Mavzu: Prognozlashtirish xatolar metodologiyasi Reja
Prognoz va reja о‘rtasidagi farqlari
Download 53.5 Kb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv tizimida prognoz quyidagi muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi
Prognoz va reja о‘rtasidagi farqlari:
1) reja direktiv xarakterga ega bо‘lsa, prognoz – esa tavsiya etuvchi; 2) rejani ishlab chiqishda doim prognoz ishlab chiqilishini talab etadi. 3) prognoz kо‘p variantli, reja esa unday emas. Prognoz va reja ishlab chiqilgandan keyin bir qator aniq chora-tadbirlar, davriboshlanadi. Kо‘pincha bu jarayon dasturni ishlab chiqish shaklida amalga oshiriladi. Dastur – bu maqsadlari va vazifalari aniq shakllangan, bajarilish muddati bо‘yicha, moliyalashtirish manbalari va aniq bajaruvchilar kelishilgan xujjat hisoblanadi. Prognostika – bu prognoz ishlab chiqish qonuniyatlari haqidagi ilm. U istalgan tabiat obyektini rivojlanishini prognozlash metodlarini qurish tamoyillarini о‘rganadi. Uning predmetiga prognoz tuzish tamoyillari va prognozlash metodlarini qurishni ishlab chiqish Bilan bog‘liq bо‘lgan barcha savollar kiradi. Prognoz kelajakni tavfsiflab berish uchun u yoki bu sohadagi sodir bо‘ladigan о‘zgarishlardan oldinroq yuradi. Prognoz qilinayotgan obyektni rivojlanish tendensiyalari qancha vaqtliroq topilsa, boshqaruv shunchalik samaraliroq bо‘ladi. Amaliyotda prognozning 3 xil turi bor: qisqa muddatli (1 yildan 5 yilgacha), о‘rta muddatli (15 yilgacha) va uzoq muddatli (15 yil va undan yuqori). Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan ilmiy texnika davrida uzoq muddatli prognoz о‘z ahamiyatini yо‘qotgan. Qо‘shma korxonalarda qisqa muddatli prognozlarni 5 yildan kо‘p bо‘lmagan davr bilan cheklangan holda ishlab chiqishadi. Boshqaruv tizimida prognoz quyidagi muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi: - maqsadlarni aniqlash va prognoz qilinayotgan obyektni rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlarini aniqlash; - prognoz qilinayotgan obyekt rivojlanishi mumkin bо‘lgan har bir variantlarni realizatsiyasini ijtimoiy va iqtisodiy natijalarini baholash; - prognoz qilinayotgan obyekt rivojlanish mumkin bо‘lgan variantlarni har birini ta’minlash uchun kerak bо‘lgan chora-tadbirlarni aniqlash; - chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun kerak bо‘ladigan resurslarni baholash. Boshqarish tizimida ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni prognozlash va vazifalarining turli-tumanligi prognozni qurishni metodlari va xar xil sistemalarini qо‘llanilishini talab etadi. Har bir prognoz kerakli informatsiyaning olinishi, uning ishonchliligi asoslangan, baholangan, qayta ishlanishi natijasida paydo bо‘ladi. Prognoz ishlab chiqish uchun qanday ma’lumotlarni olish – informatsiya tashuvchining tanloviga, uni olish usullariga, tahlil qilinayotgan obyekt rivojlanishini baholovchi maxsus hisob-kitoblarga bog‘liq. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling