Mavzu: Polimerlar haqida tushuncha. Ishlatilishi, cho’ktiruvchisi va eriydigan polimerlarga misollar keltiring


Polimerlarning bo`kishi va erishi


Download 99.76 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi99.76 Kb.
#1533348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kim.tex. 15.05.2023.

Polimerlarning bo`kishi va erishi
Yuqorimolekulyar birikmalar, xuddi quyi molekulyar moddalarga o`xshab,
har qanday suyuqliklarda erimaydi. Ba'zi bir suyuqliklarda polimer o`z-o`zicha
erisa, ba'zilarida umuman erimasligi mumkin. Masalan, polistirol benzolda o`zo`zicha eriy oladi, lekin suvda erimaydi. Jelatina esa suvda yaxshi erib, spirtda
erimaydi. Demak, birinchi ko`rsatilgan hollarda polimer va erituvchi orasida o`zaro
moyillik kuzatiladi, boshqa hollarda esa moyillik kuzatilmaydi.
Yuqorimolekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning
erishidan farq qiladi. Polimerlar erishdan oldin bo`kadi, ya'ni bo`kish erishning
birinchi bosqichidir. Bo`kish davrida yuqori molekulyar modda suyuqlikni yutadi
og`irligi ortadi, yumshoq va cho`ziluvchan bo`lib qoladi. Hajmi hatto 10-15 marta
ortadi.
Yuqorimolekulyar birikmalarning erish davrida erituvchi molekulalari
dastlab polimer modda orasida tarqaladi natijada bo`kish jarayoni kuzatiladi.
Erituvchi molekula asosan amorf polimerlarning makromolekulalari orasidagi
g`ovaklarda joylashadi va asta-sekin makromolekulalarni bir-biridan ajrata
boshlaydi. Vaqt o`tishi bilan makromolekulalar orasidagi bog`lanish susayadi va
makromolekula asta-sekin erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, natijada chin
eritma hosil bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, bo`kish erish oldidan bo`ladigan kinetik
effektdir. Polimerlarni molekulyar massasi qanchalik katta bo`lsa, uning erishi va
bo`kishi shunchalik qiyinlashadi va aksincha, qanchalik molekulyar massa
kamaysa shunchalik polimerning erishi quyi molekulyar modlalarning erishiga
o`xshab ketadi. Haqiqatdan ham, quyi molekulyar modda eriganida erigan
moddaning molekulalari erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, ya'ni bo`kish
jarayoni kuzatilmaydi. Bo`kish chekli va cheksiz bo`ladi.
Cheksiz bo`kish. Yuqorida aytib o`tilganidek cheksiz bo`kish erishning
birinchi bosqichi bo`ladi, so`ngra polimer zanjirlari bir-biridan ajraladi va quyi
molekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi. Polimerlarni erishining asosiy
xususiyati shundan iboratki, erish davridagi aralashayotgan komponentlarning
molekulalari katgaligi va harakatchanligi bo`yicha bir-biridan bir necha ming
marotaba farq qiladi. Odatda quyi molekulyar erituvchining molekulalari juda
harakatchan bo`ladi va polimerga erituvchi q¢shilganda suyuqlik molekulalari
polimer orasiga kira boshlaydi va polimer zanjirlarini bir-biridan ajratadi, ya'ni
bo`kish sodir bo`ladi; kam harakatchan bo`lgan makromolekulalarning quyi
molekulyar suyuqlik fazasiga tarqalishi esa ma'lum vaqt talab qiladi. Demak,
polimerning erish jarayonidan oldin doim bo`kish kuzatiladi.
Bo`kkan polimer, ya'ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi,
ma'lum vaqt toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud bo`la oladi. So`ngra
makromolekulalar bir-biridan ajrala boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari
orasiga tarqalib bir jinsli eritma hosil qiladi. Demak, cheksiz bo`kish ikki
suyuqlikning o’zaro aralashmasiga o`xshagan jarayondir. Uning o`ziga xos farqi
komponentlardan birining zanjirsimonligi va bukiluvchanligidadir. Shuning uchun
agar polimer molekulalari sferik tuzilishga ega bo`lsa, ular erish davrida
bo`kmaydi. Masalan, molekulyar massasi 800000 bo`lgan glikogen molekulalari
sferik tuzilishga ega bo`lganligi uchun erish davrida bo`kmaydi.

Download 99.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling