Mavzu: Polimerlar haqida tushuncha. Ishlatilishi, cho’ktiruvchisi va eriydigan polimerlarga misollar keltiring
Download 99.76 Kb.
|
Kim.tex. 15.05.2023.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimerlarning bo`kishi va erishiga tasir etuvchi omillar
Chekli bo`kish. Bo`kish har doim ham erish bilan tugayvermaydi. Ko`pincha
jarayon ma'lum bo`kish darajasiga yetishi bilan to`xtaydi. Buning sababi polimer bilan erituvchining chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita faza hosil bo`ladi, yukorimolekulyar birikmaning erituvchidagi to`yingan eritmasi va erituvchining polimerdagi to`yingan eritmasi (iviq). Bunday chekli bo`kish doimo muvoznatda bo`ladi, ya'ni ma'lum darajagacha bo`kkan polimerning hajmi o`zgarmas bo`lib qoladi (agar sistemada kimyoviy o`zgarish bo`lmasa). Bo`kishning bunday turi suyuqliklarning chekli aralashishiga o`xshashdir. Chekli erish bilan boradigan bo`kishni polivinilxlorid-aseton va polixloropren-benzin va boshqa sistemalarda kuzatish mumkin. Chiziqli va to`rsimon polimerlarning bo`kishi bir-biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga o`xshashdir: ma'lum sharoitda (ya'ni harorat yoki komponentlar konsentrasiyasining ma'lum qiymatida) chekli bo`kish cheksiz erishga o`tishi mumkin. Chekli bo`kishning sababi quyidagicha: polimer zanjirlarining o`zaro ta'sirlanish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta'sirlanish energiyasidan yuqoriroq bo`ladi, natijada zanjirlar bir-biridan to`liq ajralmaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bog`larni uzadi va chekli bo`kishga o`tadi. Chekli bo`kishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer to`rsimon moddaga aylanib qoladi va molekulalararo kimyoviy bog`lar polimer molekulalarining eritmasiga o`tishiga xalaqit qiladi. Misol tariqasida vulkanlangan kauchukning benzolda bo`kishini ko`rish mumkin. Polimerlarning bo`kishi va erishiga ta'sir etuvchi omillar Polimerlarning bir jinsli termodinamik barqaror sistemalar hosil qilish qobiliyati quyidagilarga bog`liq: 1. Erituvchi va polimerlarning tabiati. Amorf polimerlar zanjirlarining va erituvchi molekulalarining kimyoviy tuzilishi hamda ularning qutbliligi, polimerlarning bo`kishi va erishini belgilovchi asosiy omillardir. Polimer zanjiri zvenolarining va erituvchi molekulalarining qutbliligi yaqin bo`lsa bir xil va har xil molekulalar orasidagi ta'sir energiyasi bir xil bo`ladi va polimer bo`kadi. Agar yuqorida ko`rsatilgan omillar polimer va erituvchi uchun katta farq qilsa bo`kish va erish kuzatilmaydi. Poliizopren, polibutadien va boshqa qutblanmagan polimerlar to`yingan uglevodorodlar bilan cheksiz miqdorda aralashadi va yuqori qutblangan erituvchilar (suv, spirt va boshqalar) bilan umuman ta'sirlanmaydi. 2. Polimer zanjirining bukiluvchanligi. Polimerlarning bo`kishi va erishi zanjir bukiluvchanligi bilan uzviy bog`langan. Yuqorida aytilganidek, erish jarayonida polimer zanjirlari bir-biridan ajragan holatda erituvchiga difuziyalanadi. Bukiluvchan zanjirining qismlari alohida harakat qila oladi va ularning bir-biridan ajrashi va diffuziyalanishi yengillashadi. Qutblanmagan polimerlar yuqori bukiluvchanlikka ega bo`ladi va ular qutblanmagan erituvchilar bilan kuchli ta'sirlashadi. Shuning uchun bukiluvchan zanjirlarga ega bo`lgan qutblanmagan polimerlar har qanday qutblanmagan erituvchida cheksiz eriydi. 3. Polimerlarning molekulyar massasi. Polimerlarning molekulyar massasi ortishi bilan ularning zanjirlari orasidagi ta'sir energiyalari ortib boradi. Shuning uchun bitta polimergomologik hatordagi polimerlarning molekulyar massasi ortishi bilan bir xil erituvchida erish qobiliyati kamayib boradi. Bunday farq polimerni molekulyar massasi bo`iicha qismlarga ajratish imkonini beradi. 4. Polimerlarning kimyoviy tarkibi. Qator polimerlar olinishiga qarab har xil kimyoviy tarkibga ega bo`lishi mumkin va bu ularning eruvchanligiga sezilarli ta'sir etadi. Masalan, nitrosellyulozaning eruvchanligi uning tarkibidagi nitroguruhlar soniga bog`liq. 10-12% azot tutgan nitrosellyuloza asetonda cheksiz eriydi, trinitrat sellyuloza esa faqat chekli bo`kadi. 5. Polimerlarning ustmolekulyar tuzilishi. Kristall tuzilishga ega bo`lgan polimerlar amorf tuzilishdagi yuqori molekulyar birikmalarga qaraganda ancha qiyin bo`kadi va eriydi. Buning sababi, kristall polimerlarda zanjirlar bir-biriga nisbatan tartibli joylashgan bo`lib, ulardagi molekulalararo ta'sir energiyasi juda yuqori qiymatga ega bo`ladi. Shuning uchun, kristall polimerdagi zanjirlarni birbiridan ajratishga katta energiya talab qilinadi va bunday polimerlar qutbliligi yaqin bo`lgan erituvchilarda ham uy haroratida erimaydi. Download 99.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling