Kuzatish metodining kamchiliklari:
Kuzatish metodining kamchiliklari:
- Birinchi navbatda kuzatuvchi tomonidan yo’l qo’yilgan barcha xatoliklar kuzatuvchi o’z farazini isbotlashga qanchalik qattiq uringani sayin, voqealarni idrok qilishda xatoga yo’l qo’yish shunchalik ortadi.
- Uzoq vaqt talab etadi.
- U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muhim o’zgarishlarni payqamay qo’yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar.
A.A.Ershov kuzatishning quyidagi kamchiliklarini ajratib ko’rsatadi:
A.A.Ershov kuzatishning quyidagi kamchiliklarini ajratib ko’rsatadi:
1. Galo effekt - kuzatuvchining umumlashgan taassuroti xulq-atvorning ko’p idrok qilinishiga, nozik tafovutlarni qabul qilmaslikka olib keladi.
2. Bo’lib o’tayotgan voqea hodisaga doimo ijobiy baho berish tendentsiyasi.
3. Markaziy tendentsiya xatoligi. Kuzatuvchi kuzatilayotgan xulq-atvorga o’rtachalashgan bahoni berishga intiladi.
4. Korrelyatsiya xatosi. Xulq-atvorning bir belgisini baxolash boshqa bir kuzatilayotgan belgining asosida bo’ladi.
5. Kontrast xatolik. Kuzatuvchining o’zidagi xususiyatlariga qarama-qarshi bo’lgan xususiyatlarni kuzatuvchilarda ajratib ko’rsatilishi.
6. Birinchi taassurot xatoligi.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin.
Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir.
Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |