Mavzu: Personalni shaxs sifatida qayta tayorlash va malakasini oshirish Reja


Korxona personalini rag’batlantirish shakli


Download 327 Kb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi327 Kb.
#1241601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Personalni shaxs sifatida qayta tayorlash va malakasini oshirish

Korxona personalini rag’batlantirish shakli
Bugungi kunda qo’llanilib kelinayotgan qo’shimcha rag’batlantirish tizimlarining hammasini asosan ikki guruhga bo’lish mumkin: ish haqiga ustama to’lovlar xodimlar ish stajiga yoki faqat xizmatiga qarab amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mulkchilikning turli shaklida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning eng maqbul shakl va uslublarini topish va qo’llashni taqozo etmoqda. Ana shu masalada moddiy jihatdan rag’batlantirishning korxona faoliyati natijalari, bu natijalarga erishishda har bir xodimning hissasini hisobga olish bilan bog’liqligini ta’minlash, ish haqiningdavlattomonidan boshqarilishi, bozor kon’yunkturasi iloji boricha to’liq hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.

Korxona personalini moddiy jihatdan rag’batlantirish tizimi
Moddiy jihatdan rag’batlantirishning yangi tizimlari o’z mohiyati va shakllanish usuliga qarab quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
— bevosita to’lovlar (baza stavkalari va ustamalar);
— bilvosita to’lovlar (kompensatsiyalar);
— mukofotlar (bonuslar);
— pensiya to’lovlari.
Baza stavkalari. Korxonaga zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlarni jalb etish uchun baza ish haqi etarli bo’lishi kerak. Bu baza, xodim umumiy daromadlarini 70-90 foizidan ko’p bo’lmasligi lozim. Baza ish haqi miqdori xodimlar guruhi yoki umuman kompaniya yoki firma darajasida mehnat unumdorligining oshirilishiga muvofiq ravishda oshirilishi kerak.
Korxona personalining daromadi asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:
1.Tarif stavkalari va okladlar bo’yicha ish haqi to’lash mehnatning murakkabligi va mas’uliyatiga muvofiq amalga oshiriladi.
2.Mehnat bozori ishchi kuchiga talab va taklif nisbatini aks ettiradi. Ish beruvchi vaxodim o’rtasidagi munosabatlar natijasida belgilangan tarif stavkalari
personal ayrim guruhi uchun tarif stavkasi jadvalida belgilab qo’yilganidan ancha ortiqbo’lishi ham mumkin. Bu mehnatning ana shunday turiga talabning yuqoriligi bilan izohlanadi.
3.Ustama va kompensatsiyalar mehnatning ob’ektiv ravishda xodimga bog’liq bo’lmagan xususiyatlarini hisobga olgan holda to’lanadi.
4. Qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar mehnatga sidqidildan munosabat, mahsulot sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rag’batlantirish uchun joriy etiladi va xodimning shaxsiy yutuqlari natijalarini aks ettiradi.




Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling