Mavzu: Personalni shaxs sifatida qayta tayorlash va malakasini oshirish Reja
Download 327 Kb.
|
Personalni shaxs sifatida qayta tayorlash va malakasini oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining
- Pensiya ta’minoti.
- Foydalanilagan adabiyotlar
5. Ijtimoiy to’lovlar. Ular ta’til, shu jumladan ijtimoiy ta’tillar, malaka oshirish, hayotni sug’urta qilish va shu kabilar uchun to’lovlardan iboratdir.
6. Korxona aktsiyalari bo’yicha dividendlar (foydaga sheriklik). Bu xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning juda muhim usuli bo’libgina qolmasdan, qator hollarda mulkka egalikning o’zgarishiga (agar korxona aktsiyalarining salmokli ulushi xodimlar tomonidan sotib olinsa) olib kelishi mumkin. Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining quyidagi shakllari mavjud: - bepul aktsiyalar; - aktsiya kursidan muayyan foiz chegirmasi bo’lgan oddiy aktsiyalar; - korxona aktsionerlari umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini bermaydigan imtiyozli aktsiyalar; - xodimlarning pay shaklida ishtirok etishi ko’zda tutilgan jamiyatlarni tashkil qilish; - aktsiyalarga opsionlar; - faoliyat yakunlari bo’yicha, ishtirok etish birligiga aktsiyalar va hokazolar. Pensiya ta’minoti. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanishi belgilab qo’yilgan. Yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar - oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar - ellik besh yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan takdirda tayinlanadi. Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, - mehnat staji kam bo’lganda ham tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi sug’urta qilingan xodimlarga - nogironlik mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib chiqqan bo’lsa, mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar, nogironlik boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa, - tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo’lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq bo’ladi. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobi-liyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi. Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo’lgan sug’urta qilingan xodimlarga (boquvchisini yo’qotgan hollarda esa - ularning oila a’zolariga) ularning o’zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.1 Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida Pensiya jamg’armasi ham tashkil etilgan bo’lib, u fuqarolarni keksalik paytida moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar bilan birga xodimlar o’z ish haqlaridan hamda korxonalar mablag’lari hisobidan tegishli badallar o’tkazib turishlari mumkin. Foydalanilagan adabiyotlar 1. Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, A.B.Xayitov, A.M.Akbarov. Personalni boshqarish. Darslik.- T.: “Iqtisodiyot”, 2013-292 b. 2. Abdurahmonov Q.X., Xolmo’minov SH.R., Zokirova N.Q., Irmatova A.B. Personalni boshqarish. Darslik.-T.: “Iqtisodiyot”, 2011- 580 b. 3. Abdurahmonov Q.H., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q. Personalni boshqarish. Darslik. – T.: “O‘qituvchi”, 2008 – 655 b. Download 327 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling