Mavzu. Professiografiya (professiogramma) to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Yetakchi faoliyat turi:
Tirik organizmlar rivojlanishining umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganish;
Tirik organizmlarni tizimlashtirish masalasini o’rganish;
O’simliklarning turlari, tuzilishi, hayot faoliyatidagi xususiyatlari, individual va tarixiy rivojlanishdagi qonuniyatlari, tashqi muhit bilan aloqasini o’rganish (botanika);
Turli hayvonlarning anatomik va fiziologik xususiyatlarini, rivojlanish qonuniyatlari, ularning sinfi va tiplarini o’rganish ( zoologiya);
Bakteriya va viruslarning ko’payish va tarqalish qonuniyatlarini o’rganish va shu jarayonda inson va hayvon organizmidagi infeksiya va parazitlarga qarshi kurash ishlarini olib borish ( virusologiya, mikrobiologiya);
Insonning tuzulishi va hayot faoliyatidagi qonuniyatlari, biror-bir organ yoki butun organizmning anomal rivojlanishini o’rganish ( anatomiya va fiziologiya);
Tirik organizmlarning ko’payish turlari, turli sinf va tiplardagi ko’payish va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish;
Irsiyatning xususiyatlari, qonuniyatlari va avlodlardagi o’zgarish sabablari, genlarning tuzulishi va funksiyasini o’rganish (genetika)
Do'stlaringiz bilan baham: |