Nomaqbul oilalar bilan ishlash ijtimoiy pedagogik texnologiyalari Reja


Download 207.14 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi207.14 Kb.
#1631863
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)



Nomaqbul oilalar bilan ishlash ijtimoiy pedagogik texnologiyalari

Reja:

Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari


  • Yosh oila va sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish


  • Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari


  • Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nikohning mustahkamligi



Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham o’z ta`sirini ko’rsatmoqda. Oila a`zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan, oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagoglar yordamiga muhtoj bo’lib qolgan.Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rtga kategoriya asosida shakllanadi: Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to‘g‘riroq bo‘lib, qachon turmush qurganligidan qat’iy nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mehnat stajiga ega bo‘lmaydi, va ko‘p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo‘lib, uy bekasi bo‘lib o‘tirib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo‘yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o‘rtacha ko‘rsatgichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi rag‘batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo‘yicha professional malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki xali ham turmush qurmagan bo‘lishi ham mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o‘tib ketmoqda. Juda erta turmush qrish qanchalik oila va uning barqarorligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar va moddiy-ma’naviy qiyinchiliklar bilan, eng muhim er va xotinning salomatligi holati, tug‘ilajak zurriyodning sog‘lom tug‘ilishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

  • Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;

  • yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;

  • o‘rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;


Katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi. Ko‘plab olimlarning ta’kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni o‘zi mustaqil xal qilishi uchun zarur bo‘lgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg‘un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko‘rgan-kechirganlarini uchun o‘z oilasida qo‘llay bilish mahoratiga bevosita bog‘liqdir. Lekin baribir har bir oila aynan yoshlik davrida muaytsyan qiyinchiliklarni boshdan kechiradiki, bu muammolar quyidagi holatlarga bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi: oilaviy hayotni bir maromda kechishini ta’minlash, ishlash, o‘qish yoki boshqa masalalarni xal qilish uchun vaqtning yetishmasligi; vaqtni yaxshi o‘tkazish, ko‘ngilxushliklarning cheklanganligi; yangi sharoitda erkakning ham ayolning jismonan toliqishi, asablarning charchashi; iqtisodiy qiyinchiliklar. Oxirgi holat bir tomondan, ayni paytda yoshlardagi orzu-havasning ko‘payib ketishi bilan izohlansa, boshqa tomondan, ota-onalarning orzu-qavaslariyu, bordi-keldi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning ortib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda kundan-kunga hayot va yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bo‘lishiga qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari xal bo‘lgan yosh oilada ham nimalardir yetishmayotganday tuyulaveradi. Bu – o‘sha orzu-havaslar, ijtimoiy ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bois ham yurtimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buning yorqin isboti 2007 yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinganligi, ushbu yilda qabul qilingan davlat dasturida yosh oila manfaatini himoya qilish alohida bandda aks etganligi va nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 may kuni imzolagan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashna doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonidir. Farmonning ijtimoiy hamda tarixiy ahamiyati shundaki, unda yosh oila mustahkam va unda tarbiyalanayotgan farzandlarning sog‘-salomat uylag‘ishlariga oid barcha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Xususan, ko‘p bo‘g‘inli va ko‘p farznadli oilalar soni nisbatan ko‘p bo‘lgan bizning sharoitimizda Prezident Farmoni bo‘yicha yosh oilalarning maishiy turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan oila farzandlarining nikohdan o‘tishi va to‘y marosimlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni xohlaganlar uchun, uy-joy qurilishi, ta’mirlash va sotib olish uchun, uy ho‘jaligini yo‘lga qo‘yish, mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar uchun ipoteka, iste’mol kreditlarining imtiyozli tarzda berilishi kabi tadbirlar oila mustahkam va baxtli hayot kechirishini kafolatlovchi muo‘im masalalardir. Oxiri statistik ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 175-180 mingdan ortiq nikohlar qayd etiladi. Umumiy oilalar miqdoriga nisyubatan qaralganda yosh oilalar salkam 40 foizni tashkil etadi. Demak, oila sonining ko‘pligi ular orasida moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga muhtojlari ham bo‘lishi tabiiy ekanligini ko‘ratstadi va xukumatimiz va shaxsan Prezidentimizning bu boradagi siyosati aynan yosh oilaning manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi say’i-harakatlardan biridir. Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri – yoshlarning o‘zaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko‘nikishi masalasidir. Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o‘tgan yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy. Yigit-ku o‘z uyida, ota-onasi yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og‘iri kelinchakning bo‘yniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa – yangi oila a’zolari bilan muomala maromlarini to‘g‘ri o‘rnatishdir. To‘g‘ri, to‘ydan keyin turkona, o‘zbekoana urq-odatga ko‘ra qizning onasi va uning yaqin qarindoshlari kelinchakni “yo‘qlaydi”, ya’ni, pishir-kuydir qilib, qiz o‘z xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar bo‘lib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu yerdagi issiq-sovuqqa tez ko‘nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin o‘zgarish bo‘lmasligi uchun to ko‘nikkuncha, bir necha kun o‘z xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali uni “yupatish” bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi – ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning saqlanishi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o‘zini oqlaydi, lekin yo‘qlov bahonasida tog‘oralarda ovqat-oziqning xadeb kuyov uyiga jo‘natilishi, ortiqcha dabdabalarga yo‘l qo‘yilishida umuman mantiq yo‘q. Chunki hozir ko‘pchilik onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar. Ular uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta turmush qurmaydigan va o‘qish, ish bahonasida turli taomlarni yeyishga yoshlikdan o‘rgangan sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham birday ishlayveradi. YA’ni, yosh oilaning mustahkam bo‘lishiga rahna soluvchi omillardan biri hisoblanmish ortiqcha ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning ikkinchi xonadonga yuborilishi bugshungi taraqqiyot bosqichida biroz erish tuyulishi tabiiy. O‘tkazilgan tadqiqotlardan yana shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, yosh oilaning tinchlik-totuvchilikda yashashiga halaqit berayotgan sabablardan biri – qaynonalar bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til topishib keta olmayotganligi. Bu ham oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir. Chunki ayniqsa, shahar sharoitida bitta yoki ikkitagina o‘g‘il o‘stirgan ona ko‘pincha yangicha munosabatlar tizimiga o‘zi ko‘nika olmaydi va kelinchakni ham tezroq ko‘nikib ketishiga yordam berish choralarini bilmaydi. YA’ni, qaynona bilan kelin o‘rtasida o‘ziga xos rashkka o‘xshash munosabatlar paydo bo‘ladiki, bu holat qaynonaning kelinga nisbatan adolatli, bag‘rikeng inson sifatida ish tutishiga halaqit beradi. Toshkent shahrida sodir bo‘layotgan nikoh ajrimlarining sabablari orasida aynan qaynona bilan kelin o‘rtasidagi nizolarning qayd etilishi yuqoridagi fikrlarning dalilidir. Shuning uchun bunday holatlarning oldini olishning yo‘llaridan birinchisi – bu yoshlarni (yigit va qizlarni) oilaviy munosabatlarga psixologik jihatdan tayyorlash bo‘lsa, ikkinchi yo‘li – jamoatchilikni keng jalb qilgan holda mahallalarda “Oila saboqlari”, “Ota-onalar universiteti” kabi ma’rifiy institutlarni joriy etish orqali ota-onalarni ham kelin va kuyov bilan munosabatga, muloqotga o‘rgatishdir. Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, AForobiy, Davoniy, Jomiy asarlarida ta'lim-tarbiya, o'qitish masalalari atroflicha bayon qilib berilgan. Shuningdek, mutafak-kirlarimiz tomonidan ta'lim jarayonida o'qitishning qaysi usul vositalaridan foydalanish lozimligi uqtirib o'tilgan. Keltirilgan fikrlardan ko'rinadiki dastlab shaxs amaliy bilimlarga keyinchalik esa nazariy bilimlarni qo'lga kiritishi lozimligi borasidagi g'oyalar ilgari surilgan.Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy asarlarida o'qitish usullari masalasiga alohida to'xtalib, o'quvchi shaxsiga ta'lim berishda ko'proq qaysi tomonlarga e'tibor berish kerakligini bayon qilib beradi. Jumladan, olim tomonidan quyidagi qoidalar ilgari suriladi: - o'qitishda yodlatish emas, balki tushunish mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish, yo'liga amal qilish lozimligi. - o'qitishda o'quvchining qiziqishi, intilishini hisobga olinishi va muallim o'z shogirdlariga xush muomalali bo'lishi. - o'qitishda turli usul, metodlarni qo'llash ya'ni qarab chiqish, o'qilmagan mavzularni o'qib olish kerakli joylarini qayta o'qib olish, umuman yana o'qib chiqish va tushunib o'quv qurollarini, kitoblarni e'tibor bilan avaylab, asrab tutish,bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi. Beruniy yoshlarni o'qitish uchun o'qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq aniqrog'i 5—6 yoshidan o'qitish tarafdori edi. Buning uchun o'qituvchi xush­muomalali, rostgo'y, o'z fanini yaxshi biladigan pokiza, toza ozoda yurish va turishida namuna boiishini talab etadi. Bu g'oya to'g'ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir.Beruniy ta'lim tarbiyaga o'quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg'ulotlar davomida o'quvchini zerikib qolmasligi uchun ta'lim olishning turli yo'llari, shakl va metodlari ustida to'xtalgan. U shunday deb yozadi, «Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. hadeb bir narsani takrorlash zerikarli bo'ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Agar o'quvchi bir masaladan, boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi-turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek boiadi, bir bog'dan o'tar o'tmas, boshqa bir bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag'ishlaydi deb behuda aytilmagan». Olimning so'zlarida uning bilim berish yo'llari haqidagi qarashlari ham bayon etilgan. Birinchidan — ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo'lishi, o'quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko'zda tutadi. Ikkinchidan — bunday usul boshqa tadqiqotchilarning o'qib o'rganuvchining mehnatini yengillashtirishga qaratilgan. Uchinchidan — borliqdagi hodisalarni har tomonlama o'rgan-masdan ilmiy bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo'lishini ta'kidlaydi. Beruniy ilm olishga kirishni quyidagicha ta'kidlaydi: «Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbingni, ko'ngilni ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikning quli boiishdan o'z hokimligi uchun kurashishdan ozod boimog'ing darkor».Beruniy o'quvchiga bilim berish uni xat savodli qilish haqida gapirar ekan, bu o'rinda qog'ozning paydo bo'lishi, yozuv va uning vujudga kelish xususiyatlari, turli belgilar o'quv qurollari haqida alohida-alohida to'xtalgan. Uning ta'kidlashicha har bir xalqda ta'lim berishning o'ziga xos tomonlari bo'lib, hammasida ham o'qitish eng awal alifbedan boshlanadi.Qomusiy olim Beruniyni ta'kidlashicha bilim olish jarayonida insoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o'quvchida intilish va qiziqish boiish kerak.Ilm olishning muhim yoilaridan biri kishi o'zini hammaga do'st, yaxshilik qila bilish darajasiga yetkazishdan boshlanadi. Bilimlarni yakka holda emas, balki jamiyat a'zolari bilan birga yashab olish mumkin. Chunki, ilmlar insoniyat jamoasining mahsulidir. Yakka kishi o'zi uchun kerakli bmmlarni yarata olmaydi. Kishi tabiati bilmagan va bila olmagan narsasini bilishga o'chdir.Beruniy ilm olish yo'li bilan dunyoni bilishning turli bosqichlarini ko'rsatadi:To'liq bilim olishda narsalaming chegaralari ma'lum bo'ladi.Narsalaming bo'laklarini umumlashtiruvchi chegaralarigacha ma'lum bo'ladi, lekin bunda ham tafsilotdan holi bo'lmaydi.O'sha tafsilotlar atroflicha biluvchi va bilinuvchi sifatida birlashadi, lekin bu holat zamon ichida bo'lib turadi.Atroflicha bilish holati zamon ichida bo'lmaydi, endilikda narsalarni, voqealarni bilishda zarur vosita bo'lgan ism sifatlarga, laqablarga ehtiyoj qolmaydi.Beruniy tomonidan ilgari surilgan fikrlarda bilimlilik orqali nodonlikdan xalos etish masalalari bayon qilingan. O'quvchini o'qitish muomalali, rostgo'y, savodxon, shogirdlariga prinsipial, yumshoq muomalali bo'lishi kerak. Muallim o'quvchini doimo to'g'ri yo'lga boshlashi, sezgir va talabchan bo'lishi lozimligini uqtiradi.Beruniy muallim shogirdlariga yumshoq muomala qilishi, ularga to'g'ri yoi ko'rsatishi, yaxshi yo'lga yo'llashi, niyatini to'g'ri qilishi, o'zini katta olmay, ochiq ko'ngil bo'lishi haqida ta'lim bergan.Beruniy o'qitish muallimning o'qib o'rganishi, takrorlashi bilan bevosita bog'liq ekanligini alohida uqtirgan. Shuningdek, kitob o'qishning usul va metodlariga alohida e'tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas, balki fikrlarni kichik boiimlarga bo'lib o'qish, hamma o'qilgan joylarni umumlashtirib, qayta o'qish haqida ham ibratli materiallarni bayon etadi.Beruniy o'qitishda faqat induktiv yo'l bilangina emas, balki deduktiv yo'l bilan ham ish tutmoq lozimligini ta'kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni joyida qo'llamoq zarurligini yaxshi bilgani ko'rinib turibdi. Bunday o'qish tafakkurni o'stirib, bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimni boyitadi.Beruniy dastlab o'quvchining ongli o'qishi, matnning hajmi kichik, mazmuni sodda, keyinchalik esa hajmi katta, mazmuni murakkabroq bo'lgan matnlarni o'qishga kirishishi o'qish jarayonida taqqoslash-qiyoslashga e'tibor berish o'quvchilaming ongli bilimiga asos solishini eslatib o'tgan. Olim o'qilganlarning barchasini qaytarib o'qish deganda, asosan xato qilmay, so'zlarni buzmay, ortiqcha tovush ishlatmay, bo'g'inlarni tushirib qoldirmay, so'z urg'usini o'z o'rnida qo'llab, to'g'ri o'qishni ta'kidlaydi. O'qishning tez, to'g'ri va ifodali boiishi, o'qish davomida bolaning o'z-o'zini kuzatib borishi, xatosiz tez va to'g'ri o'qishiga yordam beradi.Beruniy bilimlar ustozlar tomonidan o'rgatiladi deb biladi. U nazariy bilimlarni o'quvchiga singdirish usullari haqida to'xtalib, muallim o'z ishiga asosan qiziqarli suhbat usuli bilan yondashib, shogirdning fanga, kasbga o'rganilayotgan ilmga havasini uyg'ota olishini, ta'limning asosiy vazifalaridan bin deb bildi.Buning uchun ba'zan muallim o'z shogirdlarini majbur qilishi mumkin deb bildi.Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida kichik amaldor oilasida tug`iladi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko`chib o`tgach, u boshlang`ich maktabda o`qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo`r, mehnatsevar edi. Undagi tug`ma qobiliyat, o`tkir zehn, kuchli xotira o`zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do`stlari bilimdon kishilar bo`lib, ularning ilmiy munozaralari o`tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta`sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o`smirlik yillari o`tgan Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo`lib hisoblanar edi. Buxoroda ko`plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo`lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta`lim oladi. Shundan so`ng ibn Sino o`zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug`ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta`lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo`ldi. Ibn Sino so`ngra falsafani o`rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to`liq o`zlashtirib oladi.IX asr oxiri – X asr boshlariga kelib, o`lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko`chib o`tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma`mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug`ullana boshlaydi. Xorazmda o`zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida ish olib boradi.Mahmud G`aznaviy 1017 yilda Xorazmni o`ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni ham o`z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G`aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo`ladi. Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so`nggi yillari Isfaxonda yashaydi. Ibn Sino 1037 yilda vafot etdi. Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o`z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan.Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo`lib qoldi.Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at - tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma`no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma`nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g`am min al mivt» («O`limdan keladigan g`amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular jumlasidandir.Ma`lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi.U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o`rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir»Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib.Bilimsiz kishilar johil bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi.U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi.Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning yaxshilanishiga yordam beradi.O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilarBilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik; ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish; olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi; o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish Bu talablar hozirgi davr ta`lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o`zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo`lim bag`ishlaydi. «Bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash» («Omo`zish va parvarish madrasa farzand») bo`limida ta`lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.Talabaga bilim berish o`qituvchining ma`suliyatli burchidir. Shunga ko`ra ibn Sino o`qituvchining qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo`lish; berilayotgan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e`tibor berishi; ta`limda turli metod va shakllardan foydalanishi; talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; fanga qiziqtira olishi; berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; har bir so`zning bolalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishishi zarur, deydi olimIbn Sino ta`limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og`zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko`rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo`lgan.Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did – farosatini o`stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta`lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg`oq o`g`li Tirik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini ibn Sinonining o`zi ham ta`kidalaydi.Mazkur asarni ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo`lgan Faradjon qal`asi qamoqxonasida yozga deyishadi.Ibn Sino bu asarida ilm – ma`rifatni o`rganishga kirishishi natijasida ko`zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn Yaqzon) ko`ziga ko`ringani va ilm ham unga o`z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o`lim bilmaydigan Uyg`oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo`lgan va bilishi mumkin bo`lgan narsalarni o`qishga kirishgani, bu yo`lda aqlni ishga solib, o`zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadiDemak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag`ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o`zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini bo`lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi.Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlari o`n ikkita deb qayd etadilarIbn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o`ziga va boshqalarga nisabatan xatti - harakati me`yorlari va qoidalarini o`rganadi.Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta`riflaydi:Dunyoda mavjud bo`lgan jami narsalar tabiatiga ko`ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o`zi esa mohiyat e`tibori bilan yaxshilikdir...»Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga ta`rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo`ladi, yomon illatlardan o`zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, mo`tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.Qanoat va mo`tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g`azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o`zini ta`magirlikdan tiysa, mo`tadillikka rioya qilsa, o`zida xirsning namoyon bo`lishini yengadi, inson yomon iilatlarni yengishda o`z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta`rifini beradi: mo`tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq ma`yorlariga to`g`ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko`maklashuvchi insoniy quvvat g`azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o`z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga duchor bo`lganda, ular bilan xushmuomalada bo`luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug`ullanishdan to`xtatuvchi kuch sifatida ta`rif beradi.Ibn Sino insonning kamolga yetishida to`siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko`rsatib o`tadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni o`tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta`riflaydi.Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do`st bo`lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do`stona yashashga intiladi.Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo`shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o`zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o`zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do`st muhim rol o`ynaydi, deydi. Olim do`stlikni shunday ta`riflaydi:har qanday qiyinchiliklarga qaramay o`z do`stini xavf-xatarda yolg`iz qoldirmaydigan do`stlik;manfaatlari o`xshash va g`oyaviy yaqin do`stlik;o`z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do`stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do`stlikni haqiqiy do`stlik deb e`tirof etadi.Olim haqiqiy do`stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo`lishi mumkinligini aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko`rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma`naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg`usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida namoyon bo`ladi, lekin inson o`z tuyg`ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan haqiqiy sevgini hirs tuyg`usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki haqiqiy sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko`rsatadi.Tadqiqotchilar ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning faqat bir qismigina bizgacha yetib kelgani haqida ma`lumot beradilar Shulardan biri «Musiqa bilimiga oid to`plam» bo`lib, bunda tovushning sezgi a`zolariga ta`siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo`lishi kabi masalalarga to`xtaydi. Unda musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida ham fikrlar bayon etiladi. Olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali yengil tortsa, uning aksida oromi yo`qolib, nafrati paydo bo`ladi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga ta`siri haqida ham o`z fikrlarini bayon etadi.Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmidan juda muhim ma`lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir.Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o`rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko`proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta`lim berdi.Inson hissiy va ma`naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe`l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o`rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida rol o`ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof-dunyoni bilishigagina emas, balki uning hulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo`lish kerakligini, bola yomon odatlarga o`rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o`rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi.Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e`tibor beradi. Oila munosabatlariga to`xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o`rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta`sirini ta`kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug`laydi va qimorboz, sudho`r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta`sir etishini to`g`ri talqin etadi.Ibn Sino aqliy, ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etadi.Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta`siri haqida bir butun, yaxlit, ta`limot yoritilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo`lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi.Jismoniy mashqlar, to`g`ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog`lig`ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy ham amaliy jihatdan asosladi.Bolaga ham hali u tug`ilmasdan turib g`amxo`rlik qilish, go`daklik lavridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta`kidlaydi. Bolaning yetuk nson bo`lib shakllanishida unga g`amxo`rlik, poklik, mas`uliyatni his etish, do`stona manosabatlar tuyg`usini singdirib borish zarur, deydi olim.Chunki, Ibn Sino merosinining asosiy qimmat va qudrati uning keng va kuchli gumanistik mazmunidir.U o`z ilmi, merosi bilan o`rta asr Sharqining ilmiy madaniy qudratini butun dunyoga namoyon qildi. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo`shdi.Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk siymosi, insoniyat uchun hurmat qilgan olim, buyuk tabib, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida tan olindi.Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo`shgan hissasini e`tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo`ysa, A.Dante o`zining «Ilohiy komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L.Feyirbax olimni «mashhur tabib va faylasuf»dir desa, Hindostonning buyuk davlat arbobi J.Neru o`zining «Hindistonning ochilishi»degan asarida O`rta Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta`kidlab:Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o`rganish haqidagi ti`limotlari, ta`lim-tarbiya haqidagi mulohazalari, umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida o`ziga xos o`rinni egallaydiIbn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik;
- ta'limda yengildan og'irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;
- o'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayl, qiziqish va qobiliyatini hisobga olish;
- o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish.
Talabaga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir.
Shunga ko'ra, Ibn Sino o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo'l yo'riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat: - bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish; - berilayotgan bilimning talabalar qanday o'zlash-tirib olayotganligiga e'tibor berish; - ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish; - talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyatini va shaxsiy xususiyatlarini bilish -fanga qiziqtira olishi - berilayotgan bilimlarniig eng muhimini ajratib bera olishi; - bilimlarni talabalarga tushunarli qilib, uning yoshi aqliy darajasiga mos ravishda berishi; - har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'onish darajasida bo'lishga erishish zarur, deydi olim. Ibn Sino ta'kidlashicha bilishda qaysi metodlardan foydalanmasin, u og'zaki ifodali bilimlarni tushuntirishmi, turli ko'rinishlardagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirishni asosiy maqsad deb bilgan.Davoniy fikriga ko'ra bola tarbiyasining keyingi davri maktabda boshlanadi. Muallim aqlli bola tarbiyasidan yaxshi xabardor bo'lgan yuksak fazilat egasi bo'lishi lozim. Olim talaba bilan muallim o'rtasidagi munosabatga alohida to'xtaladi. Agar ota uning organizmini jismoniy jihatdan tarbiyalashga sababchi bo'lsa, muallim uning ma'naviy tarbiyasi kamolotga yetishiga sababchidir. Haqiqatni olganda, uning fikricha muallim ma'naviy padar hisoblanadi. Agar kishining ruhi o'z badaniga qanchalik yaqin bo'lsa, muallim ham tarbiya borasida shunchalik ota-onaga yaqin turadi.Davoniy bolalarning kasb-hunar egallashi to'g'risida ham e'tiborga sazovor fikrlar bildirganlar. Muallim talabalarning qobiliyatini qaysi kasb bilan qiziqishini juda yaxshi bilishi lozim. Agar bola ma'lum bir kasb hunar yoki bilim bilanshug'ullansa, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va bilim yoki kasbni egallash uchun kerakli shart-sharoitni yaratib berish lozim, har bir kishining — deb yozadi Davoniy, hamma kasbni egallashga qobiliyati bo'lmaydi, balki muayyan odamning biror kasbga qobiliyati bo'ladi.Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, fan asoslarini egallashda o'qitish usullarining ahamiyati beqiyosdir va o'quvchi shaxsida nazariy va amaliy bilimlarni shakllanishiga metodik vosita bo'lib xizmat qiladi.

Download 207.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling