Mavzu: Polimerlar haqida tushuncha. Ishlatilishi, cho’ktiruvchisi va eriydigan polimerlarga misollar keltiring
Download 99.76 Kb.
|
Kim.tex. 15.05.2023.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poli- ko`p, meros- o`lcham
- Polimerlar deb
Mavzu: Polimerlar haqida tushuncha. Ishlatilishi, cho’ktiruvchisi va eriydigan polimerlarga misollar keltiring. Kimyo- modda (uning tuzilishi, xossalari va kimyoviy o`zgarishlari) haqidagi fan. Polimerlar kimyosi- polimer moddalar, ularning tuzilishi, xossalari va kimyoviy o`zgarishlari haqidagi kimyo fanining juda muhim va katta bo`limidir. Har qanday fan kabi polimerlar kimyosining ham o`z tili, atamalari bor. Poli- ko`p, meros- o`lcham demakdir. Polimerlarning molekulyar massasi juda katta, ulkan bo`ladi. Ularning aniq ilmiy nomi- yuqorimolekulali birikmalar. Uning qisqaroq "polimer" deb ataluvchi sinonimik fan, texnika va hayotda ko`p ishlatiladi. Polimerlar molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo`lgani uchun makromolekula deb ataladi. Polimerlar deb makromolekulasi zanjirsimon tuzilishga ega bo`lib, ko`p marta qaytaruvchi atomlar guruhi (bo`g`in)lardan tashkil topgan yuqorimolekulali birikmalarga aytiladi.Polimerlarni monomer deb ataluvchi quyi molekulali moddalardan sintez qilib olinadi. Polimer makromolekulasining tarkibiga kirgan va uning ko`p marta qaytaruvchi atomlar guruhini tashkil qilgan "monomer" bo`g`ini yoki oddiy bo`g`in deb ataladi. Bo`g`inning kimyoviy brutto formulasi monomernikiga teng. Makromolekuladagi bo`g`inlar soni makromolekulaning nechta monomerni kimyoviy bog`lab sintez qilinganini bildiradi. Shuning uchun makromalekulalarning bo`g`inlar soni "n" polimerlanish darajasi deyiladi. (Polimerlanish- monomerlardan polimerlarni sintez qilish usulidir). Odatda n- 10,100,1000 va undan ham katta bo`lishi mumkin. Polimerlar makromolekulasining eng muhim xususiyati uning zanjirsimon tuzilganligi, ya'ni molekulani chiziqli uzunligining ko`ndalang o`lchamidan ko`p marta (bir necha tartibga) kattaligidir. Masalan, ko`p ishlatiladigan Har xil polietilen tasmalaridagi makromolekulalarning uzunligi diametridan 1000-10000 marta katta. Makromolekulaning zanjirsimon tuzilganligidan polimer moddalari quyi molekulali moddalarnikidan butunlay farqlanuvchi xossalarga ega bo`lib, ular quyidagilar: -makromolekulalarning zanjirsimon tuzilishi ularda egiluvchanlik xususiyatini barpo qiladi. Ana shu ma'lum chegarada ilgarlanma mustaqil harakat qiladi. Bu xossasi tufayli makromolekulalardan tashkil topgan jismlar yangi yuqorielastik holatini namoyon qiladi; -uzun va zanjirsimonligidan makromolekulalarning o`zaro ta'sirlashuvi, bog`liqligining kuchi juda katta. Shu sababli polimer moddalardan xilma-xil tolalar va tasmalar olinadi; -polimerlar eruvchanlikda ham yangi xususiyat namoyon qiladi. Ular to`g`ridan-to`g`ri eriy olmaydi. Avval bo`kadi, so`ng eriydi. Eritmasining qovushqoqligi benihoya katta bo`lib 1-2%li eritmalar oquvchanligini yo`qotadi va gelga aylanadi; -polimerlarning kimyoviy reaksiyalarida oddiy quyi molekulyar birikmalarda uchramaydigan hollar ham bor. Makromolekulalar va polimerlarning tuzilish va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir. Ular quyimolekulyar moddalarda bo`la olmaydi. Shular sababli polimer holatni moddaning noyob holati desa bo`ladi. Shuning uchun ham, polimerlar kimyosining alohida fan sifatidagi tadsisoti, o`rganilishi va o`qitilishining sababi tushunarlidir. O`zbekiston polimerlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyolarga boy. Gaz va neft, paxta linti, kaprolaktam, atsetilen, etilen va akrilonitril kabi monomerlar shular jumlasidandir.Mamlakatimizda poliakrilonitril, poliakrilamid, polikaprolaktam(poliamid-6), karboksimetilsellyuloza, diatsetilsellyuloza zavodlari ishlabturibdi. Mikrokristallik sellyuloza (MKS) ishlab chisarilyapti. Keyingi yillarda Sho`rtan gaz-kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqaruvchi va Namangan, Farg`ona, Yangiyo`l shaharlarida har xil maqsadli sellyuloza ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushdi. Download 99.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling