Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o’tkazilishi mumkin.
Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o’tkazilishi mumkin.
Ularning qatoriga audio va video apparatlar o’ziga xos kuzatish apparatlari va xokazolar kiradi.
Kuzatish natijalarining fiksatsiyasi (qayd etilishi) kuzatuv jarayonida yoki vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin.
Vaqt o’tgandan so’ng natijalarning qayd etilishida kuzatuvchi xotirasining ahamiyati ko’payadi, xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to’liqligiga zarar etadi, shubxasizki, olingan natijalarning aniqligi ham zarar ko’radi.
Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Agar individ yoki gurux o’zining kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning xulq-atvori o’ zgaradi.
Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti bor:
Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti bor:
Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari tadqiqotchi tomonidan qayd etilayotganligini biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi ekipajning xulq-atvor dinamikasini o’rganishda).
Kuzatuvchilar o’zlarining xulq-atvorlari qayd etilayotganligidan bexabar bo’ladilar (masalan xonada o’ynayotgan bolalar, bu xonaning bir devori - gazzel oynasi, umumiy kamerada saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar).
Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Kuzatish predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux), vaziyat aniqlanadi.
2. Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi.
3. Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti)
4. Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi
5. Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |