Mavzu: Personalni shaxs sifatida qayta tayorlash va malakasini oshirish Reja


Personalni korxonada ushlab turish


Download 327 Kb.
bet5/7
Sana01.03.2023
Hajmi327 Kb.
#1241601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Personalni shaxs sifatida qayta tayorlash va malakasini oshirish

Personalni korxonada ushlab turish. Korxonadagi moddiy jihatdan rag’batlantirish mehnat bozori taklif etayotgan darajadan past bo’lsa, xodimlar ishdan bo’shab keta boshlaydilar. Korxona rahbari xodimlarni kasbiy o’qitish va rivojlantirish uchun sarflangan mablag’ zoe ketmasligi uchun ularni boshqa kompaniya va firmalar bilan raqobat qila oladigan darajada moddiy jihatdan rag’batlantirishni ta’minlashlari zarur.
Ishlab chiqarish faolligini rag’batlantirish. Rag’batlantirish personalni korxona uchun zarur mehnat faolligini ko’rsatishlarini ta’minlashi kerak. Mehnat unumdorligini oshirish, mehnatga ijodiy yondashish, tashabbuskorlik, korxonaga sadoqat, moddiy jihatdan rag’batlantirish tizimi orqali mukofotlanishi kerak.
Ishchi kuchiga xarajatlarni nazorat qilish. Hozirgi kompaniya va firmalar uchun ishchi kuchiga xarajatlar ular sarf-xarajatlarining asosiy moddasini tashkil etadi. Shuning uchun ushbu xarajat-larni muntazam nazorat qilib borish katta ahamiyatga ega. Moddiy jihatdan rag’batlantirishning oqilona tizimi korxonaga ishchi kuchi uchun xarajatlarni nazorat ostida ushlab turish bilan bir qatorda ishlab chiqarishga zarur xodimlarni kompaniya va firmada ushlab turish imkonini beradi. Amaliyotda bunga rioya etmaslik, ish haqi uchun asoslanmagan darajada ko’p mablag’ sarflanishi odatda korxonalarning sinishi (bankrot bo’lishida)da asosiy sabablaridan biridir.
Samaradorlik va soddalik. Moddiy jihatdan rag’batlantirish, korxona har bir xodimiga yaxshi tushunarli bo’lishi shart. Aks holda undan ko’zlangan maqsadlar mutlaqo qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Shuningdek, ushbu tizim uchun ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Qonunchilik talablariga muvofiqlik. O’zbekiston Respublikasida, xuddi boshqa davlatlarda bo’lgani kabi mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar amaldagi qonunchilik bilan muvofiqpash-tiriladi. Ularga qa’tiy amal etilishi shart.
Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan davlatlardagi kompaniya va firmalarda qo’llaniladigan moddiy jihatdan rag’batlantirishning asosiy shakllari keltirilgan.


Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling