Mavzu: Polimerlar haqida tushuncha. Ishlatilishi, cho’ktiruvchisi va eriydigan polimerlarga misollar keltiring


Download 99.76 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi99.76 Kb.
#1533348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kim.tex. 15.05.2023.

Chekli bo`kish. Bo`kish har doim ham erish bilan tugayvermaydi. Ko`pincha
jarayon ma'lum bo`kish darajasiga yetishi bilan to`xtaydi. Buning sababi polimer
bilan erituvchining chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita
faza hosil bo`ladi, yukorimolekulyar birikmaning erituvchidagi to`yingan eritmasi
va erituvchining polimerdagi to`yingan eritmasi (iviq). Bunday chekli bo`kish
doimo muvoznatda bo`ladi, ya'ni ma'lum darajagacha bo`kkan polimerning hajmi
o`zgarmas bo`lib qoladi (agar sistemada kimyoviy o`zgarish bo`lmasa).
Bo`kishning bunday turi suyuqliklarning chekli aralashishiga o`xshashdir. Chekli
erish bilan boradigan bo`kishni polivinilxlorid-aseton va polixloropren-benzin va
boshqa sistemalarda kuzatish mumkin.
Chiziqli va to`rsimon polimerlarning bo`kishi bir-biridan farq qiladi.
Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga
o`xshashdir: ma'lum sharoitda (ya'ni harorat yoki komponentlar
konsentrasiyasining ma'lum qiymatida) chekli bo`kish cheksiz erishga o`tishi
mumkin.
Chekli bo`kishning sababi quyidagicha: polimer zanjirlarining o`zaro
ta'sirlanish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta'sirlanish
energiyasidan yuqoriroq bo`ladi, natijada zanjirlar bir-biridan to`liq ajralmaydi.
Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bog`larni uzadi va chekli
bo`kishga o`tadi. Chekli bo`kishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining
choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer to`rsimon moddaga aylanib qoladi
va molekulalararo kimyoviy bog`lar polimer molekulalarining eritmasiga o`tishiga
xalaqit qiladi. Misol tariqasida vulkanlangan kauchukning benzolda bo`kishini
ko`rish mumkin.

Polimerlarning bo`kishi va erishiga ta'sir etuvchi omillar
Polimerlarning bir jinsli termodinamik barqaror sistemalar hosil qilish
qobiliyati quyidagilarga bog`liq:
1. Erituvchi va polimerlarning tabiati. Amorf polimerlar zanjirlarining va
erituvchi molekulalarining kimyoviy tuzilishi hamda ularning qutbliligi,
polimerlarning bo`kishi va erishini belgilovchi asosiy omillardir. Polimer zanjiri
zvenolarining va erituvchi molekulalarining qutbliligi yaqin bo`lsa bir xil va har xil
molekulalar orasidagi ta'sir energiyasi bir xil bo`ladi va polimer bo`kadi. Agar
yuqorida ko`rsatilgan omillar polimer va erituvchi uchun katta farq qilsa bo`kish
va erish kuzatilmaydi.
Poliizopren, polibutadien va boshqa qutblanmagan polimerlar to`yingan
uglevodorodlar bilan cheksiz miqdorda aralashadi va yuqori qutblangan
erituvchilar (suv, spirt va boshqalar) bilan umuman ta'sirlanmaydi.
2. Polimer zanjirining bukiluvchanligi. Polimerlarning bo`kishi va erishi
zanjir bukiluvchanligi bilan uzviy bog`langan. Yuqorida aytilganidek, erish
jarayonida polimer zanjirlari bir-biridan ajragan holatda erituvchiga difuziyalanadi.
Bukiluvchan zanjirining qismlari alohida harakat qila oladi va ularning bir-biridan
ajrashi va diffuziyalanishi yengillashadi.
Qutblanmagan polimerlar yuqori bukiluvchanlikka ega bo`ladi va ular
qutblanmagan erituvchilar bilan kuchli ta'sirlashadi. Shuning uchun bukiluvchan
zanjirlarga ega bo`lgan qutblanmagan polimerlar har qanday qutblanmagan
erituvchida cheksiz eriydi.
3. Polimerlarning molekulyar massasi. Polimerlarning molekulyar massasi
ortishi bilan ularning zanjirlari orasidagi ta'sir energiyalari ortib boradi. Shuning
uchun bitta polimergomologik hatordagi polimerlarning molekulyar massasi ortishi
bilan bir xil erituvchida erish qobiliyati kamayib boradi. Bunday farq polimerni
molekulyar massasi bo`iicha qismlarga ajratish imkonini beradi.
4. Polimerlarning kimyoviy tarkibi. Qator polimerlar olinishiga qarab har xil
kimyoviy tarkibga ega bo`lishi mumkin va bu ularning eruvchanligiga sezilarli
ta'sir etadi. Masalan, nitrosellyulozaning eruvchanligi uning tarkibidagi
nitroguruhlar soniga bog`liq. 10-12% azot tutgan nitrosellyuloza asetonda cheksiz
eriydi, trinitrat sellyuloza esa faqat chekli bo`kadi.
5. Polimerlarning ustmolekulyar tuzilishi. Kristall tuzilishga ega bo`lgan
polimerlar amorf tuzilishdagi yuqori molekulyar birikmalarga qaraganda ancha
qiyin bo`kadi va eriydi. Buning sababi, kristall polimerlarda zanjirlar bir-biriga
nisbatan tartibli joylashgan bo`lib, ulardagi molekulalararo ta'sir energiyasi juda
yuqori qiymatga ega bo`ladi. Shuning uchun, kristall polimerdagi zanjirlarni birbiridan ajratishga katta energiya talab qilinadi va bunday polimerlar qutbliligi
yaqin bo`lgan erituvchilarda ham uy haroratida erimaydi.

Download 99.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling