Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish


Tarbiyalanuvchining qadr-qimmatini joyiga qo‘ying


Download 97.2 Kb.
bet6/10
Sana16.06.2023
Hajmi97.2 Kb.
#1512902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Педагог.жараённи ривожл.

Tarbiyalanuvchining qadr-qimmatini joyiga qo‘ying. Tarbiyalanuvchida tashabbuskorlikni hamda unda bor bo‘lgan barcha ijobiy fazilatlarni uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish orqali rivojlantiring. Agar sharoit shuni talab qilsa, biroz yolg‘on ishlatishdan ham qo‘rqmang. Chunki aldash – bu kishiga aynan u o‘zi haqida o‘ylaganlarini gapirish demakdir. Siz ishlatgan bu beozor yolg‘on tarbiyalanuvchida yangi kuch-g‘ayrat oqimini paydo etishi mumkin.
Agar tarbiyalanuvchilarning yutuqlariga chin dildan xursand bo‘la olsangiz, ularni qadrlay olsangiz, albatta, juda yaxshi bo‘ladi. Ammo pedagoglarimizning qo‘l ostidagilar juda ko‘pchilik bo‘lganligidan, ba’zan ularning har biri uchun kerakli va betakror so‘zni topib aytish qiyin bo‘lib qoladi. Bu o‘rinda aktyorlik qilishga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilar orasidagi o‘zaro raqobat sport musobaqalaridagi raqobatga o‘xshasin – bunda kimdir g‘olib bo‘lsa, kimdir mag‘lub bo‘ladi, ammo ishqibozlik so‘nmaydi. Mayli, shunday qilingki, musobaqada ishtirok etayotgan guruhlarning g‘alabaga erishish imkoniyatlari bir xil bo‘lsin. Agar musobaqa jarayonida ishtirokchilardan birortasining me’yoridan ortiqcha hissiy zo‘riqishi kuzatilsa, uni ustalik bilan keyingi jarayonlarda ishtirok etishdan ozod qilib, masalan, uni orbitr yoki topshiriqlarni, shart-sharoitlarni hozirlashda mas’ul etib qo‘yish mumkin.
Tarbiyalanuvchini maqtang. Bir bir qarashda oddiy stimulga o‘xshab ko‘rinsa-da, aslida uni qo‘llab, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi:

  • Maqtov tasodifiy, vaziyatli bo‘lishi kerak, uni oldindan rejalashtirib yoki jadval asosida tayinlab bo‘lmaydi.

  • Uncha ko‘ngildagidek bajarilmagan, ayniqsa, yomon bajarilgan ishni ko‘kka ko‘tarib maqtamang.

  • Maqtov ochiq va aniq yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Minnatdorchilik qabul qilish har doim kishi uchun yoqimli, ammo umumiy, aniq shaxsga yo‘naltirilmagan qolip-andaza shakldagi yuzlab minnatdorchilik bildirilganda ham, baribir ataylab, aniq bir kishi uchun qo‘lda yozilgan bir og‘iz iliq so‘zning o‘rnini bosa olmaydi. Aynan, qaysi ishi uchun “rahmat” aytayotganligingizni, aynan qaysi xatti-harakati sizga ma’qul bo‘lganligini aniq ko‘rsating.

  • Shunday maqtangki, maqtovingiz chin dildan va ishonchli bo‘lsin. Bu o‘rinda mimika va qo‘l harakatlari ifodasidan o‘rinli va mohirona foydalanish juda muhimdir. Agar tarbiyachi yozilgan insho unga ma’qul bo‘lganligini aytsayu, qosh-qovog‘i uyulgan, xo‘mraygan bo‘lsa, tarbiyalanuvchi uning gapiga ishonmaydi




Download 97.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling