Mavzu: Populyatsiya chiziqsiz modelining uch turdagi rejimi. Reja


Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti-harakat tuzilmasi


Download 25.17 Kb.
bet6/6
Sana08.02.2023
Hajmi25.17 Kb.
#1177932
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Populyatsiya chiziqsiz modelining uch turdagi rejimi

Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti-harakat tuzilmasi.

Etologiya (grekcha”ethos”-xarakter) hayvonlar xatti-harakati (hulqi) ning biologic asosi haqidagi fandir.U ekolgiya fani bilan chambarchas bog’liq.Ekologiya fanining natijalaridan qishloq xo’jaligi, hayvonot olamini muhofaza qilish vazifalarini hal etishda foydalanish mumkin.Hayvonlarning xulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq.Odatda hayvonlar yolg’iz birgalikda hayot kechiradi.Hayvonlarning birgalikda yashashining bir necha shakllari ma’lum.Tabiatda hayoti davomida butunlay yolg’iz hayot kechiruvchi organizmni uchratib bo’lmaydi.Yolg’iz hayot kechirish nisbiy ma’noda tushuniladi.


Individlarning jinsiy moyilligi va ota-onalar bilan yangi avlod o’rtasidagi bog’lanishlar, hududiy umumiylik, nasl uchun qayg’urish natijasida oila deb atalgan hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq vaqtgacha, ba’zi turlarda esa umrining oxirigacha birga bo’lishi mumkin.Hayvonlarda o’z juftini topish o’ziga xos murakkab ko’rinishlarda o’tadi. Bu narsa o’rgimchaksimonlarda erkaklarning har xil harakatlar orqali urg’ochisiga yaqinlashishi, qushlar va sutemizuvchilarda “ko’ngilni ovlash” hatto erkaklari o’rtasidagi o’zaro kuchlar kurash yo’llari orqali boradi.
Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari podalar, galalarva koloniyalar hisoblanib, ularning shakllanishida populyatsiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi.
Ko‘pgina turlar, bunda o‘zining hayot siklini mа’lum bir bos-qichida boshqa individlar bilan bog‘liq holda yashamaydi. Tabiatda butunlay yakka holda hayot kechirish hodisasi umuman uchra-maydi. Agar shunday bo‘lganda edi organizmlarning hayotiy funk-siyalaridan biri ko‘payishi yuz bermagan bo‘lar edi.
Bir qancha turlar uchun juda zaif aloqalar mavjud. Masalan: tashqi urug‘lanish bilan ko‘payuvchi organizmlarda birgalikda yashash imkoniyati mutlaqo bo‘lmasligi mumkin. (aktiniyalar).
Yakka holda hayot kechiruvchi turlarda vaqtinchalik individ-larning to‘planishi kuzatiladi: u ham bo‘lsa, qishlash joylarida ko‘payish vaqtida va h.k.
Populyatsiyalarda ichki munosabatlarning murakkablashuvi ikki yo‘nalishda ko‘zga tashlanadi: bu jinsiy partnyorlar o‘rtasida aloqaning ko‘payishi va ota – ona va qiz avlodlar o‘rtasidagi aloqalarning paydo bo‘lishi. Ana shu asosda populyatsiyalarda oila shakllanadi, bu o‘zining tarkibi va uzoq vaqt yashovchanligi bilan xilma-xildir.
Download 25.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling