma vaqt foydalanish mumkin. Quyida biz boshlang‘ich sinflarda qo‘llash qulay bo‘lgan interaktiv usullarning ayrimlarini yoritib beramiz. Klaster (shoxchalar) usuli. Klaster usuli fikrlarning xilma-xilligi, o‘rganilayotgan tushuncha, hodisa va voqealarning xususiyatlarini ochib bera olish, erkin va ochiq fikrlash qobilyatlarini shakllantiradigan pedagogik metoddir. ”Klaster” so‘zi “bog‘lash” yoki “shoxcha” degan ma’noni anglatadi. Klasterga bo‘lish yangi assotsiatsiyalarni paydo etadi, mavjud bo‘lgan bilimlarga yo‘l ochadi, tanlangan mavzuga oid yangi tasavvurlarni fikrlash jarayoniga jalb qiladi. Klaster metodini yangi mavzuni o‘rganishni boshlashdan oldin o‘tkazsa, yaxshi natija beradi. Bu usul tez va oson esda saqlanadi. Klasterni o‘tkazish tartibi: 1.Sinf doskasi yoki katta qog‘ozning o‘rtasiga tayanch so‘z, so‘z birikmasi yoki gapni yozish. 2.Shu so‘z, mavzu bilan bog‘liq so‘z yoki iboralarni yozish. 3.Tushuncha yoki g‘oyalar o‘rtasidagi mos bog‘liqliklarni aniqlash. 4.Bog‘liq yoki aloqador tushunchalarni ko‘proq topishga harakat qilish. 5.Birinchi marta klaster usulini qo‘llaganda butun sinf uchun tushunarli bo‘lgan mavzuni tanlash. Download 97.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling