Mavzu: Polimerlar haqida tushuncha. Ishlatilishi, cho’ktiruvchisi va eriydigan polimerlarga misollar keltiring


POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI


Download 99.76 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi99.76 Kb.
#1533348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kim.tex. 15.05.2023.

POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI
Polimer materiallar, jismlar va moddalarning xossalari ularni tashkil
qilgan makromolekulalarning eng asosiy xarakteristikasi ikkita: kimyoviy
tuzilishi (tabiati va tarkibi) va kattaligi- molekulyar massasi. Ana shu
o`lchamning xususiyatlari va imkoniyatlari jihatidan ham polimer moddasi
oddiy moddalardan ancha farq qiladi. Polimerlarning tuzilishi shunchalik
xilma-xilki ularni bu xarakteristikasini uni kimyoviy belgilariga qarab
sinflarga bo`lmasdan tushunib olish qiyin.
Makromolekulasining asosiy zanjirini tashkil qilgan elementlarga qarab 2
guruhga bo`linadi:

a) faqat uglerod atomidan tashkil topgan bo`lsa- karbozanjirli polimerlar


deyiladi — С —С — С — С — С —.

b) asosiy zanjirni tashkil qilgan atomlar 2 va undan ortiq elementdan iborat


bo`lsa polimerni geterozanjirli polimerlar deb yuritiladi.

Oqsil va sintetik poliamidlar makromolekulalarining asosiy zanjiri 3 xil


element S, H, N atomlaridan, mochevina-formaldegid smolasi va poliamidlarniki
3 xil S, O va N atomlaridan atomlaridan tashkil topgan.
Polimerlar makromolekulasidagi bo`g`inlar bir xil bo`lsa- gomopolimerlar,
har xil bo`lsa- sopolimerlar deyiladi.
Makromolekulalarning kimyoviy tuzilishi- konfigurasiyasiga oid yana bir
omil- bo`g`inlarning o`zaro tuzilishi, ya'ni makromolekula stereoizomeriyasidir.
Ma'lumki, uglerod atomidagi o`rinbosarlar 2 xil bo`lsa (R va H, yoki R1 va
R2) uglerod atomi asimmetrik atom bo`lib, u L- yoki D- shaklda (o`ng va chapga
buruvchi) bo`la oladi. Agar makromolekulaning asimmetrik atomlari faqat L- yoki
faqat D- shaklda bo`lsa (asosiy zanjir yotgan tekislikka nisbatan) o`rinbosarlar
asosiy zanjirning bir tomonida bo`ladi:

Bunday makromolekula izotaktik deb ataladi.
Agar zanjirda L- va D- shakllar almashinib kelsa (L-, D-, L-, D- ) bunday
makromolekula sindiotaktik deyiladi:

Izo- va sindiotaktik makromolekulalar stereoregulyar (fazoviy tartibli) deb
yuritiladi. Ulardan tashkil topgan polimerlar stereoregulyar polimerlar deb ataladi.
Makromolekulaning o`rinbosarlari fazoda tartibsiz (L- va D- shakllar
aralash-quralash, statistik betartiblikda) joylashgan bo`lsa uni ataktik
makromolekula deyiladi. Stereoregulyar makromolekulalar o`zaro tartibli
joylashishi mumkin, ataktik makromolekulalarda bunday imkoniyat yo`q (silliq va
silliq bo`lmagan taxtaning taxlanishiga o`xshash). Shu sababli stereoregulyar
polimerlarning materiallari yuqori mexanik xossalarga ega bo`ladi. Chunki
stereoregulyar makromolekulali polimer ko`pincha kristallik strukturaga, ataktik
polimerlar esa amorf strukturaga ega bo`ladi. Izotaktik polipropilenning
sindiotaktikadan zichligi va erish temperaturasi (20 °С dan) yuqori.
Polimerlarda sis-trans izomeriya dienlarning (masalan, polibutadien)
polimerlarida uchraydi. Bu ham fazoviy (geometrik) izomeriyaning xususiy bir
turidir:

Bu izomeriya ham polimerlarning xossasiga sezilarli ta'sir qiladi. Masalan,


1,4-poliizoprenning sis- izomeri oddiy haroratda elastik holida (tabiiy kauchuk,
Geveya daraxtidan olingani) va kauchuk sifatida ishlatiladi. Ammo uy haroratida
trans- izomer guttapercha nomli qattiq plastikdir, chunki, u ancha yuqoriroq
haroratda (+65°С) yumshaydi va undan yuqoriroq haroratdagina kauchuksimon
xossani namoyon qiladi.
Makromolekulyar zanjirning tuzilishiga qarab ham yana bir necha xil
bo`ladiki, ularning xossalarining har xilligi makromolekula konfigurasiyasining
shaklida ko`rinib turadi:



Download 99.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling